Mavzu: “Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi Reja: Kirish


Ta’lim jarayonida guruhlarga bo’lish imkoniyatlari


Download 150.5 Kb.
bet3/5
Sana16.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1360986
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi

2. Ta’lim jarayonida guruhlarga bo’lish imkoniyatlari
va qo’llaniladigan texnologiyalar
Ta’limning guruhli shakli «ta’lim beruvchi - ta’lim oluvchi» dialogidan voz kechishini va «ta’lim beruvchi -guruh - ta’lim oluvchi» ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni nazarda to’tadi. O’quv guruhi, tarkibi bo’yicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har biri o’zicha o’quv materialini o’zlashtiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, shu tufayli biz bilan ta’lim oluvchilar o’rtasida ancha mustahkam aloqa o’rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o’zida ta’lim jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati shakllanadi, bu esa o’quv - bilish jarayonini faollashtirishga, ularda impatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga ko’maklashadi:

  • vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida ta’lim oluvchilarda, o’rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivastiya paydo bo’ladi;

  • ta’lim oluvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun ular savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa, ular bir-birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;

  • guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo’lganda ta’lim oluvchilar yordam berishlarini so’raydilar va boshqalarga yordam berishni o’rganadilar.

Har bir ta’lim oluvchining potenstial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga oshirilishi ta’minlanadi:

  • qobiliyatli va iqtidorli bolalar, ularni «maqtanganlik»larida ayblashlaridan cho’chimasdan o’z qobiliyatlarini ko’rsatishlari mumkin, ular guruhda nafaqat ta’lim beruvi rolida bo’lishlari, balki ta’lim oluvchi rolida ham bo’lishlari mumkin va ta’lim beruvchi rolidagi o’z o’rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib bo’lmasdan ulardan o’rganishi mumkin;

  • o’rtacha qobiliyatga ega yoki harakteri bo’yicha qo’rqoq bolalar o’z bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatni oladilar. Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya’ni noto’g`ri javob berganda butun jamoa oldida izza bo’lishdan, qo’rqishdan xoli bo’ladi. Guruh a’zolari, javobni do’stona baholab, ularda o’ziga ishonch tuyg`usini uyg`otish imkonini beradilar. 4-5 kishidan iborat guruhda, qo’rqoq kishi, 25 kishilik guruh oldida o’zini tutishga nisbatan, o’zini ancha erkin his etadi.

Ta’limning ushbu shakli, ta’lim oluvchilar bilimini o’zaro hamkorlikda boyitishni ta’minlaydi: faqatgina kooperastiya va harakatlar (bilish) usullari bilan o’zaro almashish, umumiy mahsulot olish - muammoni echish imkonini beradi. Shuning uchun guruhda ta’lim berishda, biz jamoaviy muhokama qilishdan, o’zaro konsultastiyalar berishda maksimal foydalanamiz.
Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi, «men va ular» dan «biz»ga o’tishni ta’minlaydi va o’zini guruhning bir bo’lagi sifatida his qilish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida guruhlarga bo’lishda quyidagi pedagogik texnologiyalarni qo’llash mumkin:
Tushunchalar taxlili” texnologiyasi
Mohiyati. Ushbu uslub o’tilgan o’quv predmeti yoki bo’lim barcha mavzularini talaba (yoki o’quchi)lar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izoxlarini berish, shu orqali o’z bilimlarini tekshirib bohalashga inkoniyat yaratish va qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo’naltirilgan.
Maqsadi. Talaba (yoki o’quchi)larni mashg’lotda o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarini o’zlashtirilib olinganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruxlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatish.
Qo’llanilishi: o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustakamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o’quchi)larning bilimlarini tekshrish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslubni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida yakka, kichik gurux hamda jamao shaklida tashkil etish mumkin.Ushbu uslubdan uy vazifasi berishda ham foydalansa bo’ladi.
Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tuchunchalar ro’yhati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Zinama-zina” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba (yoki o’quchi)larni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va kichik jamao bo’lib fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilimlarini yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quchi)lar bilan bir gurux ichida yakka holda yoki guruxlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o’quchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamao bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamaoga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izox berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Texnologiyaning qo’llanilishi: ma’ruza(imkoniyat va sharoit bo’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruxlarda o’tkazish hamda nazorat darslarida qo’llanishi mumkin.
Qo’llaniladigan vositalar: A-3,A-4 formatdagi qog’ozlarda tayorlangan chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomasterlar.
“Bumareng” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talaba (yoki o’quchi)larni dars jarayonida, darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’ganilgan materialni yodda saqlab qolish, so’zlab berish, fikrini erkin bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’lish hamda dars mobaynida o’qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o’quvchi)larni baholay olishga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi. O’quv jarayoni mobaynida tarqatma materialni talaba (yoki o’quchi)lar tomonidan yakka va gurux holatida o’zlashtirib olishlari hamda suxbat munozara va turli savollar orqali tarqatma materialdagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. O’quv jarayoni mobaynida har bir talaba (yoki o’quvchi) tomonidan o’z baholarini egallashga imkoniyat yaratish.
Texnologiyaning qo’llanilishi: amaliy mashg’ulotlar,seminar yoki laboratoriya mashg’ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarida yakka tartibda, kichik gurux va jamao shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan vositalar: talaba (yoki o’quchi) dars jarayonida mustaqil o’qishlari, o’rganishlari va o’zlashtirib olishlari uchun tarqatma materiallar (o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo’yicha qisqa mathlar, suratlar, ma’lumotlar).
Rezyume” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi:Bu texnologiya murakkab, ko’p tarmoqli mumkin qadar muommali mavzularni o’rganishga qaratilgan.Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo’la mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi.Ayni paytda ularning har biri nuqtalardan muhokama etiladi.Masalan, ijobiy va salbiy tomonlar, afzallik va kamchiliklar, foyda vazararlari belgilanadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o’quchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamao bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamaoga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izox berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Texnologiyaning qo’llanilishi: ma’ruza(imkoniyat va sharoit bo’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruxlarda o’tkazish hamda nazorat darslarida qo’llanishi mumkin.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan vositalar: A-3 formatdagi qog’ozlarida (gurux soniga qarab)tayorlangan tarqatma materiallar, flomasterlar.
Matematika darslarini tashkil etishda guruhlarga bo’lib qo’llaniladigan texnologiyalar qatoriga “Blis-so’rov” texnologiyasini ham kiritish mumkin.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling