Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja
Download 122 Kb.
|
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.
Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja: Kirish Asosiy qism I bob Zahiriddin Muhammad Bobur. 1.1 Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi. 1.2 Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy — adabiy merosi. II bob Bobur Mirzo she’riyati. G 'azallarining mavzulari va badiiyati. 2.1 Shoirning ruboiy va tuyuqlari tahlili. 2.2 «Boburmoma»-qomusiy asar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Zahiriddin Muhammad Bobur — shoir, adib, she’rshunos — adabiyotshunos, donishmand faqih (islom qonunshunosi), tilshunos, elshunos, mantiq va riyoziyot ilmlaridan puxta xabardor jamoat aibobi sifatida o‘zidan bebaho ma’naviy meros qoldirdi. Boshqa odamlamikidan deyarii farq qilmaydigan mo'jazgina ko‘ksida sheming yuragi va jur’atini ko'tarib o'tgan bu mukarram zot aql bovar qilmaydigan kashfiyotlar bilan yuzma-yuz yashab o'tdi, o‘zidan sara ma’naviy xazina va nom qoldirish uchun kuiashdi. Zahiriddin Muhammad Bobuming hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi eng noyob ish o n ch li m anba, sh u b h asizki, uning «Bobumoma»sidir. Shuningdek, bu ulug‘ shoir va sarkardaning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma», Muhammad Haydaming «Tarixi Rashidiy» asarlari ham «Bobumoma» maqomiga yaqin turuvchi asarlar sirasiga mansub. Buning boisi shuki, Gulbadanbegim va Muhammad Haydar Bobur Mirzo bilan yaqindan muloqotda bo'lishgani bois o'z asarlarida buyuk hukmdoming faoliyati, shaxsiyatiga aloqador qimmatli ma’lumotlami keltirishgan. Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkir ul-ahbob» (1566) tazkirasida ham Bobur Mirzo bilan aloqador ishonchli qaydlar o‘z ifodasini topgan. Xuddi shunday fikmi Hindistonni idora qilgan boburiy hukmdorlar Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon zamonida vujudga kelgan tarixiy asarlar borasida ham aytish mumkin. Hindiston inglizlar tomonidan fath etilgandan so'ng, aniqrog'i, X V III asrdan boshlab Bobuming hayoti, faoliyati, ijodi kabi masalalar Ovrupo shaiqshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etdi. Vitsen, Jon Leyden, U.Erskin, RM .Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverijd xonim, Len Pul, E.Holden, V.H.Moreland va boshqa tadqiqotchilar Bobuming hayoti va faoliyatini o'iganish, asarlarini nashr va tarjima qilish bilan shug'ullandilar. Bu olimlar orasida ingliz tarixchisi Uilyam Erskinning olib boigan izlanishlari mutaxassislar tomonidan juda ko'p e’tirof etilmoqda. Shotlandiyalik katta yer egasining o'g'li bo'lgan Uilyam Edinbuig universitetida tahsil olgandan so'ng, 20 yil (1803-1823) Bombayda istiqomat qilgan. «Bobumoma»ning 1809-yilda Jon Leyden (18 75 -19 11) boshlagan taijimasini U.Erskin nihoyasiga yetkazgan. Shuningdek, U.Erskinning «Temuriylar avlodidan bo'lmish Bobur va Humoyun davridagi Hindiston tarixi» nomli 600 sahifaga yaqin hajmdagi yirik tadqiqoti 1854-yilda, muallif vafotidan keyin nashr etilgan. Olimlaming e’tirof etishicha, U . Erskin fors tilini mukammal bilgan va temuriylar sulolasi tarixini sinchiklab o'igangan. 0 ‘zining ular haqidagi ilm iy xulosalarini asoslashda, «Tabokati Akbariy», «Tarixi Rashidiy», «Xulosat ul-Akbar», «Xulosat ul-tavorix», «Shajarat ul-atrok» kabi ko‘plab ilm iy-tarixiy qo‘lyozmalardan keng foydalangan. Ingliz olimining ushbu yirik tadqiqoti qisqartiriJgan holda G'ofuijon Sotimov tomonidan taijima qilinib nashr etildi (Uilyam Erskin. Bobur Hindistonda. Toshken: «Choipon», 1995). Rus sharqshunoslaridan N.I.Ilm inskiy, N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, N .I.Veselovskiy, V .V .V yatkin, A.Sam oylovich, V.Bartold, afg'on olimlaridan Ahmad Ali Kohzod, Abdulhay Habibiy, Gulchin Maoniy, hind olimlaridan Zokir Husayn, Nurul Hasan, S ASharm i, RP.Tripatxi, P.Saron, Kanunga, turk olimlaridan Fuod Kupruluzoda, Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati va merosi bilan shug'ullandilar. Bobuming hayoti, faoliyati, ilm iy, badiiy merosini o‘rganish, asarlarini nashr etish borasida o'zbek olimlari ham muayyan ishlami amalga oshirdilar. Adibning shoh asari «Bobumoma»dan parchalar 1928 yilda Abdurauf Fitratning « 0 ‘zbek adabiyoti namunalari» majmuasida e’lon qilindi. Shundan so'ng bu asar 1948-1949- yilda 2 jildda, 1960, 1989 yillarda esa asaming to'ldirilgan nusxasi nashr etildi. Umuman, boburshunoslik ravnaqida Yahyo G'ulom ov, Vohid Zohidov, Hom il Yoqubov, Porso Shamsiyev, Sabohat Azimjonova, A ziz Qayumov, H am id Sulaym on, Said A liye v , B .V aliyx o 'jayev, S .H asan o v kabilaming ilm iy tadqiqotlari muhim hissa bo'lib qo'shildi. B obur sh uh ratin in g jah o n ga y o y ilish id a tu rli m am lakat yozuvchilarining ham munosib hissasi bor. Jumladan, hind adibi M uni L a ’lning Bobur va boburiylar haqida oltita roman yozganligi e’tirof etiladi. Shuningdek, turli manbalarda fransuz yozuvchilari Flora Anna Stilning «Bobuixon», Femand Grenandning «Bobur», Amerika adiblari Harold Lembning «Bobur - sher», Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki buyuk Mo'g'ullar» romanlari mavjudligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. O'zbek yozuvchi va shoirlaridan Pirim qul Qodirov, Barot Boyqobilov, Xayriddin Sultonovlar Bobur haqida roman, esse-roman, qissa va dostonlar ijod etishdi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, Bobur va uning ilm iy, adabiy merosiga m illiy istiqlol g'oyasi tamoyillari nuqtai nazaridan munosabat ko‘rsatila boshlandi. Uning diniy asarlari, jum ladan, «Mubayyin» nashr etildi. Mamlakatimizda Bobur xalqaro jamg‘armasi tuzilib, o'zining serqirra faoliyatining amalga oshira boshlagani boburshunoslikda muhim voqea bo'ldi. 1.1 Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling