Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar reja
ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati
Download 275.37 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar.
ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati.
22 M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab, payt, chog‘ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Olima bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini ajratadi: a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; b) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; v) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; g) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. 23 Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, esa yordamchilari orqali bog‘lanadi. Va, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi. Qiyoslang: 1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.) 2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi (S.Ahm.) -da, -u (yu) yuklamalarining biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap tarkibida qo‘llanishida quyidagi holat kuzatiladi: 1. -da yuklamasi qo‘shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko‘ra tezroq bajarilishini ifodalaydi: Eshik g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab Darveshali kirdi. (O.) 2. -u(-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini, sababini, harakat yoki voqea- hodisaning to‘satdan, kutilmaganda va ketma-ket bajarilishini ko‘rsatadi: Shu payt to‘satdan ko‘cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo‘ja xaloslagancha kirib keldi. (A.Q.) Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqealar ifodalanadi, shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos, izoh, zidlik kabi ma’no munosabatlari ham shakllanadi. 24 Masalan: Uning gavdasi juda katta, tovushi bo‘lsa juda baland edi. (S.A.) Download 275.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling