tuman, „yuz ming“ ma`nosida lak, „million“ ma`nosida yuz tuman so`zlari ishlatilgan.
3. „Shayboniynoma“ tilidagi kishilik olmoshlari hozirgi kishilik olmoshlariga to`g`ri keladi.
Gumon olmoshi ma`nosida kimsә, kimersә, falan kabi so`zlar ham qo`llangan. So`roq olmoshining qayu, netәk, qayan formalari ham ishlatilgan: Kel falan keche falan kocha sari.
So`roq olmoshlarining ham hozirgi so`roq olmoshlaridan farqli ne, nelәr shakllari ham bor.
4. “Shayboniynoma” tilidagi fe`l, uning grammatik kategoriyalari, ma`nolari hozirgi o`zbek adabiy tilidagiga o`xshash, yaqin bo`lsa-da, ba`zi tomonlari bilan farqlanadi.
Buyruq fe`lining ikkinchi shaxs birligi -g`il/-gil affikslari orqali hosil qilinadi: bergil, oturg`il, kөrgil, qopg`ыl.
Buyruq-istak maylining I shaxs qo`pligi uchun -alы/-әli affiksli forma qo`llangan: chыqalы, kөrәli kabi.
5. „Shayboniynoma» tilidagi ravishlar hozirgi ravishlarga o`xshaydi. Ammo hozirgi tilda qo`llanmaydigan anda, asru, g`aliba, filhal ravishlari ham uchraydi: Bar emish anda qamыsh asru qalыn. Anda ravishi, ba`zan ko`plik qo`shimchasini ham qabul qiladi: andalar.
6. Hozirgi o`zbek adabiy tilidagi ko`makchilardan tashqari, “Shayboniynoma” tilida qatыda, qashыg`a, uzә, bikin, tegrә degin, tegi, burna kabi ko`makchilar ham uchraydi: xan qatыda, ulus qashыg`a, taxtы uzә, shaharnыng tegresigә (shaharning atrofiga), xan kelishidin burna kabi.
7. „Shayboniynoma“ tilida hozirgi bog`lovchilardan farqli vale, lek, yoq ersә//yoq esә; gar, -chu, chun bog`lovchilari mavjud: Өfklәrmen yoq esә banda sengә. Lek el andыn emәstur xushnud. Chun bu sөzlәrni eshitti sultan.
M. Solihning «Shayboniynoma» asarida forscha, arabcha so`zlarni ozroq, jonli tildagi so`zlarni mumkin qadar ko`proq ishlatishga harakat qilingan. Dostonda iste`moldan chiqa boshlagan, badiiy adabiyotda kam uchraydigan quyidagi so`zlar ham uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |