Tozыb erdi navkarы Babirning,
Erib erdi jigarы Babirning.
Quyidagi parchada M.Solih Bobir askarlarining qochishini shunday mubolag`a bilan tasvirlaydi:
Bir sarы yolыnы darya tutdы,
Suvg`a tushkәnni balыg`lar yutdы.
M. Solih omograf so`zlar yordamida original so`z o`yini yaratadi:
Sahibi jilvada bostan ichidә (uzum nomi),
Qan yutub sahibi qorg`an ichidә (egasi).
Yuqoridagi tasviriy vositalarni yaratishda M. Solih o`zbek tilining so`z boyligidan va grammatik xususiyatlaridan unumli foydalangan. Unda quyidagi grammatik xususiyatlarni ko`rish mumkin:
1. „Shayboniynoma“ tilida tushum kelishigi uchun -nы/-ni, -n, jo`nalish kelishigi uchun -g`a/-gә// -qa/-kә, -a/-ә affiksli formalar ishlatilgan: arыg`ыnы, shahar halыn sөzumni, sug`a, kөzguchә, otqa, kөrmәkkә, bashыma, kөnglumә kabi..
Otlarning egalik bilan turlanishi hozirgi o`zbek tilidagi kabidir.
„Shayboniynoma“da o`zbekcha ko`plik formasi bilan birga, arabcha, forscha ko`plik formalari ham qo`llanadi: barcha mirzalar, barы nukarlar; funun (fanlar), qalmaqan (qalmoqlar) kabi.
„Shayboniynoma“da o`zbekcha ot yasovchi qo`shimchalar bilan birga forscha formalar ham bor: oqchы, kenәshchn, on kunluk, yillik, behad. Ayniqsa, fe`ldan ot yasash hollari ko`p tarqalgan: qorqaq, qurumsaq, өlәt, yamg`ur, yurtavul, qabal, yasal kabi.
2. Sonlar „Shayboniynoma“da hozirgi o`zbek tilidagi kabi formalarga ega. Tartib sonlar -inch affiksi bilan ham yasaladi: tөrtinch kabi. ,,O`n ming“ ma`nosida
Do'stlaringiz bilan baham: |