Mavzu: Bo’g’in va urg’u.
Takrorlash.
Dars maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga bo’g’in va urg’u bo’yicha qo’shimcha ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni mehr muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil ijodiy qobiliyatini oshirish, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Dars turi:
yangi bilim berish.
Savol – javob.
Bingo.
1.Dars usuli.
Ta’limiy o’yinlar.
Aqliy hujum.
2.Dars usuli.
Induktiv(amaliyotdan nazariyaga), savol-javob,suhbat.
Dars jihozi.
Darslik.
Rasmlar.
Tarqatmalar.
Texnik jihozla.r
Ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori:
Til bilgan – el bilar.
Shakllantiriladigan komptensiyalar
Fikrni og’zaki va yozma bayon qilish.
Darsga qo’yilgan talablar.
*o’zaro hurmat;
*fikrni erkin va ravon ifodalash; *o’zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish;
*adabiy til me’yorlari asosida gapirish.
Darsdan kutilgan natija:
*faollik;
*ijodkorlik;
*erkin fikr bildira olish;
*kerakli xulosa chiqara bilish;
*insonni tushunish va uni hurmat qilish.
Dars rejasi:
*o’tilgan mavzuni mustahkamlash;
*yangi mavzu bayoni;
*mashqlar ustida ishlash;
*yangi mavzuni mustahkamlash;
*uyga vazifani tushuntirish;
*oquvchilarni baholash.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
*salomlashish;
*davomatni olish;
*tozalikni tekshirish;
*o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazorat qilish.
2.O’tilgan mavzuni takrorlash.
Takrorlash-bilimning onasi.
1.Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi?
2.Gap bo’laklari haqida ma’lumot bering.
3.Mustaqil so’z turkumlari necha turga bo’linadi va qaysilar?
4.Yordamchi so’z turkumlari haqida gapirib bering.
5.Tovushlar necha turga bo’linadi?
6.Unli tovushlar deb nimaga aytiladi?
7.Undosh tovushlarga ta’rif bering.
3.Yangi mavzu haqida ma’lumotlar.
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi.
Bo’g’in unli tovushlar asosida hosil bo’ladi.
So’zning o’zak va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-ni, barg-ga so’zlarida o’zak va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa go’sh-ti,bar-gi so’zlarida teng emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |