Mavzu: “Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi Reja: Kirish


Download 150.5 Kb.
bet5/5
Sana16.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1360986
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi

Tenglamalar



















3x=16



















arccos x=0



















36=x2



















24=3x+11



















arcsinx=п/4



















log2x=3



















arctg x=п/3



















5=3√x



















13/x=3



















8=2x



















arcctg x=3п/2



















X4 -4x2+4



















125=x3



















y=1/x2
















13-15 to`g`ri javob (yaxshi)16-18 to`g`ri javob (a`lo)

4. “Blis-so’rov” texnologiyasini o’tkazish bosqichlari va ahamiyati


“BLIS – SO’ROV” TEXNOLOGIYASINI O’TKAZISh BOSQIChLARI


1 – BOSQICh
- o’qituvchi ushbu trening bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tinglovchilarga (talaba-o’quvchilarga) tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
- o’qituvchi hamma tinglovchilarga alohida – alohida tarqatma material beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
- o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatning ketma – ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
- qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2 – BOSQICh
-o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi;
- har bir tinglovchi tarqatma materialdagi “YaKKA BAHO” bo’limiga shu erda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma–ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo. Bu vazifani bajarishga 10 daqiqa vaqt beradi.
3 – BOSQICh
- o’qituvchi tinglovchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin;
- kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi yakka baho bo’limida belgilangan harakatlar ketma–ketligi bilan bir–birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo’lgan ketma–ketlikni birgalashib, bir–birlari bilan tortishib, bahslashib, bir–birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog’ozdagi “GURUH BAHOSI” bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.
- o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4 – BOSQICh
Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma–ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan “TO’G’RI JAVOB” bo’limini topishi va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma–ketligining raqamlarini yozishni so’raydi.
5 – BOSQICh
O’qituvchi “TO’G’RI JAVOB” bo’limida berilgan raqamlardan “YaKKA BAHO” bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), ya’ni kattadan – kichikni ayirgan holda “YaKKA XATO” bo’limiga chiqqan farqni yozishni so’raydi. “YaKKA BAHO” bo’limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
6 – BOSQICh
- xuddi shu tartibda “TO’G’RI JAVOB” va “GURUH BAHOSI” o’rtasidagi farq kattadan – kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “GURUH XATOSI” bo’limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7 – BOSQICh
- O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) bo’yicha tushuncha berib, ularni alohida–alohida sharhlab beradi.
“YaKKA XATO” bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati etarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqli ularning ketma–ketligini tashkil eta oladilar.
Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik qobiliyati etarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala–partishlikka yo’l qo’yadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda o’qishlari yoki mantiqiy fikrlashga o’rganishlari kerak bo’ladi.
Agar xatolar son 40 dan yuqori bo’lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati etarli emas, ular o’z ustilarida ishlashlari kerak bo’ladi yoki maxsus treninglar kurslarida o’qishlariga to’g’ri keladi.
“GURUH XATOSI” bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:
- Agar xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bu guruhlardagi tinglovchilar bir– birlarini tushunishga harakat qilganlar, bir–birlarini ishontira olganlar va natijada bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o’rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.
- Agar guruhning xatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bu guruhda tinglovchilarning bir muqimga kelishlari qiyin bo’lgan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo’lgan yoki guruh a’zolari bir–birlarini tushunishga sust holda intilganlar yoki vazifaga beparvoroq bo’lganlar, yoki bir– birlarini xafa qilib qo’yishdan cho’chiganlar, yoki guruhning barcha a’zolari yuzaki holda kelishilgan-u, aslida esa har kim o’z fikrida qolgan bo’lishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda o’z aksini topmagan.
Agar guruh xatosining soni 40 dan ortiq bo’lsa, bu guruh a’zolari umuman bir–birlari bilan kelisha olmaganlar, o’zaro ishontirish bo’lmagan. Har kim o’z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o’rnatilmagan.
Izoh: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi quyidagicha: tinglovchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan “TO’G’RI JAVOB” ning yarmidan ko’piga to’g’ri kelgan bo’lsa, “qoniqarli”, 75 % to’g’ri kelgan bo’lsa “yaxshi”, 100 % to’g’ri kelgan bo’lsa “a’lo” deb belgilash mumkin.
8 – BOSQICh
- Misol tariqasida “Masalalarni yechish bosqichlari” mavzusidagi blis–so’rovning chizmasini keltirish mumkin. (har bir o’qituvchi o’z predmeti, yoki o’tayotgan yoki o’tgan mavzusi asosida blis–o’yin shaklidan foydalanib o’yin mazmunini tuzishi mumkin);
- o’qituvchi mashg’ulotni yakunlaydi. Guruhlarning ba’zilariga, ularning faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi. Ushbu trening ularni nimalarga o’rgatganini, ular shu trening orqali nimalarni bilib olishganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi.
Blis–so’rov “Masalalarni yechish bosqichlari”

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To’g’ri javob

Yakka xato

Yakka baho

Guruh ishidan chetlashish

Bosqichlari







6










Tenglama javoblaridan mosini tanlash.







7










Javoblarni tekshirib ko’rish.







9










Masalaning to’g’ri javobini yozish.







5










Tenglama javoblarini tekshirish







3










Masalaning qisqacha shartini yozish







1










Masalani mazmunini bilish







2










Masalaning turini aniqlash.







4










Masalaga doir tenglama tuzish







8










Masala yechimlarini yozish.

Ushbu “Blis-so’rov” texnologiyasi o’tilgan o’quv predmeti yoki bo’lim barcha mavzularini o’quchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izoxlarini berish, shu orqali o’z bilimlarini tekshirib bohalashga inkoniyat yaratish va qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo’naltirilgan.


O’quchilarni mashg’ulotda o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarini o’zlashtirilib olinganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruxlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rganadilar.

Xulosa

Bu kurs ishida men hozirgi kunda darslarning samaradorligini oshirishda qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, ularning ahamiyatini yozib o’tdim. Biz ko’rib o’tgan “Blis-so’rov” texnologiyasini amalga oshirishda o’quvchilarni alohida va guruhlarga bo’lgan holda olib borishimiz mumkinligi va bunda ularning bilim darajasi bilan birgalikda shaxsiy xususiyatlarini ham aniqlashimiz mumkin.


Xulosa qilib aytganda “Blis-so’rov” texnologiyasi ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug`iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini o’quvchilar o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni pedagogik texnologiyalar qoidalarini o’quvchilarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. Shuning uchun ham barcha o’quvchilar dars vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar. “Blis-so’rov” texnologiyasi tarzida darslarni tuzish o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi.
“Blis-so’rov” texnologiyasi o’qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. O’quvchilar g`olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi. Umumlashtirib aytadigan bo’lsak pedagogik texnologiyalar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.

ADABIYOTLAR.



1. Karimov I.A. Barkomol avlod – O’zbekiston taraqiyotining poydevori.
Toshkent. “ SHARQ” nashriyoti. 1997 yil. 63-bet
2. Karimov I. A. “O’zbekiston buyuk kelajak sari”. Toshkent “O’zbekiston ” nashriyoti. 1998 yil. 102-bet
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. Toshkent -2008 yil. 5-13- bet
4. Sh.A.Alimov, Q.R. Xolmuhamedov, M.A. Mirzaahmedov /Algebra 7-sinflar uchun darslik T.: “O’qituvchi” 2009 yil. 146-bet
5. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o’tkaziladigan rituallar tizimi (1-kitob).- Bobobekov X., Davletshin M.G., Ishmuhamedov R.J va boshqalar. T. :Fan,1999 yil. 24-bet
6. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o’tkaziladigan udumlar va asosiy tadbirlar tizimi (2-kitob).- Bobobekov X., Davletshin M.G., Ishmuhamedov R.J va boshqalar. T. :Fan, 2005 yil. 114-bet
7. Yo’ldoshev J.G. Yangi pedagogik texnologiyalarning yo’nalishlari, muammolari, yechimlari// Xalq ta’limi,1999 yil. 58-bet
8. Ishmuhamedov R. Bolalarni tarbiyalash va sog’lomlashtirish ishlarida pedagogik texnologiya (o’zbek va rus tillarida).-T.:UDAP,2004 yil.
9. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari.-T.:Nizomiy nomidagi TDPU,2005 yil.
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………1
Matematika darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati………………………………………………………. 3
Ta’lim jarayonida guruhlarga bo’lishda qo’llaniladigan texnologiyalar va ularni amalga oshirish imkoniyatlari…………………………………………………….6
Matematik tushunchalarni tahlil qilishda “Blis-so’rov” texnologiyasini qo’llash…………………………………………………………………………..10
“Blis-so’rov” texnologiyasini o’tkazish bosqichlari va ahamiyati …………….13
Xulosa…………………………………………………………..………18
Adabiyotlar………………………………………………………………………..19






Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling