Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar reja


Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar


Download 275.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.01.2023
Hajmi275.37 Kb.
#1112425
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu

Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Zidlov bog‘lovchili qo‘shma gap 
qismlari o‘z semantikasiga mos grammatik shaklni talab qiladi. Shu sababli bunday 
qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog‘lovchilari, bu 
bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanuvchi -u(-yu) yuklamasi ishlatiladi. Ular mazmunan 
zid bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi. 
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisaning yoki harakatning 
bir-biriga zidligi, shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga 
kelmaganligi ifodalanadi. Masalan: Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum 
bo‘lgani rost, lekin bundan bolaning xabari yo‘q-ku! (О‘.U.) 
-u (-yu) yuklamalari zidlov bog‘lovchilari o‘rnida qo‘llanib, zid munosabatdagi 
bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi. Ba’zi hollarda bu 
bog‘lovchilar bilan birikkan qo‘shma gaplarda u(-yu) yuklamasi zidlikni kuchaytirish 
uchun qo‘llanadi. Masalan: Ishim nihoyatda ko‘p-u, kelmaslikka ilojim yo‘q. (So‘zl.) 
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ba’zan zidlik bilan birga to‘siqsizlik 
munosabati ham shakllanadi. Qiyoslang: Men u bilan gaplashmadim, lekin uning 
ko‘zlari ba’zi-ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi. (I.R.) 
Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan 
qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan
navbatma -navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea -hodisa yoki harakatni 
ifodalab, semantik jihatdan ayiruv va ichki zidlik, izoh, qiyos, gumon, shart kabi 
ma’no munosabatlarni ifodalaydi. 
1. Bir.., dam.., ba’zan.., goh.. bog‘lovchilari bilan shakllangan qo‘shma gaplar ketma-
ket sodir bo‘lgan voqealarni ifodalab, semantik jihatdan zidlik va izoh ma’no 
munosabatlarini anglatadi. Masalan: Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (O.) 
2. Yo, yoki, bo‘lmasa ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-
hodisalardan faqat birining sodir bo‘lishi aks etadi hamda qiyos, gumon, shart ma’no 
munasabatlari ifodalanadi. Masalan: Mayli siz keting bu shahardan, yoki biz ko‘chib 
ketamiz. (A.Q.) 

Download 275.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling