Mavzu: “Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi Reja: Kirish


Matematika darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati


Download 150.5 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1360986
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi

1. Matematika darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda.
Bu boradi ancha-muncha tajriba to’plagan tadqiqotchilar pedagogik texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolotlavchi omil ekanligini ta’kidlab, pedagogik jarayonlarni ilmiy loyihalashtirish, uni amalga oshirish, loyihalashtirilgan ta’lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilish xususida o’z fikr-mulohazalarini ommaning diqqat-e’tiboriga havola etayotir.
Pedagogik texnologiya amaliyotda bajariladigan ma’lum pedagogik tizim loyihasi ekanligi ko’pchilikda katta qiziqish uyg`otadi. Odatda darsda ko’p gapiramiz, nazariy tushunchalar beramiz, biroq berayotgan ta’limimizning natijasi haqida o’ylamaymiz, uzundan-uzoq qilgan va’zxonligimiz o’quvchi yoki talabalarimizning xotirasida mustahkam saqlanib qolayapdimi, ularning ruhiyatiga ta’sir qiluvchi qanday vositalarni qo’llayapmiz, nazariyani amalmyot bilan qay darajada bog`layapmiz, bu haqda o’ylab ko’rishning mavridi etib kelmadimikan deb o’ylanib qolamiz.
Matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati, muloqot madaniyati, nutqining to’g`riligi, aloqaviy mahoratning talabalarga ta’siri, pedagogik nutq texnikasini xalma -xilmalik darajasi o’z navbatida yangi aloqaviy texnologiyaga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon o’qituvchi faoliyati va uslubiyatining turli ko’rinishlari orqali amalga oshiriladi.
Texnologiya tushunchasi pedagogika fani, ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha keng qo’llanilib. «Texnologiya» so’zi yunoncha texne — sa’nat, logas — mahorat degan mazmunni anglatadi. Olimlarning ta’kidlashicha, «texnologiya» atamasi «bola shaxsiga ta’sir ko’rsatish san’ati»ga e’tibor qaratilib, har bir davrda o’ziga xos zamonaviylik kasb etib, yangilanib, takomillashib kelgan. «Pedagogik texnologiya» atamasini o’qitish, ta’lim berish jarayonidagi pedagogik mahorat, san’at deb tushunish mumkin. Har qanday faoliyat yo texnologiya, yo san’at bo’lishi mumkin. San’at ichki hissiyotga, texnologiya ega fanga asoslanadi. Shunday bo’lsada, texnologiya lug`aviy ma’noda mahorat tushunchasiga yaqin bo’lib, mahorat dars o’tishning ham, san’atning ham, fanning ham mevasidir. Mantiqshunoslar har qanday mahorat ko’rinishida ichki hissiyot, his-hayajon, sezgi mujassam bo’ladi deb uqtiradilar.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o'rtalarida AQSHda paydo bo'lib, 1940-50 yillar o'rtasigacha "Ta'lim texnologiyasi" deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o'qitishga nisbatan qo'llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70- yillarda "pedagogik texnologiya" iborasi qo'llanilib u awaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta'riflar berilgan:
Pedagogik texnologiya - Bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamidao'quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov).
Pedagogik texnologiya - o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yollari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qollash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya - bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ко chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Matematika darslarida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar turli xil bo'lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o'qituvchidan mashg'ulot oldidan katta tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi.Shu mashg'ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an'anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko'rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin.
Bunda ta'kidlash lozimki, interfaol ta'lim usullari O'zbekistonda qadim zamonlardan beri ta'lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o'rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo'llab kelingan.
Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste'dod, zakovatlarini o'stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo'lib yetishishlariga xizmat qilgan.
Matematika darslarida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash bo'yicha ayrim tajribalarni o'rganish asosida bu mashg'ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi ayrim omillarni ko'rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o'qituvchiga, o'quvchilarga, ta'lim vositalariga bog'liq omillar deb atash mumkin. Ular o'z mohiyatiga ko'ra ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini nazarda tutishimiz lozim.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling