Mavzu: Bolalarda enurez


Differentsial tashxislash


Download 1.91 Mb.
bet3/5
Sana21.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1792419
1   2   3   4   5

Differentsial tashxislash

  • Tashxis qo’yishda poliuriya yoki shoshilinch peshob chiqarishga olib keladigan neyrogen siydik pufagi yoki boshqa kasalliklarni istisno qilish kerak (masalan, siydik yo’llari o’tkir infektsiyasi, davolanmagan qandli diabet yoki qandsiz diabet), shuningdek dorilarning nojo’ya ta’siri (masalan, antipsixotik dorilar, diuretiklar) shunga o’xshash reaktsiyaga olib kelishi mumkin.

Davolash

  • Hozirgi davrda aholi o’rtasida siydik tuta olmaslik davolanishni talab etmaydi degan nuqtai nazar keng tarqalgan. Bunday holda bemorga faqat ba’zi bir texnikalarga rioya qilish tavsiya etiladi. Masalan, ma’lum bir soatlarda peshob chiqarish, suyuqlik qabulini kamaytirish, kofein va diuretik ta’sir ko’rsatadigan boshqa mahsulotlardan saqlanish va sabrli bo’lish. Natijada, 7 yoshli bolalar orasida kasallikning tarqalganligi 5-10% ni tashkil qiladi.
  • Shu bilan birga, enurez nisbatan yaxshi sifatli holatdir. O’z-o’zidan shifo topish chastotasi u yoki bu choralar ko’rilishidan qat’iy nazar yiliga 15% ni tashkil qiladi. Ammo, yetti yoshgacha bo’lgan bolalarning yuztadan yettitasida bu kasallik saqlanib qoladi.

Enurez stressni keltirib chiqaradi, bu esa bolaga katta psixologik yuk tushiradi va uning o’ziga bo’lgan bahosini pasaytiradi, shuning uchun 6-7 va undan katta yoshdan boshlab davolanish kursini o’tash tavsiya etiladi.

Kasallikni davolashda dori vositalari

  • Medikamentoz davo odatda vrach tomonidan buyurilib, quyidagi dorilardan foydalaniladi: • Gormonlar: Adiuretin SD (Desmopressin) – enurez gormonal yetishmovchilik xisobiga rivojlanganda, ya’ni vazopressin ajralishi pasayganda buyurilib, tomchi yoki aerozol xolida bo‘ladi. Ushbu preparat bilan bir necha oy davomida davolanib, psixoterapiya bilan birgalikda olib boriladi. • Psixostimulyatorlar: Mezokarb (Sidnokarb) – tanadagi silliq muskul to‘qimalari, shu jumladan siydik pufagining umumiy tonusiga ta’sir etadi. • Kofein. • Antidepressantlar: Imipramin, Amitriptilin. • Adrenomimetiklar: Efedrin. Uning ta’siri psixostimullovchi effekti bilan tushuntiriladi.
  • To‘g‘ri davolash natijasida qisqa vaqt ichida 30% bolalarda enurez to‘liq yo‘qoladi, qolganlarida esa keskin kamayadi.
  • Boshqa usullari Delfinoterapiya – psixoterapiyaning bir turi bo‘lib, delfinlar bilan muloqot qilish natijasida enurez yo‘qoladi. Gipnoterapiya – ishontirish usuli orqali klassik va erikson gipnozi qo‘llaniladi. Fitoterapiya – tinchlantiruvchi sedativ dorivor giyoxlar: yalpiz, varleriana, pustirnik va boshqalar. Kontrast dush – fizik ta’sir o‘tkazish maqsadida ertalab kontrast dush qabul qilinadi. Ignabargli daraxtlar vannasi. Oiladagi munosabatlarni yaxshilash, bolalarning ruxiy va maktabdagi muammolarini xal qilish.
  • Boladagi enurezga jiddiy qarash talab etiladi. Oxirigacha yekazilmagan davo kursi kasallikning qaytalanishiga sabab bo‘ladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling