Mavzu: Bosh bo`laklar 108 110 mashqlar
Download 217.63 Kb.
|
2 5269340361502755227
I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, navbatchining axboroti. Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. Uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash. O`tilgan mavzular yuasidan savol-javob o`tkazish. 1.Matn nima? U nimalardan tuziladi? 2.Gap nima? Gap nimalardan tuziladi? 3.So`zlar nimalarni bildiradi? Ular qanday so`roqlarga javob bo`ladi? 4.Kim? nima? so`roqlari qayday so`zlarga beriladi? 5. Qanday? qanaqa/?so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar nimani ifodalaydi? Misollar yozing? 6. Nima qildi? Nima qiliyapti? Nima qiladi? Nima qilmoqchi? So`roqlari qanday so`zlarga beriladi? Ш. Yangi mavzuning bayoni: 111 – mashq.Rasmni diqqat bilan kuzating va 3 – 4 gapli matn tuzing. Ega, kesimning tagiga chizing. — Jo'ja nima dedi? (Qoch, o'rtoqjon, mushuk yetib keladi.) — O'rdak nima qildi? (O'rdak alpon-talpon qochdi.) — Mushuk nima qildi? (Quvladi.) — O'rdak-chi? (O'rdak o'zini suvga otdi.) — Mushuk-chi? (Ko'l bo'yida qotib qoldi.) IV. Yangi mavuni mustahkamlash; 112-mashq. So`zlarni o`qing va ulardan gaplar tuzing. Topshiriq: Tuzgan gaplaringizni yozing. Tekshiring. Bosh bo`laklarga so`roq bering. Ularni yonma-yon yozing. V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi. VI.Uyga vazifa. 113- mashq. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi”O`TIBDO`: _______________________ Sana_________________ 3 Mavzu: Bosh bo`laklar 114 - 116 - mashqlar Darsning maqsadi: ta`limiy: Kesim va ega gapning bosh bo‘laklari, ularning so‘roqlari, gapning bosh bo‘laklarini aniqlash va tegishlicha belgilash haqida bilim berish. Tarbiyaviy: barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madaniyatini o'rgatish; o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. O`quv jarayoniga oid kompetensiya : TK-2: manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish; televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish; TK-3: rasmli kitoblar, jurnallarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; TK-5: o‘zi yashab turgan joyning tarixiy obidalarini bilish; san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish; FK-1: rasmlar yordamida ijodiy matn yarata oladi, matndagi gaplarni mazmunan o‘zaro bog‘lay oladi, xatboshiga, imlo qoidalariga amal qiladi, tabriknoma, qisqa xatlar yoza oladi. FK-2: bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi; mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. Darsning metodi : aqliy hujum, suhbat, savol-javob, ta’limiy o‘yini. Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, ona tili darsligi Darsning borishi.
Download 217.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling