Mavzu: bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
Download 323.1 Kb.
|
BOLALARDA FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
Vaqtni chamalash. Bolalarni soatlarning turlari va ularning to’zilishi
(strelkalari, tsifrblati) bilan tanishtirish. Vaqtning eng kichik birliklari soniya va dakika haqida tushuncha berish. Yarim soatgacha aniqlikdagi vaqtni belgilashga urgatish. Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha kanday sana bulganligini, ertaga kanday sana bulishini aytishga urgatish. Xdfta kunlari va yil fasllari izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashq qildirish. O’rta guruhda tarbiyachi bolalarning faol lugatlarida sutka qismlarining nomlarini mustahkamlaydi, bolalarning vaqtning bu orqaliqlari haqidagi tasavvurlarini chukurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar e’tiborlarini sutka qismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar har doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kundo’zi bilan almashiiishini, kundo’zi kechkurun bilan, kechkurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka qismlarining ketma- ketligini oilishlarini mustahkamlash uchun rasmlarni qarashni, ular bo’yicha xikoyalar tuzishni tashkil kilish maqsadga muvofiq. Rasmlarqarabbulinganidan keyin, bolalarga ularni stollarga tugri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirigini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka so’zining mazmunini ochib berish mumkin. O’rta guruhda bolalar “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarini farqlashni o’rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan har doim foydalanish buning uchun eng Yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi o’yinchoqni ko’rsatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o’yinchoq ko’rsatishi va ular shu o’yinchoqni o’ynashlari haqida ogohlantirishi kerak. Yoki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashg’ul bulganliklarini, bugun ertalab nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr qildik, bugun esa parkka boramiz” va hk. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan har doim shunday muloqotda bulib, bu tushunchalarni o’zlashtiradilar. Konkret misollarda “tez-sekin” tushunchalari bilan tanishadilar. Download 323.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling