Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Tayanch tushunchalar va iboralar: Ta'lim - tarbiya jarayoni, tehsil, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, diologik va monologik matn, bahs-munozara metodi


Download 1.34 Mb.
bet25/25
Sana21.05.2020
Hajmi1.34 Mb.
#108564
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Bolalar nutqini o'stirish Ma'ruzalar matni S.S.Avezov, M.B.Sharipova, Sh.Sh.Nizomova, N.N.Hamroyeva (Buxoro 2019-2020)


Tayanch tushunchalar va iboralar: Ta'lim - tarbiya jarayoni, tehsil, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, diologik va monologik matn, bahs-munozara metodi.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishda qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallagan bilim ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Interfaol metodlarni qo’llashdan maqsad: - pedagogik faoliyat (Ta'lim - tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirish; - o'qituvchi va tahsil oluvchi o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirish; - Tahsil oluvchilar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha puxta bilimlarni - egallanishini ta'minlash; -Tahsil oluvchilarda mustaqil erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish; - Tahsil oluvchilarning o'z imkoniyatlarini royobga chiqara olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish; Interfaol metodlardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo'llanilayotgan interfaol metodlardan foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda tahsil oluvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim - tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida kata tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar -interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.

Interfaol metod texnologiyasining mohiyati tahsil oluvchilarningustivorligiga tayanib va darsda erkin bahs - munozara sharoitini yaxshilashdan iboratdir. Bu metodga ko'ra darslar bir necha bosqichga bo'linadi.

  1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda tahsil oluvchilarni faollashtirish, shuningdek mazmun mohiyatiga kirib borish uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko'zda tutiladi.

  2. Fikriy hujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo'llanilishi mumkin. Bu bosqichda muammo tahsil oluvchilarga aqliy hujum yo'li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali olinadi.

  3. Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o'qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to'ldiriladi.

  4. Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo'linadi. Har bir guruh topshiriq bo'yicha o'z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma'lum qiladi.

Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlarsh bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab yo'lga qo'yilishi mumkin. Tahsil oluvchilarni guruhlarga bo'lib ishlash uchun qo'yidagi talablarga amal qilish zarur:

  1. Guruhlarga ajratish o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

  2. Har bir guruhga rahbar tayinlanadi.

  3. Har bir guruhdagi tahsil oluvchilar bilim darajasining teng bo'lishiga erishish kerak.

  4. Guruh doira shaklida o'tirishi lozim.

  5. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g'oyalariga e'tibor beriladi.

Dars jarayonida guruh a'zolarini almashtirib borish ham mumkin. Quyidagi

ta'lim jarayonida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.

Fikriy hujum metodi.

Mazkur metod tahsil oluvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni engishga o'rgatish uchun xizmat qiladi.

Fikriy hujum” metodi. A. F. Ojborin tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulot (Baxs) ning har bir ishtirokchisi tomonidan



o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutloqo taqiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad tahsil oluvchilarning mashg'ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqqiyatli

foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi.

6X6X6” METODI



Ushbu metod yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar tahsil oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali muayyan topshiriq yoki masalani hal etishmshuningdek guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin.

6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotda har birida 6 nafardanishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o'qituvchi oltita guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi oltita guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangi shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.



  1. O'qituvchi mashg'ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofida 6 tadan stul qo'yib chiqadi.

  2. Tahsil oluvchilar o'qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo'linadilar. Tahsil oluvchilarni guruhlarda bo'lishda o'qituvchi quyidagicha yo'l tutishi mumkin: 6 ta stolning har birida muayyan ob'ekt (masalan, kema, to'lqin, baliq, delfin, kit, akula)

sur'ati chizilgan lavhani qo'yib chiqadi. Mashg'ulot ishtirokchilariga kema, to'lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchadan birini olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o'zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo'yilgan stuldan joy egallaydi.

  1. Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so'ng o'qituvchi mashg'ulot mavzusini e'lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma'lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.

  2. O'qituvchi guruhlarning faoliyatini ko'zatib boradi, kerakli o'rinlarda guruh a'zolariga maslahatlar beradi. Yo'l - yo'riqlar ko'rsatadi hamda guruhlar tomonidan

berilgan topshiriqlarning to'g'ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so'ng, guruhlardan munozaralarni yakunlashni so'raydi.

  1. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o'qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi oltita guruhning har biridan bir nafar vakil bo'lishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Tahsil oluvchilar o'z o'rinlarini almashtirib olishganlaridan so'ng belgilangan vaqt ichida guruh a'zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi

xususida guruhdoshlariga so'zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvaliga guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriqlar echimlari) ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.

Aqliy hujum” metodi



Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llanadigan metod sanalib, u mashg'ulot ishtirokchilarini muammoxususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o'z tasavvurlari va g'oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko'nikma va malakalarni hosil qilishga rag'batlantiriladi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg'ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni toppish imkoniyati tug'iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlanadi.






13A-i!ova




Interfaol metodlar










О ‘ rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish metodlari

Yangi materialni anglash metodlari

0‘rganilganlarini Bkrlashga imkon beruvchi metodlar

Erkin yozish.

Юaster.

Aqliy hujum.

B-B-B chizmasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi. Semantik xususiyatlar tahlili.

Semantik xususiyatlar tahlili. B-B-B chizmasi.

0‘qitish bo‘yicha qo‘llanma. Bir-biriga o‘rgatish. Bir-biridan so‘rash.

Ikki qismli kundaliklar.

Eng asosiy tushunchalar



Eng asosiy tushunchalar, takrorlash.

T-chizma.

Konseptual jadval.

Venn diagrammasi. Nilufar guli.

Besh minutlik esse.

0‘n minutlik esse.







«Qoraxfuti» metodi

Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta'lim
metodlari tasnifi:

Yangi bilimlarni egallash metodlari; *Ko‘nikma va malakalarni shakliantirish metodlari;



  • Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari;

  • Bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.

® O' quvchilarni 6ta guruhga bo' lamiz. Наг birguruhga bittadan topshiriq beramiz. Qaysi guruh topshiriqni aniq va to' gri bajarsa u guruhdan bir kishi o' qituvchi vazifasini bajaradi. “o' qituvchi”har bir guruhga berilgan so' zlarga o' ntadan misol yozishni buyiradi. Bu jarayon o'qituvchi tomonidan ham sinchkovlik bilan kuzatib boriladi.








An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim
metodlari tasnifl


Og‘zaki

Ko‘rgazmali

Amaliy

Kitob

bilan

ishlash

Hikoya

Illyustratsiya

Mashq

0‘qish

Suhbat

Dcmonstratsiya

Amaliy

0‘rganish

Tushuntirish




Laboratoriya

Rcja

Ma’ruza




Didaklik

tuzish

Munozara




o‘yin

Konspekt

qilish


Videometod


Ko‘rish, 0‘rganish, Nazorat qiUsh




Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. An’anaviy ta’lim metodlari

  2. Og’zaki va yozma usullar

  3. Ko’rgazmali metodlar

  4. Amaliy tasnif metodlar

  5. Videometod turlari va olish borish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999



  1. R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 56 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.

  2. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993

  3. R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.

  4. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.

  5. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.

  6. Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv

qollanma

1S.Nabiyeva. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi. O’quv dasturi. Qo'qon 2001-yil.

2 I. Karimov «Barkamol avlod orzusi» T.1999.

3Ушинский К.Д. Избранные педагогические ссчинения. Т., М., 1974, 148-бет.


4Уша жсйда, 149-бет.

5Соссюр Ф.Курс общей лингвистики. М., 1933, 38-бет.

6Щерба Л.В. О трояком аспекте языковых явлений и об эксперименте в языкознании. Языковая система и речевая деятельность. Л., 364.

7Леонтьев А.А. Слово в речевой деятельности. М., 1965.

8Kontaminatsiya (lotincha Contaminatio - to qnashish, o’rnini almashtirish; matn usuli, bir asarning turli tahrirdagi qismlarini birlashtirish), BSE, 622-bet, 4- nashri, M., 1987.


9Kontaminatsiya (lotincha Contaminatio - to’qnashish, o’rnini almashtirish; matn usuli, bir asarning turli tahrirdagi qismlarini birlashtirish), BSE, 622-bet, 4- nashri, M., 1987.


10Ушинский К.Д. Избранные педаготинеские ссчинения. Т., М., 1974, 148-бет.

11 -Уша жсйда, 149-бет.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling