Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar reja


Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar


Download 275.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana23.01.2023
Hajmi275.37 Kb.
#1112425
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu

Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarda inkor 
munosabati ifodalanadi. Qo‘shma gap qismlari na... inkor yuklama-bog‘lovchisi 
yordamida bog‘lanadi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap qismlarining boshida takrorlanib 
kelib, yuzaga chiqmagan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni o‘zaro biriktirib, 
bog‘langan qo‘shma gapni hosil qiladi. Masalan: ... Na adresi bor, familiyasi bor, na 
pochta muhri. (As.M.) 
Inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarning kesimlari, odatda, tasdiq shaklida bo‘ladi. 
Ba’zi hollarda ma’noni kuchaytirish uchun gap kesimi inkor shaklda ham qo‘llanadi. 
Masalan: ...Bu haqda na Kimsanoy bir narsa deya olmadi, na Anzirat xola. (A.Q.) 
Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarning kesimlari bir xil so‘z bilan 
ifodalanib, bir zamonda shakllanganda, ko‘pincha oxirgi kesim qo‘llanmaydi: Bular 


orasida bo‘lib o‘tgan mojarodan na Umidaning xabari bor, na Isroilning. (A.Q.) 
Matn talabi bilan inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ba’zan hamma kesimlar 
qo‘llanmasligi mumkin: Cho‘chima jigarim, o‘z uyingdasan bu yerda , na g‘urbat, na 
ofat, na g‘am. (G‘.G‘.) 
Xullas, an’anaviy sintaktik ta’limotda bog‘langan qo‘shma gaplar: biriktiruv, zidlov, 
ayiruv va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Har bir tur 
nafaqat bog‘lovchi vositalariga ko‘ra, balki ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar 
asosida ham o‘zaro farqli belgilarini namoyon qiladi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplar ham barcha gap turlari kabi sintaktik shakl va u orqali 
ifodalanuvchi mazmunning dialektik birligidan tashkil topgan butunlikdir. Bog‘langan 
qo‘shma gaplarda semantik birliklarning har bir o‘z moddiy shakliga ega bo‘lganda, 
shakl va mazmun birligi buzilmaydi. Masalan, «Bahor keldi va hamma yoq yashil 
libosga burkandi» gapida shakl va mazmun bir-biriga muvofiq. 
Shakl va mazmunning dialektik birligi ba’zan ziddiyatli bo‘lib, bu ziddiyat ularning 
bir-biriga nomuvofiqligi holatlarida yuzaga keladi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda 
shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ko‘pincha yashirin (implitsit) ifodalar orqali yuzaga 
keladi. Ma’lumki, gapda hamma fikr ham ochiq (eksplitsit tarzda) ifodalanavermaydi. 
Fikrni implitsit ifodalash asosida sintaktik shakl va uning mazmuni o‘rtasida ziddiyat 
yuzaga keladi. Masalan, «Gapirmoqchi edi, ammo tili og‘ziga tiqilib qoldi» gapida 
inkor xaraktyerda gi «U gapirmadi» axboroti ham ifodalanadi. Bu axborot ayni 
bog‘langan qo‘shma gapning ichki strukturasidan yashirin tarzda anglashiladi. Zidlov 
bog‘lovchili o‘ramning (-moqchi edi, ammo) presuppozitsiyaga ishorasi asosida tasdiq 
xarakteridagi gapda inkorni bildiruvchi axborot shakllanadi va bu holat bog‘langan 
qo‘shma gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Bog‘langan 
qo‘shma gaplarda yuzaga kelgan shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ularning noto‘g‘ri 
yoki chalkash tushunilishiga olib kelmaydi. So‘zlovchi va tinglovchilarning borliq 
haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari har qanday asimmetrik gapni, 
jumladan, bog‘langan qo‘shma gaplarni ham to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra simmetrik va 
asimmetrik gaplarga ajratish mumkin. Simmetrik gaplar shakl va mazmun birligini 
aks ettirsa, asimmetrik gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi. 
Xullas, bog‘langan qo‘shma gaplar qurilish qolipi, sintaktik tarkibi, qismlarini 
bog‘lovchi vositalari, ohangi jihatidan gapning boshqa turlaridan farqlanadi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra biriktiruv, zidlov, ayiruv va 
inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Bog‘langan qo‘shma 
gaplar shakl va mazmunning munosabatiga ko‘ra: simmetrik va asimmetrik gaplarga 
bo‘linadi. 

Download 275.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling