Mavzu: Bolalarni vaqtni chamalashga o‘rgatish vazifalari, bolalarni sutka qismlarini farqlashga ularning tartibini aniqlashga o‘rgatish
Kichik guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish
Download 0.95 Mb.
|
Bolalarni vaqtni chamalashga o‘rgatish vazifalari, bolalarni sutka qismlarini farqlashga ularning tartibini aniqlashga o‘rgatish
Kichik guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish. Son-sanoq. Bolalarga alohida predmetlardan guruh hosil qilishni (barcha qizil, barcha sariq, barcha yumaloq va boshqa predmetlarni guruhlash), guruhdan bir predmetni ajratishni, “ko‘p”, “bitta”ni farqlashni, xonada qaysi predmetlar ko‘p, qaysi bittaligini, “bittadan”, “bitta ham” iboralarini tushunishni o‘rgatish.
To‘plam tarkibiga kiruvchi predmetlarning miqdoriga ko‘ra guruhlarning tengligi va teng emasligini farqlash, bir predmetni ikkinchisining ustiga yoki ostiga qo‘yib taqqoslashni o‘rgatish. “Ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” kabi so‘zlarni tushunish va nutqda o‘z o‘rnida qo‘llashni, “qancha?” so‘rog‘ining ma’nosini tushunishni o‘rgatish. Kichik guruhdagi singari o'rta gumhda ham vaqtni bilish asosan bolalarning kundalik hayotida o'stirib boriladi. Muhimi, bu o‘rgatishning puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir. Pcdagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kcchqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog'lab, bolalarning sulka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi. Bolalarning sutka haqidagi tasawurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o'tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog'chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, bolalar bog'chasida ertalab, kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishlarini so'raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayotganliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. Suhbat oxirida ertalab, kunduzi, kechqurun va tun — bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi. «Bugun», «ertaga», «kecha» kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalar ulami o'zlashtirishlari qiyin. Shuning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so'zlari- dan ko‘proq foydalanish va bolalami bu so'zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga: «Biz qachon rasm chizdik? Biz bugun (kecha) nimani ko'rdik? Ertaga qayerga boramiz?» savollari bilan murojaat qilib turishi lozim. Tez, sekin so‘zlarining ma’nosi aniq misollar bilan ochib beriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'yin davomida ular bajar- magan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi («Poyezd sekin yurayapti, keyin borgan sari tezroq va tezroq yura boshladi»). Bolalarni soatlarning turlari va ularning tuzilishi (strelkalari, tsifrblati) bilan tanishtirish. Vaktning eng kichik birliklari soniya va dakika xakida tushuncha berish. Yarim soatgacha aniklikdagi vaktni belgilashga urgatish. Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha kanday sana bulganligini, ertaga kanday sana bulishini aytishga urgatish. Xdfta kunlari va yil fasllari izchilligi xakidagi bilimlarni mustaxkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashk kildirish. O‘rta guruhda tarbiyachi bolalarning faol lugatlarida sutka kismlarining nomlarini mustaxkamlaydi, bolalarning vaktning bu oraliklari xakidagi tasavvurlarini chukurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar e’tiborlarini sutka kismlarining almashinishi ketma-ketligiga karatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar xar doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bilan almashiiishini, kunduzi kechkurun bilan, kechkurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka kismlarining ketma- ketligini oilishlarini mustaxkamlash uchun rasmlarni qarashni, ular buyicha xikoyalar tuzishni tashkil kilish maksadga muvofik. Rasmlar karab bulinganidan keyin, bolalarga ularni stollarga tugri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning kismlarini tartibi bilan aytish topshirigini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashklar asosida sutka xakidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka suzining mazmunini ochib berish mumkin. Urta guruhda bolalar “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarini farklashni urganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan xar doim foydalanish buning uchun eng Yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi o’yinchoqni kursatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o’yinchoq kursatishi va ular shu o’yinchoqni uynashlari xakida ogoxlantirishi kerak. Yoki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashgul bulganliklarini, bugun ertalab nima kilganliklarini eslashni taklif kiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr kildik, bugun esa parkka boramiz” va xk. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan xar doim shunday mulokotda bulib, bu tushunchalarni uzlashtiradilar. Konkret misollarda “tez-sekin” tushunchalari bilan tanishadilar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling