Mavzu: bojxona ishining shakllanishi va rivojlanishi tarixi
Download 0.58 Mb.
|
tақдимот tarixi 3-mavzu
Biroq, Yevropa davlatlarida bojxona markazlashuvi yana kup asrlar davom etda: Angliya bilan Shotlandiya o’rtasidagi bojxonalar 1707 yilda, Angliya bilan Irlandiya o’rtasidagi zastavalar esa faqat 1823 yilda yo’q qilindi. Frantsiyada bojxona birligi 1790 yilda vujudga keldi, Avstriya esa uz bojxona siyosatini 1775-1851 yillarda shakllantirdi. Italiyada bojxona jixatdan birlashishi esa 1842 yildan 1888 yilgacha davom etdi. Ichki davlat murakkabliklariga qaramay, savdogarlarning tashqi savdo aloqalari XV-XVIII asrlarda feodal Yevropa davlatlarining merkantilizm deb atalgan yangi iqtisodiy siyosatining asosiga aylandi.
XVI asrda Angliyada olib kiriladigan tovarlardan olinadigan boj 42 ming, olib chiqib ketiladigan tovarlardan olinadigan boj 185 ming funt sterlingni tashkil etar edi. XIII-XV asrlarda xududidan savdogarlarning karvonlari Yevropaga utadigan Misrda boj tovar qiymatining salkam 15 foizini tashkil etdi, XV asrda esa ular 35 foizga yetdi va undan oshdi. Imtiyozli tarif fakat savdogarlar Pizadan yetkazib beradigan temir va yogochga (qiymatining 10 foizi) belilangan. Keyinroq Xindistonga Afrikani aylanib o’tadigan dengiz yo’li ochilishi va portugaliyaliklar tomonidan Xurmuz va Adan dengiz portlari bosib olinishi tovarlarni Misr orqali olib o’tishga katta zarba berdi, bu umuman olganda mamlakat iqtisodiyotiga ta‘sir kursatdi, biroq bunda bojlarning xaddan ortiq ekanligi xam muayyan o’rin tutgandi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling