Mutaxassisning o’z ustida ishlashi quyidagilarda korinadi:
- kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish;
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
- ijobiy sifatlarni ozlashtirish;
Pedagogning quyidagi amaliy harakatlari mutaxassis sifatida uning oz ustida ishlashini ifodalaydi:
- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
- pedagogik jarayon samaradorligini, ozining ishchanlik faolligini oshirish;
- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni ozlashtirish;
- ilgor texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bolish;
- faoliyatiga fan-texnikaning songgi yangiliklarini samarali tadbiq etish;
- kasbiy konikma va malakalarini takomillashtirish;
- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash;
Pedagogning kasbiy kompetentlikni o’zida shakllantirishda o’zini-o’zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.O’zini-o’zi tahlil qilish orqali pedagog o’zini o’zi obektiv baholash imkoniyatiga ega boladi.
Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bolishida ularning o’z-o’zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.Mohiyatiga kora o’zini-ozi baholash subekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, oziga obektiv baho berish, o’zidan qoniqishni taminlaydi. Qolaversa, o’z-o’zini baholash shaxsning qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. O’z-o’zini baholash darajasi shaxsning o’z-o’zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o’z-o’zini baholash korsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O’zini-o’zi oshirib yoki pasaytirib korsatish o’z-o’zini baholash ko’rsatkichlarining noto’g’ri bolishiga olib keladi. O’z-o’zini rivojlantirish shaxsning o’zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo’lida aniq maqsad va puxta o’ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi.Bir qator tadqiqotlarda mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o’z-o’zini rivojlantirishida Individual rivojlanish dasturi qo’l kelishi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |