Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja


Jonim din o'zga yori vafodor topmadim


Download 122 Kb.
bet5/15
Sana17.10.2023
Hajmi122 Kb.
#1706553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.


Jonim din o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim.

Shoir ko'nglida tug'yon urgan yolg'izlik hissi alam lari, «dahri
dunparvar»ning ko'rsatgan jafolaridan afloda hoi bo'lib qolgani, qalbi
«bu olamning safo»si borligiga shubha bilan qaraganini «Qoldim u?»
radifli hasbi hoi ruhida yozilgan mashhur g'azalida badiiy ifoda etadi.
Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida ham ruhiga qattiq ta’sir
ko'rsatgan qismat «o'yin»laridan no lib, o'z holini bayon etish holatlari
kuzatiladi. Bu — tabiiy. Ayni mavzu boshqa ijodkorlaming oshiqona
g'azallarida ham qaysidir ma’noda o'z ifodasini topganligini kuzatish
mumkin. Biroq Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida hayotiy
voqelikdan ko'p jabr ko'igan hukmdor-shoir siymosi shu qadar yorqin
gavdalanadiki, she’rxon beixtiyor uning qiyofasini ro'parasida
ko'rgandek bo'ladi:
M ening ko'nglum ki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘Isa, ochilm og'i ne imkondur.
Agar ul qoshi yosiz bog* gashtin orzu qilsam,
Ko'zumga o'qturur sarv-u ko'ngulga g'uncha paykondur.
Shoir ko‘nglini g'unchaga tashbeh etarkan, uni yashil pardalami
yorib, endi jam olini ko‘z-ko‘z qilishga hozirlik ko'rayotgan «tah-batah»
qizil yaproqlari bilan qonga evrilgan qalbi orasida o‘xshashlik borligiga
diqqatni jalb etadi. Baytda g'unchadagi go'zallik bilan jabr-sitamlardan
qon yutgan ko'ngul o'rtasida o'zaro zidlik hosil qilingan. Bu qaramaqarshilikning paydo bo'lishida har ikkala o'xshashlikdagi qizil rang asos
bo'lib xizmat qilgan. Keyingi misrada tazod yanada tadrijiy rivojlantirilgan.
G'unchaning bahor kelishi bilan sekin-asta ochilib gulga aylanishi tabiiy,
biroq she’r qahramonining ko'ngli yuz-ming bahor kelsa ham ochilishi—
shodlanishi imkonsizdir. Keyingi bayt oshiqona mohiyat kasb etib, unda
yigitning ma’shuqasiga bo'lgan sadoqati «o‘q»-«sarv», «g'uncha»-
«раукоп» tashbehi vositasida badiiy ifoda etilgan.
Bobur Mirzo g'azaliyotida borliq go'zalligidan zavqlanish, o'lchab
berilgan ummi behuda sarflamaslikka da’vat ruhida yozilgan g'azallar
ham uchraydi:

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling