Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja


Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda (hijriy 888-yil


Download 122 Kb.
bet2/15
Sana17.10.2023
Hajmi122 Kb.
#1706553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.


Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda (hijriy 888-yil
muharram oyining 2-kuni) Farg'ona viloyatini idora qilayotgan temuriy
hukmdor Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Ma’lumotlarga
ko'ra, Zahiriddin Muhammad ism ini yosh shahzoda uchun o'sha
davrdagi M ovarounnahrning atoqli ulam olaridan bo'lgan X o ja
Nosiriddin Ubaydulloh Ahror Valiy tanlagan. Keyinchalik chig'atoylar
arabcha «Zahiriddin» so'zini talaffijz etishga qiynalganliklari bois otaonasi uni Bobur deb ataydigan bo'lib qolishgan. Shunday qilib, rasmiy
hujjatlarda ulug' shoir, adib va hukmdor nomi Zahiriddin Muhammad
Bobur tarzida qo'llana boshlangan (Erskin U . Bobur Hindistonda.
Toshkent, 1995, 8-9-betlar). Umarshayx Mirzo Sulton Sohibqiron Am ir
Temuiga to'rtinchi avlod-evara sanaladi. Uning shajarasi: Umarshayx
M irzo—Abusaid M irzo— Mironshoh M irzo—Sohibqiron Am ir Temur.
Bobuming onasi Qutlug' Nigorxonim o'zbeklashgan mo'g'ul turklariga
mansub bo'lgan Toshkent hokimi Yunusxonning qizidir.
Umarshayx Mirzo temuriy hukmdorlar orasida toj-taxt kurashlari
keskinlashgan bir davrda Faig'ona viloyatini idora qildi va bu kurashda
faol ishtirok etdi. Pokiza e’tiqodli, Hazrat Xoja Ubaydulloga irodati bor,
ravon savodli bu temuriyzoda Bobuming ma’lumotiga ko'ra: «Xamsatayn
( Nizomiy va Dehlaviy «Xamsa»larini — R .V., H .E) va masnaviy kitoblami
va tarixlami o'qub edi. Aksar «Shohnoma» o'qur edi. Tab’i nazmi bor
edi, vale she’rg'a parvo qilmas edi» (10-bet). Tabiatida «hamisha mulkgirlik
dag'dag'asi bor» bo'lgan Umarshayx Mirzo yurttalablik da’vosi bilan
Samarqandga bir necha bor yurish qiladi. Faig'ona viloyatining osmonida
urush bulutlari qalqib yuigan damlarda fojiali vafot etadi.
Bu voqea 1494-yilda sodir bo'ldi. Umarshayx Miizoning akasi Sulton
Ahmad M irzo va Toshkent hokim i Mahmudxon (Umarshayxning
qaynog'asi va Sulton Ahmadning kuyovi) o'zaro ittifoq tuzib Faig'ona
viloyatiga yurish boshlaydi. «Bobumoma»da Sulton Mahmud va Sulton
Ahmadning «Um arshayx M irzoning badmaoshlig‘idin mutazarrir»
(qo‘polligidan zarar) ko‘iganliklari bunday harakatning sababi sifatida
keltiriladi. Axsi qal’asi (Axsikat) Um arshayx M irzo saltanatida
Andijondan keyin ikkinchi mavqega ega bo'lgan qal’a bo'lib, podshoh
ko'p vaqtini o'sha yerda o'tkazar edi. «Bobumoma»da Umarshayx
Mirzoning fojiali vafoti haqida quyidagilar qayd etiladi: «... Bu asnoda
g'arib voqea dast berdi, mazkur bo'lub edikim, Axsi qo'rg'oni baland
jar ustida voqe’ bo'lubtur, imoratlar jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda
dushanba kuni ramazon oyining to'rtida Umarshayx Mirzo kabutar va
kabutarxona bila uchub, shunqor bo'ldi. O'ttiz to'qquz yoshar erdi»
(9-bet). Taomilga ko'ra, Faig'ona viloyatining taxti to'ng'ich o'g'il Bobur
Miizoga topshirildi. Shunday qilib, Bobur Mirzo «Tengri taolo inoyati
bilan va chahoryori bosafolaming himmati bilan seshanba kuni ramazon
oyining beshida tarix sakkiz yuz to'qson to'qquzda Faig'ona viloyatida
o'n ikki yoshda podshoh bo'ldum»,-deya e’tirof etadi. Yosh hukmdor
mamlakatni idora eta boshlagan davr nihoyatda tahlikali edi. Unga awal
otasining yaqin beklaridan Shayx Mazidbek, keyinchalik Boboquli Bobo
Alibek bek atka sifatida tayinlanadi. Bobur Alloh inoyati va beklaming
rahnamoligida Faig'ona viloyatida o'z idora taizini saqlab qoladi. O'ratepa,
Xo'jand, M aig'ilonni zabt etib Quvaga yaqinlashgan Sulton Ahmad
qo'shinlari kutilmaganda katta talofat ko'radilar. «Biri bukim, - talofat
sabablarini bayon etadi «Bobumoma» muallifi, - Quboning botqoqlik
qora suyi bor, ko'prigidin o'zga yerdin kechib bo'lmas, qalin cherik
kelib ko'prukda tiqUib, qalin ot va teva bu qora suvga yiqilib zoye’ bo'ldi.
Uch — to'rt yil mundin burunroq C hir suyining guzarida ulug' shikast
topib edilar, bu voqea andin yod berib, cherik eliga vahmi g'olib bo'ldi.
Yana biri bukim, ul fursatga andoq ot o'lati bo'ldikim, tavila-tavila
otlar yiqilib o'la kirishdi» (18-bet). Qo'shini to'zigan, ustiga-ustak katta
talofat ko'igan Sulton Ahmad sulh tuzib, Samarqandga qaytishga majbur
bo'ladi. Quva voqeasidan so'ng xastalanib qolgan Samarqand hukmdori
O'ratepada vafot etadi. Sulton Mahmudning esa Axsining qamal qilishi
natija bermay, u ham orqaga qaytishga majbur bo'ladi. Bu jang yosh
taxt sohibi Bobuming birinchi va juda muhim g'alabasi edi.
Bobur Mirzoning mamlakatda osoyishtalikni barqaror qilish uchun
juda ko'p ter to'kishiga to'g'ri keladi. U mahalliy hukmdorlaming
o'zboshimchalikka yuz burishlari avjiga chiqqan davrda Faig'ona viloyatini
idora qilmoqda edi. Bunday boshboshdoqchilik taxt sohibi hayoti uchun
ham nihoyatda tahlika solardi. Bobuming ukasi Jahongir Mirzoni shoh
qilish maqsadida fitna uyushtiigan Hasan Y a ’qub boshchiligidagi beklar
unga qarshi suiqasd uyushtirishdi. Bobur va uning tarafdorlari sa’y -
harakati bilan fitna o'z vaqtida fosh etildi, qo‘lga olingan isyonchi beklar
jazolandi. Yovuz niyati amalga oshmaganidan alamzada bo'lgan Hasan
Y a ’qub Samarqand sari yo‘1 oladi. Biroq qabih maqsadi yana xuruj
qilib Axsi tomon kelganida, Qo‘qon yaqinida vafot etadi. Bobur Mirzo
katta va notinch viloyatni boshqarish uchun Andijon atrofidagi
shaharlarda bir necha marotaba yurishlar qilishga majbur bo‘ladi.
1495-yilda Sulton Ahmad o'mida bir muddat hukmronlik qilgan
ukasi Sulton Mahmud vafotidan so'ng, uning o'g'illari M as’ud,
Boysung'ur Mirzo, Sulton A li o'rtasida Samarqand taxti uchun o'zaro
urushlar boshlanadi. Sulton A li Samarqandni egallaganda, bu urush
alangalari yanada yolqinlana boshlaydi. Bobur M irzo ham ulug'
sohibqiron Amir Temur poytaxtini qo'lga kiritish ilinjida Samarqand
tomon lashkar tortadi. Bu payt Sulton Mas’ud Mirzo Shahrisabzni o'z
idorasi ostiga olib, Samarqandga tahdid sola boshlagan edi. Hisor va
Qunduzdan Sulton Husayn Mirzo qo'shinining xavfi ham mavjud edi.
Uch-to'rt oy uch tarafdan Samarqandga qarshi hujum uyushtirilgach,
Sulton A li nomidan Xoja Yahyo kelib, ittifoq va hamjihatlikdan so'z
ochadi va Bobur Mirzo bilan o'zaro kelishuvga erishadi. Biroq oradan
ko'p vaqt o'tmay, Samarqand taxtini Boysung'ur Mirzo qo'lga kiritadi.
1497-yilda Bobur Mirzo mingga yaqin qo'shini bilan Samarqandni
qo'lga kiritish uchun jangga otlanadi. Shahar у yetti oy qamal qilinadi.
Boysung'ur Mirzo Shayboniyxondan madad kutadi, biroq Shayboniy
qo'shinlarining yordami besamar ketadi. Natijada shahar hukmdori
Qunduzga Xusravshohdan panoh izlab ketishga majbur bo'ladi. Bobur
M irzoni Samarqand shahri ulug'lari, beklar mamnuniyat bilan qarshi
oladilar. «Bobumoma»da mualUf bu voqeani iflixor bilan quyidagicha
bayon etadi: «Rabiulawal oyining avoxirida (1497-yil noyabr) kelib
arkta Bo'stonsarog'a tushtum. Tengri taoloning inoyati bila Samarqand
shahri va viloti muyassar va musaxxar bo'ldi» (43-bet). Sharqning eng
yirik, boy va mashhur shaharlaridan biri bo'lgan Samarqandning qo'lga
kiritilishi yosh hukm dorni nihoyatda sevintiradi. U keyinchalik
«Bobumoma»da bu azim shahaming tabiati-yu masjid va madrasalarini,
Ulug'bek Mirzo barpo etgan rasadxona-yu saroy va maqbaralami ehtiros
bilan tasvirlaydi. Afsuski, Bobur Mirzoning sevinchi uzoqqa cho'zilmaydi.
Y yetti oy qamal ichida qolgan shahar nihoyatda xarob holda edi. Ozuqa
zahiralari tugagan, dehqonchilik o'zaro urushlar natijasida izdan
chiqqan, shahar aholisi aftoda bo'lib qolgan edi. Yosh hukmdor bu
ahvoldan qutilish choralarini qanchalik izlamasin, biror maqbul tadbimi
amalga oshirish imkondan tashqari edi. Bobur M irzo qo'shinlari
Samarqanddan hech qanday o'lja qo'lga kirita olm aydi. A w alo,
hukmdoming o'zi xalqni talashga mone’lik qiladi. Oqibatda oziq-ovqat
tanqisligi seziladi, shuningdek, askarlar uylarini sog'ina boshlaydilar.

2.1.Shoirning ruboiy va tuyuqlari tahlili.


Bobur Mirzo devonida Sharq she’riyatining g'azal, ruboiy, tuyuq,
masnaviy, qit’a, fard, muammo kabi janrlarida ijod etilgan she’rlar
jamlangan. Ular orasida g'azal, ruboiy, tuyuq janrida ijod etilgan she’rlar
alohida ahamiyat kasb etadi. Shoiming nazmiy asarlari, jumladan,
g'azallarida an’anaviy ishq mavzui yetakchilik qiladi. Ijodkoming ma’shuqa
ta’rif-tavsifi, hijron iztiroblari, visol umidi, she’r qahramonining turli
ruhiy holatlari tasviriga bag'ishlangan oshiqona g'azallarida m uallif sohir
musawir yanglig' she’rxon ko'z o'ngida turli manzaralami namoyon
eta oladi. Undagi so'z sehri, misralaming quyma va ravonligi, uslubning
soddaligi, o'quvchiga badiiy zavq bag'ishlaydi. Jumladan, Bobur Mirzo
ishq balosining har dam jafo keltirishini ta’kidlagani holda, undan
ayri tusholmasligini quyidagicha badiiylashtiradi:
Baloi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.
«Ajab baloye» tarzida ta’riflangan ishq she’r qahramonining taqdirida
bitilgani bois uni hijron iztiroblari bilan qarshilantiradi. Bu iztiroblaming
nihoyatda mubolag'ali tasviri ma’shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiqning
ruhiy holatini yanada teranroq idrok etishga imkon yaratadi:

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling