Mavzu: bobur va muhammad solih asarlarining til xususiyatlari


Qadыmnы firaq mehnati ya qыldы (yoydek egdi). Ko‘nglum g‘amu anduq otыg‘a yaqыldы (kuydi)


Download 37.9 Kb.
bet2/6
Sana27.03.2023
Hajmi37.9 Kb.
#1300238
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu Bobur

Qadыmnы firaq mehnati ya qыldы (yoydek egdi).
Ko‘nglum g‘amu anduq otыg‘a yaqыldы (kuydi).

Halыmnы sabag‘a aytыb erdim, ey gul,
Bilman, senga sharh qыlmadы ya qыldi (yoki qildi).
Badiiy nasr namunasi bo‘lgan «Boburnoma» ham o‘z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilgandir. Boburning bu asari juda qimmatli tarixiy-badiiy asar bo‘lib, unda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarniig XV asr oxiri - XVI asr boshlaridagi ahvoli, jug‘rofiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti aksini topgan.
Asarning asl nomi «Voqeanoma» bo‘lib, u ba’zan «Boburiya» deb atalgan, ayrim tarjimalarida «Tuzuki Boburiy», «Voqeoti Boburiy» va eng so‘ngida «Boburnoma» deb ataldi. Asar Hindistonda eski o‘zbek tilida yozilgan.
«Boburnoma»ning 14 ga yaqin qulyozma nusxasi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pi XVII-XVIII asrlarda turli kishilar tomonidan ko‘chirilgan. Bu nusxalar hozir Peterburg, Kalkutta, Haydarobod, London, Agra, Manchester, Edinburg kabi shaharlarda saqlanadi.
«Boburnoma»ning bir nusxasi 1737 yilda ko‘chirilib, shu nusxa asosida asar 1857 yilda Qozonda rus olimi N.Ilminskiy tomonidan nashr ettiriladi.
Haydarobod nusxasi asosida asarni 1905 yilda ingliz olimi A. Beverij Londonda chiqaradi. Asar 1586 yilda fors tilida, ayrim parchalari 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga, Jon Leyden, E. Erskinlar tomonidan 1826 yilda, R. M. Kaldekot tomonidan 1844 yilda ingliz tiliga, 1828 yilda A. Keyzer tomonidan nemis tiliga, 1871 yilda Pave de Kurteyl tomonidan franquz tiliga, sho‘ro davrida M. Sale tomonidan rus tiliga tarjima qilinadi.
«Boburnoma» asari Qozon va London nusxalari asosida 1948-1949 yillarda Toshkentda ikki kitob holida to‘la nashr etildi. Ba’zi tuzatishlar va chog‘ishtirishlar bilan 1960 yilda yana qayta nashr etildi.
Bobur til boyligining oshishiga va tilning sodda bo‘lishiga, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun xarakat qilganligini ko‘ramiz.
U barqaror qo‘llanilmagan ko‘p so‘zlarni ishlatishga harakat qiladi va ulardan o‘rinli foydalanadi.
«Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari hamda ta’birlariga katta e’tibor beradi. Unda faqat o‘zbek maqollarigina emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham uchratamiz. Ular asar tilining shirali, ommaga tushunarli bulishi uchun xizmat qilgan. Masalan: Kapudag‘ыnы qapmasa, qarыg‘uncha qayg‘urur. Ko‘zlarini tuz tuttы. Dushman ne demas, tushga ne kirmas. (Deh kujavu daraxan kuja (Qishloq qaydayu, daraxtlar qayda). Uzrash batar az gunah (Uzri gunohidan yomonroq).
«Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi, soddaligi va ravonligidir. Buning uchun shoir so‘zlarni tanlab ishlatishga, oz so‘z bilan ko‘proq fikrni bayon etishga harakat qiladi. O‘zbek tilining so‘z boyligidan samarali foydalanib, undagi sinonim, omonim va antonim so‘zlarni keng va o‘rinli ishlatadi.
Bobur asarda sodda gap shaklini ko‘proq qo‘llaydi. Asarda berilgan qo‘shma gaplar ham tuzilishiga ko‘ra sodda gaplarga o‘xshash bo‘lib, osonlik bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Masalan: Ta anda yetkuncha, mening bilan sekiz kishi qalыb edi.
«Boburnoma»da muallif Andijon va uning atrofidagi shaharlar haqida ma’lumot berar ekan, ular haqida murakkab bo‘lmagan, ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi. «Mavaraunnahr Samarqand va Kesh qorg‘anыdыn songra mundыn ulug‘raq qopg‘an yoqdur, uch darvazasi bar. Arkы janub tarafыda vaqe bolubtur. Toqquz tarnav suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chыqmas».
Ko‘rinib turibdiki, asardan olingan bu parchani hozirgi zamon kitobxoni ham bemalol tushuna oladi.
Asarning tili o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:
1. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi -d ы n /-d i n, -tыn /-tin affikslari orqali yasaladi. Qolgan kelishiklar hozirgi o‘zbek tilidagi kelishik qo‘shimchalariga o‘xshashdir. Masalan: Andijan suyы Oshtыn kelur, Axsi suyы Kasandыn kelur.
Lekin «Boburnoma»da qaratqich bilan tushum, o‘rin-payt bilan jo‘nalish va o‘rin-payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o‘rnida qo‘llana beradi: Xojandda kelib edi. Jahangir Mirzaqa Tanbal taqasыg‘a kelib edi. Hind fatxыda song.
Mavhum egalik ma’nosini ifodalovchi -niki affiksining vazifasini qaratqich kelishigining qo‘shimchasi -ning orqali ifodalangan: Har vilayatkim musahhir bolsa, chahar dang mirzaning bolg‘ay,, du dang anыng.
2. «Boburnoma»da sifat yasovchi -li affiksi uchramaydi. Nisbiy sifat va mavhum otlar yasash uchun -lыg‘/-lig, luq/-luk affiksi ishlatiladi. Masalan: Bu ataluq, og‘ulluq Tambalg‘a arqalanыb, bunday harakatlar bunyad qыldыlar.
Asarda -lar affiksini olgan «yaxshi» sifati ma’lum darajada ishlatiladi: O‘zg‘a tufang andazlar atmaqqa korsatib yaxshilar atdilar.
3. «Boburnoma» tilida hozirgi o‘zbek tiliga xos bulgan -ta bilan yasalgan donalik sonlar, -tadan bilan yasalgan ulush sonlar, -tacha bilan yasalgan chama sonlar, -lab bilan yasalgan chama-ulush sonlar uchramaydi.
Ayiruv – ulush sonlar asosan - ar/-rar affiksi bilan, chama sonlar esa sintaktik yo‘l bilan ifodalanadi. Masalan: Sipahi va raiyat naumed bolub, birar-ikkirar qorg‘andыn tashlab qacha kirishdilar. Yuz chag‘lыq.
4. Uchinchi shaxs kishilik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi shakli namoyon bo‘ladi: ul anы, anыng, anga, andыn.
Hozirgi o‘zbek tilidagi so‘roq olmoshlaridan tashqari, ne, nechuk qatu olmoshlari mavjud.
Hozirgi belgilash olmoshlari ma’nosida, «Boburnoma» tilida hamma jame’, butun, barcha bilan birga tugal, bari so‘zlari ham kelgan. Bu «barы», «barcha» olmoshlarining aslida «bar» so‘zidan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.
5. Xozirgi o‘zbek tilidagi ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda hozirgi tilimizda bulmagan asru (ko‘p, juda ko‘p), otru (ro‘baro‘, qarama-qarshi) ravishlari juda ko‘p ishlatiladi.
6. «Boburnoma»da qo‘llangan so‘ng ko‘makchilar hozirgi o‘zbek tilidagiga o‘xshaydi. Lekin unda sayыn ko‘makchisi bilan bir qatorda sayы ko‘makchisi, “bilan” ko‘makchisining bila, birla, ila , la muqobillari mavjud. Old va yan ko‘makchilar o‘rnida ko‘proq qash ko‘makchisi ishlatiladi. Masalan; Songralar Sultan Mahmudxan qashыga bardы.
7. «Boburnoma» tilida o‘timli fe’llarning m a j h u l darajadagi shakli tushum kelishigidagi otlarni boshqarish xususiyatiga egadir. Bu shakl o‘zbek tilida uchramaydi. Masalan: Urdunыng va urdu otrusыnы mazbud va mustahkam qыlыldы.
Xozirgi-kelasi zamon fe’li -dur affiksini qo‘shish bilan yasaladi: keladurman, keladursan kabi.
«Boburnoma»da eski uyg‘ur tiliga xos bo‘lgan ba’zi zamon shakllari mavjud. Ulardan biri -gu affiksi bo‘lib, u kelasi zamon aniq fe’lini hosil qiladi: kelgum, kelgung, kelgusi kabi.
Asarda -gu va boshqa affikslarning birikishidan hosil bo‘lgan qo‘shma affikslar (-gullik, -g‘usiz, -gudek, -g‘uvchi kabi) orqali ish-harakat oti yasaladi.
Buyruq-istak maylining 1 shaxs shakli -aling bilan yasalgan fe’llar keng tarqalgan. Masalan: Xan qashыg‘a Tashkentga baraling.
«Boburnoma»da sifatdoshning -mish, -ayatg‘an affikslari bilan yasalgan shakllari kam bo‘lsa, -gan, -addurgan, -digan affikslari bilan yasalgan shakllari ko‘pdir. -ar affiksi bilan yasalgan sifatdoshlar asar tili uchun xosdir. -a affiksi bilan yasalgan ravishdoshlar ko‘p uchraydi. -g‘uncha, -guncha affiksi bilan yasalgan ravishdoshlar kesim va tarkibli kesimning bir qismi sifatpda qo‘llanadi. Masalan: Daqiqanыng miqdarы taqriban altы fatihanы bismilla bila oqug‘unchadыr.
Alisher Navoiyda bo‘lganidek, fe’lning I sh a x s birlikda tuslangan bo‘lishsiz shakli -man affiksi bilan beriladi. Masalan: Bilman o‘zlukidыn bermadimu ya yuqarыdыn isharat boldыmu. Fe’lning bo‘lishsiz shakli -ma affiksi orqali ifodalanadi: Ish qapug‘a kelgan mahalda jid va ehtimamnmы taqsir qыlmamaq kerak.
8. «Boburnoma»dagi bog‘lovchilar hozirgi bog‘lovchilarga qisman to‘g‘ri keladi. Unda ko‘pincha darы, vale (lekin, ammo), vaya (yoki) borlovchilari ko‘proq ishlatiladi.
Asarda ergashtiruvchi bog‘lovchilarning bir qanchasi uchraydi. Ular -ki bog‘lovchisi yordamida tuzilgan bog‘lovchi va bog‘lovchilashgan so‘zlardir: -ki/-kim, vaqtiki, gahikim, ne uchunkim, bu jihatdыnkim, negakim kabi.
Masalan: Anы uchunkim, Mir Alisher Navaiynыng musannafatы bavujudkim, Hupuda nash’u nama tapыbtur, bu til biladur.
«Boburnoma» tilida leksik jihatdan quyidagi so‘zlar uchraydi: yavuq (yaqin), cherik (askar, qo‘shin); qabamaq (qamamoq), ilg‘ar, tuz (tekis yer), arыmaq (ketmoq), ilik (qo‘l), ulus (xalq), qazaqlыq (darbadarlik), yanmaq (qaytmoq), qopmaq (turmoq), qasaba (shaharcha), vasat (o‘rtalik), vafir (mo‘l-ko‘l) kabilar.
Umuman, Bobur o‘zining asarlari bilan til donishmandi bo‘lganligini va til boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan foydalanganini ko‘rsatdi. Natijada o‘zbek badiiy nasri yetarli tajribaga ega bo‘lmagan bir davrda bu sohada katta muvaffaiyatni qo‘lga kiritdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tilida bo‘lgan soddalik, ravonlik va ixchamlik XVII asrda Abulg‘ozi Bahodirxon tomonidan yozilgan «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlarida davom ettirildi.


Download 37.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling