Mavzu: Bolalar nutqini oʻstirishda sintaktik ishlar Mundareja: Kirish


Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo’lakli sodda gap tuzish


Download 415.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi415.11 Kb.
#1634380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalar nutqini oʻstirishda sintaktik ishlar

6. Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo’lakli sodda gap tuzish. Masalan, 
«Bahorda qaldirg’ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar 
ham uchib ketadi» gaplaridan uyushiq bo’lakli «Bahorda qaldirg’ochlar va 
laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi» gapi tuziladi. 
Ijodiy mashqlarda o’quvchilar o’zlari erkin ravishda gap tuzadilar.
Boshlang’ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o’quvchilar shu mavzuga mos gap 
tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi. 
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o’quvchilar rasm asosida bir yoki bir 
necha gap tuzadilar. 
3. Ikki-uchta «tayanch» so’z beriladi, o’quvchilar shu so’zlarni qatnashtirib 
gap tuzadilar. Tayanch so’z sifatida bolalarning faol lug’atiga aylantirish zarur 
bo’lgan so’zlar olinadi. 


12 
1.2. Maktabgacha ta’limda nutq o'stirish nazariyasi va metodikasining 
maqsadi vazifalari 
Nutq o’stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha 
ta'limda nutq o’stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija 
beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog, ota-
onalarni nutq o’stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng qulay 
usullardan foydalanish, nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish samaradorligini 
oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir. 
Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki 
nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala 
qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z 
boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini 
gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, 
asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi. Shuningdek, nutqning 
ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik 
shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni 
eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, 
obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga 
nutqiy jihatdan tayyorlaydi. 
Bu vazifalarni bajarishda nutq o’stirish metodikasi o’zining usulolohik asosi bolgan 
pedagogika fani yutuqlariga, g’oyaviy-nazariy asosi bo'lgan milliy g’oya va milliy 
mafko'ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanadi. 
Shuningdek, nutq o’stirish metodikasi maktabgacha ta'limda nutq o’stirishni tashkil 
etishda ilg’or pedagoglarning amaliy tajribalari, tajriba-sinov natijalari, ilmiy- usulik 
adabiyotlarda tavsiya etilgan fikr- muloqazalarga asoslanadi natijada yaxshi 
vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur talqin etadi, eng maqbo'lini 
ta'limga joriy etadi.
1
Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari 
quyidagilardan 
iborat
1

1
S.Nabiyeva. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi. O’quv dasturi. Qo'qon 2001-yil. 


13 
Bolalar boglanishli nutqini o’stirish. 
Bolalar lug’atini boyitish. 
Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so’zlarning gapda o’zaro birikishi va gap hosil qilish 
uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar, qo'shimcgalardan foydalanishni o’rgatish. 
Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini 
to’g’ri talaffuz qilish, ovoz-oqangni tushunish, nutqiy nafas olishni to’g’ri bajarishni 
shakllantirish. 
Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga 
nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik nutqini o’stirish, hikoya tuzishga o’rgatish. 
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o'rganish, 
kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar 
xususiyati, nutqini ajrata bilishga o’rgatish. 
Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining mazmuni 
quyidagilardan iborat. 
Nutq o’stirish metodikasining maqsad vazifalari. Nutq o’stirish 
metodikasining fan sifatida taraqqiy etishi, pedagogik fan ekanligi. 
Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o’stirish metodikasi. 
Bolalar so’z boyligini oshirish metodikasi. 
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini grammatik jihatdan to’g’ri shakllantirish 
metodikasi. 
Maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish 
metodikasi. 
Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi. 
Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlar metodikasi. 
Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. 
Nutq o’stirishning asosiy vazifalarini aniqlash, uning mazmunini to'liq belgilash, 
nutq o’stirish ishlarini tashkil etishni yengillashtiradi, bolalar nutqini o’stirishning 
samarali bo’lishini ta'minlaydi, chunki cginakam oqilona ta'lim bola ongini ham, 
xulqini ham o’zgartiradi. Birinchi Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Ta'lim-
tarbiya ong mahsuli, ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni 
barpo etib bo'lmaydi” 


14 
Chunki bugungi xalqaro hayot, jamiyat taraqqiyotida har qanday salbiy faoliyat va 
muammolarni bartaraf etishda intellektual saloqiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or 
texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, “Kuch-bilim va 
tafakkurda” (I. A. Karimov). 
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishga doir barcha ishlar biz orzu 
etgan barkamol avlodni, komil insonni shakllantirishga qaratilishi lozim. 
Nutq-bu tilni ishga solish jarayonidir. Subyektning nutqiy faoliyati ichki 
vositasi va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi. Nutq 
bu psixik xodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharaoitlarida 
rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. Utildan farqli 
ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoy mulki hodisasidir 
.Ravon nutq- bu kishilarning muloqotini va o’zaro bir birlarini tushunishlarini 
ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan 
ajratib bo`lmaydi: ravon nutq – bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy 
fikrlash, o`zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to`g`ri ifodalash 
qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o`zgartirish 
murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo`lib, u bolaning atrofdagilar 
bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog`liq bo`ladi. Maktabgacha 
yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shaklllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk 
yoshdan boshlab asta sekin ro`y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yeti yilida 
atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo`lishi va uni 
rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon 
nutq muhim ahamiyatga ega bo`lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: 
individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. 
Til millatning noyob xazinasi bo`lib, doimo og`zaki va yozma holda,
namoyon bo`lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so`zlayotgan kim bo`lishidan qat’i
nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq
jarayonida ochiladi. Nutq bo`lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga
chiqmay qolaveradi. So`z va g`azal sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini


15 
shunday izohlaydi. “Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq 
noma’qul bo`lib chiqsa tilning manfaatidir”. 
Demak, til qanchalik zo`r bo`lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat 
qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan. Agar til o’q 
bo’lsa, nutq kamondir. O’qning qudrati, kamonning qudratiga bo’g’liq. 
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki 
insonni boshqa jonzodlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, 
inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali 
ro’yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilishi vositasi bo’luvchi 
qudratli quroldir. 
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks 
ettiradi, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga egadir: 

Download 415.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling