Mavzu: bobur va muhammad solih asarlarining til xususiyatlari
TARIXIY DOSTONCHILIKDA TIL VA USLUB MASALASI
Download 37.9 Kb.
|
9-mavzu Bobur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bar edi so`zi unыng nadanlardek, Qыlыg`ы yashg`ыna og`lanlardek.
TARIXIY DOSTONCHILIKDA TIL VA USLUB MASALASI
O`zbek adabiyotining va adabiy tilining ulkan namoyandalaridan biri Muhammad Solih klassik adabiyotda birinchi tarixiy doston bo`lgan «Shayboniynoma»ning avtoridir. «Shayboniynoma» temuriylar bilan shayboniylar o`rtasidagi urushlarning dahshatli manzaralarini tasvirlovchi, badiiy uslubi va obrazli tili bilan klassik adabiyotning qimmatbaho yodgorligidir. «Shayboniynoma» dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uning Qosim nomli kotib tomonidan ko`chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. Dostonni shu nusxa asosida G.Vamberi 1885 yilda nemis tilida nashr ettiradi. 1908 yilda turkolog P.M.Melioranskiy tomonidan chop ettiriladi. Faqat 1961 yilga kelib, «Shayboniynoma»ning hozirgi o`zbek grafikasidagi teksti nashr etiladi. «Shayboniynoma» tarixiy dostonchilikning to`ng`ich asari bo`lib, unda konkret tarixiy voqealar hikoya qilinadi. Dostonda realizm tendendiyasi ma`lum darajada badiiy uslubning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylandi. Realizm tendensiyalari faktlarning mazmunidagina emas, balki ularni bayon etish va ifodalashning badiiy usullarida, badiiy til vositalarida, xullas, mazmun bilan shaklniig birligida ko`rinadi. Muhammad Solih dostonda adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til xazinasidan foydalanib, adabiy tilni boyitishga munosib hissa qo`shadi. Uning tasviriy ifoda uslubi badiiy sodda va rang-barangdir. Shoir xalq tili xazinasidan foydalanib, sodda, jonli o`xshatishlar, sifatlashlar, anaforalar topadi. Masalan, Buxoro hokimi Boqitarxon xarakterini ochib berish uchun quyidagi o`xshatishni ishlatadi: Bar edi so`zi unыng nadanlardek, Qыlыg`ы yashg`ыna og`lanlardek. Xalq tili boyliklaridan mukammal foydalanib, xarakterli jonlantirish va mubolag`alar qo`llaydi: Boldы bisyar uzum birlә qavun, Har biri debki: „Mәning, birlә avun“. Klassik adabiyotda baytning birinchi misrasidagi barcha so`zlarga ikkinchi misradagi hamma so`zlar qofiyadosh bo`lsa, bu tarse deb ataladi. Muhammad Solih original tarselar ijod qildi: Download 37.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling