Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar reja


Download 275.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi275.37 Kb.
#1112425
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu



Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar 
REJA: 
1. Bog‘langan qo‘shma gaplarning formal -sintaktik talqini. 
2. Bog‘langan qo‘shma gaplarning turlari: 
a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
b) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
v) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
g) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
3. Bog‘langan qo‘shma gaplarda shakl va mazmun munosabati. 
4. Xulosa. 
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng 
huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va 
grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin 
etiladi.
20
Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik 
tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz. 
Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, 
mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan 
tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, 
kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap 
bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma 
gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe 
bo‘lmaydi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik 
xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu 
qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi 
vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik 
ohangi yordamida bog‘lanadi. 
Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan 
qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni 


ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham 
mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan 
qo‘shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida 
tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov 
konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar 
hisoblanadi.
21
Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular 
qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash 
bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G‘.Abdurahmonov 
bog‘langan qo‘shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar 
asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) 

Download 275.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling