Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Download 1.34 Mb.
|
Bolalar nutqini o'stirish Ma'ruzalar matni S.S.Avezov, M.B.Sharipova, Sh.Sh.Nizomova, N.N.Hamroyeva (Buxoro 2019-2020)
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999 R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993 R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006. Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma Il-jarayon (IV semestr) 1-mavzu: Bolalarda o„qishga, yozishga va ularning mavzusiga qiziqish uyg„otish Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi Tayanch tushuncha va iboralar: maktabgacha ta’lim muassasasi, yozish ko’nikmalarini shakllantirish, til va tafakkur, muomala, nutq etiketi. Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina emas, balki madaniy hayotida ham o’z aksini topmoqda. Ma’lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o’rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib borishdir. „Bola , — degan edi K.D.Ushinskiy , — ilk yoshlik chog'idayoq xalq madaniyati elementlarini o‘zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yo'li bilan o ‘rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog‘chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur. Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bolmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi. Bog'chada ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim oiishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hai qilishda ona tili asosiy o‘rin egaliaydi. Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o‘zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish ... demakdir— deb ta’kidlab o‘tgan edi Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. O’zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og‘zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. O‘zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko‘ra ikki adabiy tilga ajratish mumkin : eski o‘bek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek adabiy tili. Eski o ‘zbck adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi dcmokrat shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tildab yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va lining tili taraqqiyot tarixini o ig an i sh uchun manba bolishi bilan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos boigan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili eski o‘zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o‘zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir. Bolalar bog'chasi bolalarni har tomonlama, ya’ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o’z oldiga qo‘ygan. Bu maqsad esa bolalarga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og‘zaki nutqni o‘stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi. Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o ‘sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bolmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo’ladi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g'ri gapirishga (so'zlashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni awa l tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi. Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs sifatida kamol topmaydi. Demak, tarbiyachi bar doim shuni csda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir.
Til jamiyat hayotida katta roi o‘ynasa-da, u ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. Nutq bilan til o ‘zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa boglashlaridir. Har bir kishining o‘z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni bir necha tilda ifodalash mumkin. Til ijtimoiy hodisa bo’lganligi uchun ham u kishi^arda mustaqil holda mavjud boladi. Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa boglashi jarayonida viijudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog‘langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish. Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‘ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so‘zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so‘z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o‘sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o ‘z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o‘ziga qarata aytilgan nutqni, so‘zlar ma’nosini tushuna boshlaydi. Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so‘zlar va so‘z shakllarini o‘zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi o ‘zaro bog'liqlik haqidagi tasavvurlarini kcngaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi. Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‘z—bu mumkin, mumkin emas hamda buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi. — Mumkin emas! Qo’ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap, qo’lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to‘xtatadi. Yoki kitobni yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo‘lidan kitobni olayotgan onaning qat’iy ravishda:—^Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan“ deb aytadi,— dcgan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi. Tartibli, intizomli bolish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bo’lib, undagi harakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bolib hisoblanadi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya’ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bog'liq bo’lgan jarayondir. Shuning uchun hamfikrning realligi tilda namoyon boladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo'ladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish. Bolalar bog'chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya beristida eng asosiy vazifalardan biri bolaJarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga. muomalaga o’rgatishdir. Nutq o‘stirish uslubiyoti pedagogik fan bo‘lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi. Nutq o‘stirish uslubiyoti fanining asosiy vazifasi— nutq o‘stirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali vositalarini ilmiy-pedagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar bog‘ch alari tarbiyachilarini ular bilan ta’minlashdan iboratdir. Tarbiyachilar esa o‘zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy nutqiy malaka va ko‘nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar. Nutq o’stirish uslubiyotining maqsadi bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’lish malakasini shakllantirishdan iborat. Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyot^ar kabi quyidagi savollarga javob beradi:
nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak); qanday o’rgatish kerak (bolalar nutqini shakilantirishda qanday sharoit. qaysi usul va uslubiyotlardan foydalanish kerak); nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif etilayotgan usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan). Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirishda nimalarga e’tibor berish lozim. Nutq o’stirishda oila vakillarining o’rni Nutqni rivojlantirish ishlari vazifalari. Nutqni rivojlantirish uchun taklif etayotgan usullaringiz, uni nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslay olasiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999 R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993 R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006. Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma mavzu: Bolalarni turli faoliyat yo'nalishlarida savodga o'rgatishga tayyorlash Reja: Bolalarni turli faoliyat yo'nalishlarida savodga o'rgatishga tayyorlashning ahamiyati O„rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish Tayanch tushuncha va iboralar: nutq tovush madanayati, nutqning grammatik tomoni, monologik va diologik matn turlari. Nutq o‘stirish uslubiyoti vazifasi o‘z ichiga bir qancha maxsus xususiy vazifalarni ham qamrab olgan. Jumladan, bolalar bog‘chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi maxsus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi: Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish,boyitish. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Hikoya qilishga o ‘rgatish (monologik nutqni shakllantirish). Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarni boshlang‘ich savodga tayyorlash. Ushbu vazifalar ba r bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha taqsimlangan: Birinchi va ikkinchi kichik guruhga Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'atini boyitish. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Ushbu guruhda hikoya qilishga (monolog nutqqa) o‘rgatish bo’yicha boshlang‘ich ma iumo t bcrish bclgilangan. Kichik guruh bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, uning savollariga javob bera olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok ctishi bilan birga, avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab, uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim. O‘rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak: Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug‘atini boyitish. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Hikoya qilishga ( monolog nutq) o ‘rgatish. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Maktabga tayyorlov guruhida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Hikoya qilishga o ‘rgatish (monolog nutqni shakllantirish). Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarni savod o ‘rgatishga tayyorlash. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish,lug'atini boyitish. Lug‘at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h.k.lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, harakterlarini so‘zlar bilan aytamiz. Masalan, buyumlarning nomini anglatadigan: ko‘zgu, taroq,sovun, tish va kiyim cho'tkalari, palos, gilam, javon, karavot,xontaxta; sabzavotlarning nomini anglatadigan: sabzi, karam , sholg‘om, bodlring, baqlajon; o‘simliklar: daraxt, gui, o‘t va boshqalar; mevalar: olma, nok, olcha, gilos, olxo'ri va hokazolar; uy hayvonlari: xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo'y, eshak; ularning bolalarining nomini bildiruvchi: jo 'ja , toychoq, buzoq, qo'zichoq, uloqcha, xo'tik; harakatlarni ifodalovchi: yuvinmoq, artmoq, pishirmoq, tayyorlamoq, k ir yuvnioq, dazmollamoq, ekmoq va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi: katta, kichik, qizil,sariq, ko‘k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq vahokazo so'zlar bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ja ra y o nida bolalar lug'atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi. Bolalar bog’chasida lug’at bilan ishlash dasturi mavjud bo’lib, tarbiyachi bolalarga atrofdagilar bilan tez nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan so’zlarni tanlab, maxsus usul va uslubiyot yordamida ular nutqiga kiritib boradi. Bolalarni so’zlarning ma ’nosini tushunishga o ‘rgatibgina qolmay, balki bu so'zlarni o’z nutqlarida faol ishlatishga ham odatlantirib boradi. Shuningdek, tarbiyachi bola lugkatining qo’pol so‘zlardan xoli bo‘lishiga. shevaga oid (mahalliy) so'zlarni adabiv tildagi so‘zlar bilan almashtirishga e’tibor berishi kcrak. Nutqning grammatik tomonini shaklantirish. Lug‘at tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda so’zlarning o'zgarishi va ularning o‘zaro bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (so‘z yasovchi, so‘z o'zgartiruvchi) belgilaydi. Bola atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi. Eshitganining ma’nosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini egallaydi, modelini bilib oladi. Bola ona tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o‘zlashtirsa, u aqliy jihatdan shunchalik tez rivojlanadi. Agarda bolalarda nutqning grammatik tomoni noto‘g’ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi. Shuning uchun tarbiyachi grammatikaning (morfologiya va sintaksis) turli shakllarini o ‘zlashtirishga yordam beruvchi didaktik o kyin va mashqlarni tashkil etadi. Masalan, kelishik qo‘shimchasini o ‘zlashtirish uchun „Top-chi, men qayerda bo‘ldim?” (kata guruhda); ikkinchi darajali gap bolaklarini o ‘zlashtirish uchun „Men boshlayman, sen esa oxiriga yetkaz!", otning kelishiklar bilan turlanishini o‘zlashtirishda „Top-chi, nima yetishmaydi?— , fe'l zamonlarini o‘zlashtirish uchun „Siz nima qilishni xohlaysiz?— va hokazolar. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, ya’ni tovushlami to’g’ri talaffuz etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o ‘zbek tilining fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, so’zlarda urg'uni to‘gkri ishlatishga o‘rganib oladi, ona tilining intonatsion tomonini o ‘zlashtiradi hamda so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, bola atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bolayotganda samimiy ohangda, burro va aniq gapirishga o ‘rgatiladi. Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash, kelgusi hayotida, ya’ni maktabda, o'quv yurtlarida ta’lim olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat o nasida o‘z fikrlarini to‘liq va tushunarli qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish,boyitish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar tizimi Nutqning grammatik tomonini shakllantirish metodlari Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash usullari So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish metodlari Hikoya qilishga o ‘rgatish usullari Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarni boshlang‘ich savodga tayyorlash. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999 R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993 R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006. Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma mavzu: Bolalarda yozish, o'qish ko'nikmalarini shakllantirish uchun zarur bo'lgan vaziyatlar Reja: Bog’langan nutq o’qish va yozish ko’nikmalarini shakllantirishdagi o’rni Muntazam nutqni shakllantirish bo’yicha ishlar Tayanch tushunchalar va iboralar: yozish va o’qish ko’nikmalari, nutq malakalari, bog’langan nutq, fikr mantiqiyligi, ijodiy fikrlash, monologik, diologik. Farzandlar o'sib ulg'ayganlarida, ota-onalar o'zlarining ijodiy salohiyatini, g'oyalarini, mantiqiy fikrlarini rivojlanishidan xavotirga tushishadi va ba'zan izchil nutqni rivojlantirish kabi juda muhim tafsilotni sog'inishadi. Ko'pincha ota- onalar, bolalarni kuzatib turganda, o'z fikrlarini izchil ravishda ifoda etishni o'rganishadi. Lekin bunday emas, bolaga o'z nutqida mantiqiy aloqalarni o'rnatish uchun yordam berish kerak. Buni amalga oshirish uchun, ushbu maqolada tasvirlangan mashqlar ko'p. Qanday nutq bilan bog'liq? Bog'langan nutq - bu bolaning fikrlarini aniq, izchil va keraksiz tafsilotlarga berilmasdan ifoda etish qobiliyatidir. Bog'langan nutqning asosiy turlari monolog va suhbatdir. Suhbatda, jumlalar intonatsiyalar va shovqinlar bilan to'ldiriladi. Muloqotda sizning savollaringizni tezkor va aniq shakllantirish va suhbatdoshingiz bergan savollarga javob berish muhimdir. Monologning bir turi bo'yicha, bola mo'tadil ravishda, hissiy jihatdan gapirish kerak va ayni paytda fikrlarni tafsilotlarga berilmasdan diqqat qilish kerak. Maktabgacha tarbiyachilarda izchil nutqni shakllantirish Muntazam nutqni rivojlantirish usuli nafaqat bolaning o'z fikrlarini mantiqiy taqdimotida o'qitishni, balki uning so'zlashuvini to'ldirishni ham o'z ichiga oladi. Ishonchli nutqni rivojlantirishning asosiy vositalari quyidagilardan iborat: ertaklar; tarbiyaviy o'yinlar; dramatizatsiyalashgan o'yinlar. Farzandlar bilan mashg'ulotlarda o'zingizning yoshingiz va qiziqishlaringiz uchun mos keladigan asboblardan foydalanishingiz yoki ularni birlashtira olasiz. Tegishli nutqni rivojlantirish o'yinlari - Ayting-chi, qaysi biri? Bolaga ob'ekt yoki o'yinchoq ko'rsatiladi va uni tasvirlash kerak. Masalan: to'p katta, kauchuk qizil, yorug'lik; bodring - uzoq, yashil, baquvvat. Agar bola hali ham kichik bo'lsa va ob'ektni o'z-o'zidan tasvirlay olmasa, u yordamga muhtoj. Ota-onalar birinchi marta mavzuni o'zlari tasvirlab berishlari mumkin. "O'yinchoqni ta'riflash" Asta-sekin ob'ektlarning yangi xususiyatlarini qo'shish va ularni kengaytirish orqali mashqlarni murakkablashtirishi mumkin. Bolada hayvonlarning bir nechta o'yinchoqlarini qo'yish va ularni tasvirlashdan oldin. Tulki o'rmonda yashovchi hayvondir. Tulkiga qizil soch va uzun quyruq kiradi. U boshqa kichik hayvonlarni iste'mol qiladi. Qovoq - bu kichik bir hayvondir. Sabzi sevadi. Qovoqning uzun quloqlari va juda kichik dumlari bor. ”Kimni toping?” Agar o'yinchoqni yoki narsasini orqa tomondan yashirib qo'ysa, ona uni bolaga ma'lum qiladi. Tavsifga ko'ra, bola qanday mavzuda ekanligini aniqlashi kerak. "Solishtirish” Bolada hayvonlarni, chaqaloqlarni yoki mashinalarni bir nechta o'yinchoqlar qo'yish kerak. Shundan so'ng, ularni taqqoslash vazifasi beriladi. Masalan: oyi baland ovozda o'sib chiqadi, sichqon esa nozik ovozga ega. svetaning qo'g'irchog'i qizil sochli, Masha ning qo'g'irchoqi esa jingalak; yuk mashinasida katta g'ildiraklar bor va mashina kichikroq. Ovozlarni avtomatlashtirish uchun mashxur so'zlar Agar bolada hali ham alohida ovozlar eshitilmasa, bolalarning izchil nutqini o'rgatish doirasida siz tovushlarni avtomatlashtirishga jalb qilishingiz mumkin. Ushbu mashq davrida, avvalgi holatda, materiyani oddiydan murakkabgacha o'rganishdir. Boladan kerakli ovozni avtomatlashtirishdan oldin uni boshqalardan ajratib olishni to'g'ri bilib olish kerak. Bu mashq qilishning mashq qilishiga yordam beradi. Shuni esda tutish kerakki, o'sha sinfda bolani bir-biriga o'xshash yoki bir guruhga o'xshash tovushlarni eshitishga o'rgatish mumkin emas. "Qo'ng'iroq" Tasvirli kartalar bolaga ko'rsatiladi. Rasmda ob'ekt yoki hayvon bo'lishi kerak, unda avtomatlashtirilgan ovoz mavjud. Agar bola tovushni to'g'ri talaffuz qilsa, keyingi karta unga ko'rsatiladi va agar noto'g'ri bo'lsa, kattalar qo'ng'iroqni ijro qiladi. "Watch" Bolaga vaqtning o'qida ko'rsatilgandek, avtomatik tarzda ovoz chiqaradigan so'zni aytish vazifasi beriladi. Muntazam nutqda bir mavzuni birlashtirgan va bitta semantik butunlikni tashkil etuvchi bir- biriga o'xshash yoki juda ko'p izchil o'zaro bog'langan jumlalardan iborat batafsil bayonotni tushunib oling. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling