Mavzu: bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
Download 323.1 Kb.
|
BOLALARDA FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
Vaqtni chamalash. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chukurlashtirish: “Ertalab”, “Kechkurun”, “Kundo’z”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so’zlardan tugri foydalanish ko’nikmasini mustahkamlash.Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga urgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bulganligini, bugun qanaka kun, ertaga qaysi kun bulishini aniqlashni urgatish.Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chukurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini tugri ketma-ketlikda aytishga urgatish.Katta guruhda asosiy e’tibor haftadagi o’zgarishni, yil fasllarining harakterli xususiyatlarini ongli o’zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha
qaysi kun bulgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga qaysi kun bulitttini, haftadagi kunlar sonini, ularning tartibini aytishni o’rganadilar. Bundan tashkari, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini) o’zlarining bu vaqtdagi uyinlarni, odamlarning tabiatdagi mehnatlarini aniqlaydilar.Ma’lumki, bolalar hafta kunlarini bir tekisda o’zlashtirmaydilar. Ular yakshanba, shanba va dushanbani eng yaxshi eslab koladilar.Yakshanba - xursandchiliklar bo’ladigan kun, yaqinlar bilan, ya’ni ota- ona, buvi va boshqalar bilan birga bo’ladigan kun. Bu kun yana shunisi bilan ham gayrioddiy kunki, ba’zida bola xayotining odatdagi tartibi o’zgaradi: buvisining uyida tushlik qilish, mehmonlar kelishi, teatrga borish va h. k. SHu sababli bolalarni hafta tushunchasi bilan tanishtirishni haftaning hamma kunlarini o’zlashtirishdan emas, balki kecha qaysi kun bulganini, ertaga qaysi kun bulishini aniqlashdan boshlash ma’kul.”Bunda tarbiyachi oldin haftaning yakshanba, dushanba kunlarini, sso’ngra esa, asta-sekin haftaning boshqa kunlarini urgatishni nazarda tutadi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini aytibgina qolmay, balki ularga oid elementar tavsifnomalar berishlari muhimdir.Masalan, tarbiyachi mashg’ulot davomida ushbularni suraydi: “Kecha qaysi kun edi?” “Ertaga qaysi kun bo’ladi?” Agar bolalar haftaning kunlarini aytishda kiynalishsa, tarbiyachining o’zi aytadi. U yakshanba dam olish kuni ekanini aytadi. Shu kuni hamma dam oladn. Bolalar bogchaga borishmaydi. Yakshanbadan keyin dushanba deb ataluvchi kun keladi. Bu dam olish kunidan keyin bolalar bogchaga, kattalar ishga boradigan birinchi kun va x.k. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni haftaning kunlari bilan ketma-ket tanishtiradi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab kolishlari uchun, ularning e’tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi boglanishga qaratish kerak. Masalan, chorshanba - haftaningo’rtasi, payshanba-haftaning turtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va hk.Bolalar hafta qismlarini farqdash va aytishni o’rganib olganlaridan keyin, kunning hamma nomlarini ketma-ket o’zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada hammasi bulib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini, ular haftada nechta ekanligini suraydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va hk. Download 323.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling