Mavzu: Bolalar nutqini oʻstirishda sintaktik ishlar Mundareja: Kirish


 Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari


Download 415.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana20.06.2023
Hajmi415.11 Kb.
#1634380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalar nutqini oʻstirishda sintaktik ishlar

2.2. Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari 
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj har doim muayyan vaziyatda yuzaga keladi. 
Nutqiy harakat muayyan maqsadda amalga oshiriladi, ya’ni so‘zlayotib, biz 
suhbatdoshimizga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishni ko‘zlaymiz. 
Nutqiy harakat alohida operatsiyalardan, eng avvalo biz istayotgan fikrni bera 
oladigan so‘zlarni tanlashdan iboratdir. Har qanday til so‘zlari minglab 
kombinatsiyalarga birlashishi mumkin va so‘zlovchi bu so‘zlarni mazkur fikrni, 
ya’ni fikr konstruksiyasini berish uchun bir-biri bilan bog‘lash, gap tuzish uchun 
zarur bo‘lgan grammatik elementlarni (qo‘shimcha, old qo‘shimcha, suffikslar) 
tanlash imkonini beradigan usulni topishi zarur. Fikr bildirish jarayoni kerakli 
tovushlarni va ularning birikmalarini talaffuz qilish, fikrlarni kerakli ohangda aytish 
bilan nihoyasiga etadi. 
Fikrni hosil qilish jarayonida ushbu operatsiyalar bir zumda amalga oshiriladi. 
Ammo ularni ham tahlil qilish, ham o‘qitish maqsadlarida ajratish zarur, chunki 
ulardan birini amalga oshirishni bilmaslik noto‘g‘ri fikr hosil qilishga yoki uni 
umuman hosil qila olmaslikka olib keladi. Nutqiy faoliyat motivlari va maqsadlari 
doimo nutqdan tashqarida yotadi; biron narsani aytish istagi, bundan ko‘zlangan 
maqsad odatda, biron-bir nutqiy faoliyat – o‘yinlar, ta’lim, mehnat va hokazolar 
doirasidagi muloqotlarda vujudga keladi. 
So‘zlar tartibini, ularning fikrdagi bog‘lanishini tanlashdan tashqari 
«grammatik mashqlar»ni ham bajarish lozim. Rus tilida iltimosni (buyruqni) 
ifodalash, harakatga undash uchun buyruq mayli f’elining maxsus shakli bo‘lmish – 
day foydalanidadi. Xushmuomalalik talablari mazkur fe’lni ko‘plik son shaklida 
qo‘llashni talab qiladi, buning uchun alohida grammatik element zarur – day – te. 
Hattoki, eng oddiy fikrni hosil qilish jarayoni ham murakkab va ko‘p 
bosqichlidir. Boshqa kishi bildirgan fikrni qabul qilish va tushunish jarayoni ham 
shu tarzda kechadi. Tinglash, tushunish va so‘zlash - aynan bir nutqiy faoliyatning 
uch turi bo‘lib, ular o‘xshash ichki psixologik tabiatga ega va aynan bir xil 
sharoitlarni talab qiladi. Fikrni hosil qilish ham va uni qabul qilish ham ichki nutq 
ishtirokida ro‘y beradi. So‘zlash va nutqni tushunish til tizimini, ya’ni mazkur til 


28 
muayyan til hodisalarini va borliq munosabatlarini beradigan usullar tizimini 
o‘zlashtirishni talab qiladi. 
Nutqiy ko‘nikmalarning muhim xususiyati shundaki, ular yangi, hali 
uchramagan til birliklariga oson ko‘chib o‘tadi. Bu «Til sezgisi» deb ataladigan va 
nutqda to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratib olish hamda nutqiy ko‘nikmalarni notanish 
materialda qo‘llash, uni darhol tahlil qilish, yangilikni til ko‘rinishlarining ma’lum 
bo‘lgan biron-bir toifasiga o‘tkazish (masalan, yangi so‘zning turini, uning sonini, 
fe’l turlarini aniqlash va boshq.) imkonini beruvchi hodisadir. 
Nutqiy muloqot til birliklarini fikrga aylantirishni nazarda tutadi. Nutqiy 
muloqotning doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyatlari bizni hali uchramagan iboralar 
hamda ularning kombinatsiyalari, majmualar, matnlarni yaratish va qabul qilish 
zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vaziyatning o‘zgarishi yangi fikrlarning paydo 
bo‘lishi, demak, uni til vositalari orqali ifodalashni talab qilishi bilan bog‘liqdir. 
Aynan muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda nutqiy qarorni topa olish 
qobiliyatini shakllantirish o‘zga tilni o‘rgatishdagi eng qiyin va ayni paytda zarur 
vazifadir.
Nutqiy faoliyatning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari yoshdan qat’iy 
nazar, chet tiliga o‘qitishning asosiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlarini tashkil 
qiladi. Bu – so‘z va harakat birligi, nutqni tushunish va uni hosil qilishdagi nutqiy 
malaka va ko‘nikmalarning tabaqalashuvi; operatsiyalar va harakatlarni bosqichma-
bosqich shakllantirish; yakka va jamoaviy topshiriqlarni navbatma-navbat berish, 
vaziyatlilik va ko‘rgazmaviylikka tayanish; motivlilik; maktabgacha yoshdagi 
bolalarga o‘zga tilni o‘qitish jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan o‘rganuvchining 
katta yoshli odamga – o‘rgatayotgan til egasiga bo‘lgan ijobiy munosabatidir. 
Nutqiy funksiyaning qayd etib o‘tilgan xususiyatlari bolalikda bolaning tilni 
qanchalik engil va oson o‘zlashtirishini belgilab beradi. 
Mamlakatimizda va chet el maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zga til 
sifatida rus tilini o‘qitish borasidagi tajribalari (F.R.Qodirova, 1989; 
R.M.Qodirova,1990; 
G.Jumasheva, 
1996; 
L.R.Mirjalolova, 
2002; 
N.SH.Nurmuhamedova, 2004; A.M.SHaxnorovich, 1993; E.YU.Protasova, 1996 va 


29 
boshq.) shuni ko‘rsatdiki, rus tilining bironta ham konstruksiyasi darhol va to‘liq 
o‘zlashtirilishi mumkin emas, bu amaliy malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-
bosqich egallashning uzoqqa cho‘ziladigan va murakkab jarayonidir: nutq oqimida 
konstruksiyani tanib olish va ushbu konstruksiyaga kiruvchi so‘zlar qo‘shilgan 
munosabatlarnigina tushunish; kerakli so‘z shakllarini hosil qila olish qobiliyati; 
masalan, mustaqil so‘zlarni (otlarni) olmoshlar bilan, savol bo‘lmagan so‘zlarni 
so‘roq so‘zlar bilan o‘rnini almashtirish orqali bu konstruksiyalarni o‘zgartira olish. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga boshqa tilni (rus, o‘zbek, ingliz va boshq.) o‘qitish 
jarayonini yosh xususiyatlarini, ta’limning psixologiya, pedagogikaga oid 
tamoyillarini hisobga olgan holda, qurish zarur. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, 
nutq mazmuni qiziqarli va mazmunli bo‘lishi, bolaning yosh imkoniyatlari, 
qiziqishlari va ehtiyojlari doirasiga mos kelishi lozim. Folklor asarlari, bolalar 
adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmunning yosh qiziqishlarini hisobga olgan 
holda tanlanishiga o‘ziga xos misol bo‘la oladi. 
Nutqiy faoliyatning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish 
maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni (rus, o‘zbek va boshq.) o‘qitish 
metodikasi uchun zarur bo‘lgan xulosalarni chiqarish imkonini beradi: 
- Ta’limning boshidan boshlab so‘zlash va tushunishning faol jarayoni sifatida 
bolalarning o‘rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatini shakllantirish zarur. 
Bu talab shuning uchunki, so‘zlash va tushunish bitta umumiy psixologik asosga – 
til qobiliyatiga ega (qisman bir-biriga mos keluvchi ichki jarayonlar). 
- Ta’lim metodikasi nutqiy harakat tamoyillariga asoslanmog‘i lozim. SHuni 
unutmaslik kerakki, har qanday nutq tovushlarini talaffuz qilish ham nutq 
bo‘lavermaydi (garchi bu yaxlit matnlar bo‘lsa ham). Bolaning o‘rganilayotgan tilda 
aytayotgan so‘zlari faqat bir qator shart-sharoitlarga rioya qilingan taqdirdagina 
nutqiy harakat natijasi bo‘ladi: o‘rganuvchida ichki motiv (nima uchun u buni 
aytishi kerak), maqsad (nima uchun buni aytish lozim, buni aytish natijasida nima 
ro‘y beradi), fikr (qaysi mazmunni so‘z bilan aytish kerak) bo‘lishi lozim. 
- O‘quv jarayonini shunday qurish lozimki, unda bola harakatlari ta’limning har bir 
daqiqasida haqiqatdan ham nutqiy bo‘lsin. 


30 
- Metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitish natijasida bolalarda o‘rganilayotgan til 
materialida ularsiz har qanday, hattoki eng oddiy fikrni ham tuzishning (so‘zlarni 
tanlash, ularni o‘zgartirish, konstruksiyani tanlash, «grammatik majburiyatlar»ga 
rioya qilish, ushbu grammatik majburiyatlarga muvofiq holda so‘zlarni o‘zgartirish 
va boshq.) imkoni bo‘lmagan nutqiy ko‘nikmalar shakllantirilishi mumkin. 
Nutqiy ko‘nikma faqat yangi, bola hali uchramagan so‘zlar va nutqiy vaziyatlarga 
ko‘chirilgan taqdirdagina shakllantirilgan, deb hisoblanishi mumkin. 
O‘zga tilni o‘qitishning maktabgacha davrida o‘rganilayotgan tilda muloqot 
qilishning dastlabki ko‘nikmalari, nutqiy vaziyatda yo‘nalish topa olish ko‘nikmasi, 
ushbu vaziyat asosida mazmuni va nutqiy ifodalanishi jihatdan eng oddiy fikrni 
yaratish ko‘nikmalari hosil qilinishi darkor. Aks holda, ta’lim tayyor ibora va 
dialoglarni qotib qolgan va shuning uchun sun’iy bo‘lgan vaziyatlarda yod olishdan 
iborat bo‘lib qoladi va bunda bola o‘rganilayotgan tilda real muloqot qilish 
sharoitlarida ilojsiz bo‘lib qoladi. 
F.R.Qodirova tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda nutqli vazifalar qo‘yilgan 
ijodiy o‘yinli mashqlar asosida bolalarning o‘zga (rus, o‘zbek) tilni bilish darajasi 
keltirilgan. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (katta guruh) bilan uchta leksik 
mavzu, ya’ni: «O‘yinchoqlar», «Hayvonlar» (uy va yovvoyi hayvonlar), «Gullar» 
(jami 7 ta mashq) bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi. 6 yoshdan 7 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar (maktabga tayyorlash guruhi) bilan quyidagi uchta leksik mavzu, 
ya’ni «Bizning uyimiz», «Bayramlar va dam olish», «Yil fasllari» mavzulari 
bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi.
Bolalar nutqini tadqiq etish chog‘ida maktabgacha yoshda so‘z ustida 
ishlashni bolalar nutqi tuzilmasini rivojlantirishning muhim sharti, deb 
hisoblaydigan O.S.Ushakova va E.M.Strunina (semantik metod) metodikalaridan 
foydalanildi. Mazkur ish ular tomonidan boshqa nutqiy vazifalarni hal etish bilan 
o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. So‘zni erkin egallash, uning mazmunini 
tushunish, so‘zni qo‘llashning aniqligi grammatik tuzumni, tovushli nutqni 
o‘zlashtirishning, shuningdek, ravon fikrni mustaqil tuza olish qobiliyatini 
rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi.


31 

Download 415.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling