Mavzu: Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan kompetensiyaviy yondashuv mazmunini tahlil qilish. Mundarija: I. Kirish
Individual rivojlanish dasturi (IRD)
Download 1.49 Mb.
|
Kurs ishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogning individual rivojlanish dasturi
Individual rivojlanish dasturi (IRD) har bir shaxs yoki mutaxassisning ozida malum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur.
Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bolgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllan-tirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi. Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham ozi uchun shaxsiy-amaliy xarakterga ega Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yolga qoyishi zarur. Pedagogning individual rivojlanish dasturi mutaxassis sifatida pedagogning individual ravishda ozida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, bilim, konikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllan-tirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi. Pedagog tomonidan ishlab chiqiladigan individual rivojlanish dasturi quyidagi tarkibiy elementlardan tarkib topadi: - pedagogik bilimlar; - psixologik bilimlar; - mutaxassislik bilimlari; - didaktik malakalar; - tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakalari; - ruhiyatning kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlari va shaxsiy sifatlar; - o’z-o’zini rivojlantirish maqsadlari; - o’z-o’zini rivojlantirish uchun topshiriqlar. Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida yuzaga keladigan kuchli raqobatga bardoshli bolish ehtiyoji har bir mutaxassisni ozida kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Lug’aviy jihatdan qobiliyat, mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish manosini anglatuvchi kompetentlik negizida muayyan sifatlar namoyon boladi. Xususan, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida ijtimoiy, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion hamda kommunikativ), shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi sifatlar aks etadi. Bir qator, xususan, A.K.Markova hamda B.Nazarovalarning tadqiqotlarida pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib otilgan. Pedagogning kasbiy kompetentsiyasi pedagogik (oquv va tarbiya) jarayonni samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishini taminlaydi. Kasbiy kompetentsiyaga ega bolish uchun pedagog o’z-o’zini izchil rivojlantirib borishga etiborni qaratishi zarur. O’z-o’zini rivojlantirishda pedagogga individual rivojlanish dasturi qo’l keladi. Zero, ushbu dasturda pedagogda mavjud bo’lgan kompetentlik sifatlari va rivojlantirish zarur bolgan sifat, BKMni aniq, xolis ifodalash mumkin. XULOSA. Har bir bugungi kun pedagogidan talab qilinadigan xususiyatlari va kasbiy bilimdonligi va qobiliyati mezonlariga quyidagilar kiradi:bolalarni va kasbini chin dildan sevish, ijtimoiy, uslubiy va ixtisoslik bilimdonligi hamda bilish, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq, tashkilotchilik, obro’ orttira olish, to’g’ri muomala qila olish, kelajakni ko’ra bilish va diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari kiradi.Yuqoridagi xususiyatlarga ega pedagoglarni tayyorlash esa bugungi kun talabi va bunga erishish uchun bir qancha zamonaviy yondashuvlarga tayanilgan holda ishlar olib boriladi.Pedagoglarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tayyorlash, ular kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi o’zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etishi mumkin. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostguylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Uning bilimdonligi, faolligi, mehnatkashligi, kamtarligi, ma’naviyati va madaniyati, ma’rifatliligi o’quvchilari, bo’lajak kasb egalarining hurmat-ehtiromiga sazovor etadi. Bo’lajak pedagoglarni nazariy ko’nikmalar bilan birgalikda amaliy ishlash tajribalarini ham shakllantirib tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati katta ekanligini ko’rib chiqdik. Bugungi kunda kompetensiyaviy yondashuv oliy ta’lim muassasalarida ham mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning maqsadi sifatida kompetentlilikning belgilanishiga asoslanadi. Kompetentli yondashuv ta’lim oluvchilar tomonidan har xil hayotiy va kasbiy vaziyatlarda samarali harakat qilishga imkon beruvchi turli hildagi mahoratning o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi. Kasbiy kompetensiyani bir qancha turlari va har bir pedagogda shakllantirish usullari mavjud bo’lib mahoratli pedagoglarni tayyorlashda samarali natijalar beradi. Chunki kompetentlik talablariga javob bermaydigan har bir pedagogni qo‘shimcha mashg’ulotlarga yuborib, ta’lim muassasasi faoliyatiga asoslangan treninglar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, ya’ni pedagoglarni rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo‘lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir bo’ladi. Kompetensiyaning har bir turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Kasbiy kompetentlik bo`lajak o`qituvchi tomonidan alohida ko`nikma, malakalarning egallanishini emas, har bir mustaqil yo`nalishga ko`ra integrativ bilimlar va ko`nikmalarning o`zlashtirilishini nazarda tutadi. Kasbiy kompetentsiyaga ega bolish uchun pedagog o’z-o’zini izchil rivojlantirib borishga etiborni qaratishi zarur. Yetuk kasb egasi bo’lish ,raqobatbardosh kadr bo’lish,vataniga sidqidildan kasbi orqali, mehnatlari orqali hizmat qilish uchun bugungi kunda nafaqat pedagoglardan balki barcha soha mutahassislaridan talab qilinadigan asosiy narsa sifatli va samarali bilimga,tajribaga ega bo’lish,ertaga amaliyotda qiyinchiliklarni bartaraf eta olish uchun o’zida hozirdan zamin tayorlashdan iborat.Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonga hamnafas yashash uchun harakatdan to’xtamaslik ,hayotda o’z o’rniga ega bo’lish uchun tinmasdan o’qib izlanishdan to’xtamaslik lozim. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling