Mavzu: Avtomobil birdaniga to’xtamaydi
Darsning maqsadi:
ta’Iimiy: o’quvchilarga avtomobil birdaniga to’xtamasligini, ehtiyotkor bo’lishni o’rgatish;
tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: hamma uchun eng muhim va oddiy bo’lgan yol harakati qoidalarini bilish, zarur yo’l belgilar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: АКТ, yo’l harakati qoidalariga oid ko‘rgazmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O’quvchilar davornatini aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Topishmoq.
Yo’l ko’rsatar hammaga,
Hamisha uch xil chiroq,
E’tiborsiz bo’lsa kim,
Ko’zlarimga deydi boq. (Svetofor)
Test: 1. Svetofor chiroqlari ketma-ketligi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Qizil, sariq, yashil.
b) Sariq, qizil, yashil.
Yashil, qizil, sariq.
Yashil, sariq, qizil.
Svetofor yashil chirog‘ining yonishi qanday ma’noni anglatadi?
O’tish taqiqlanishini.
Diqqatni jamlashni.
To‘xtashni.
O’tish mumkinligini.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Bolalar! Mashinaning g'iyqillab, asfaltda qora iz qoldirib to'xtaganini ko‘rgansiz. G'iyqillagan tovush avtomobil g'ildiraklaridan chiqadi, qora iz esa g‘ildiraklarning tormoz bergandan keyin aylanmasdan siljishi, sirg‘alishi natijasida paydo boladi. Mashina tezligining kattaligiga ko‘ra, bu qora izning uzunligi ham oshaveradi.
Chunki, mashinani tormoz bergandan keyin birdaniga to‘xtatish mumkin emas. Ba’zi bolalar buni tushunishmaydi va tezlik bilan kelayotgan mashinalar oldidan yugurib o‘tishga harakat qilishadi. „Hechqisi yo‘q, kerak bolganda haydovchi tormoz beradi-ku“ - deb o‘ylashadi.
Avtomobil oldida maktab sumkasini ko'targan bola paydo bo‘ldi. Haydovchi tormoz tepkisini bosdi... Haydovchi yo’lda bolani ko‘rib tormoz tirsagini bosguncha bir oz vaqt o‘tadi. Bu vaqt juda qisqa, hatto bir soniyaga ham yetmaydi. Lekin haydovchi tormozni bosguncha mashina ancha yo'lni o‘tib qo‘yadi. Avtomobilning bu yo‘li haydovchining ta’sirlanish davrida bosib o'tilgan yo‘li deyiladi. Tormoz tepkisi ham bosildi, g'ildiraklar juda sekin aylanyapti va hatto aylanmay qoldi, lekin mashina to‘xtamaydi, u yurishda va surilishda davom etadi. Tormoz tepkisi bosilgandan to avtomobil to‘la to‘xtaguncha o'tilgan yo‘l tormozlanish yo‘li deyiladi. Shuning uchun yurib kelayotgan mashinaning oldidan yugurib o‘tish hayot uchun xavfli ekanligini unutmasligingiz kerak.
Yo'lka bo‘lmagan joylarda piyodalar yo’lning chekkasidan, transportlarga xalaqit bermay, aholi yashaydigan joylarda transport harakatlanayotgan tomonga, aholi yashamaydigan joylarda esa transport harakatlanayotgan tomonga qarshi harakatlanishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |