Mavzu: Bosh bo`laklar 108 110 mashqlar
Download 217.63 Kb.
|
2 5269340361502755227
I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, navbatchining axboroti. Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. O'tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan mashq o'qitiladi . Uy vazifasi tekshirilayotganda doim o'quvchilarga "Qaysi so'zda yoki shu so'zning qayerida imlo xato qilib qo'yish mumkin?" degan savol berish, o'sha so'zning imlosi ustida ishlash lozim. O'quvchilarga quyidagi savollar beriladi: — Ega deb nimaga aytiladi? — Kesim deb nimaga aytiladi? — Ega va kesim gapning qanday bo'lagi? — Ular birgalikda gapning nimasini bildiradi? O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini quyidagicha umumlashtiradl: Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan bo'lak ega deb ataladi. Gapdagi ega haqida nima deyilganini bildirgan bo'lak kesim deyiladi. Ega bilan kesim gapning bosh bo'laklaridir. Ular birgalikda gapning asosiy mazmunini bildiradi. Ш. Yangi mavzuning bayoni: 117-mashq. Matinni o`qish. O`quvchilarga gaplarning kesimini topish aytiladi. Nonushta uchun dasturxonga qand, asal, qaymoq qo`yildi. Lekin hamma dasturxon atrofida jimgina o`tiribdi. Chunki dasturxondagi narsalarni “harakatga” soladigan non ko`rinmaydi. Onam tandirdan so`lqildoq nonlarni uzdilar. Singlim savatdagi bug`i chiqib turgan nonlardan otamga uzatdi. Otam nonni sindirdilar. Hammamiz nonushta qilishga kirishdik. Shunda hech narsa nonni o`rnini bosolmasligini his qildik. Ha non – aziz ne’mat. Topshiriq: Aniqlangan kesimlarga avval so‘roq bering, keyin so‘rog‘ini kesim bilan yonma-yon yozing. Namuna: nima qildi? — uzatdi. nima qildi? — qo`yildi. Nima qildilar − sindirdilar. nima qilmaydi –ko`rinmaydi 118-mashq. Matnni o‘qish. O`quvchilarga har bir gapdagi bosh bo‘laklar — ega bilan kesimni aniqlash buyuriladi. har bir gapning asosini aniqlash va yozing.. Qish yog'ingarchilik bilan o‘tdi. Tog`larda qor ko‘p to'plandi. Quyosh havoni mo'tadil isityapti. Kanal va ariqlardan suv to'lib oqayotir. Dehqonlar poliz va sabzavot ekinlaridan mo‘l hosil yetishtiradilar. Paxtakorlar esa katta xirmon ko'taradilar. IV.Darsni mustahkamlash; — Ega va kesim gapning qanday bo'lagi? — Ega deb nimaga aytiladi? — Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi? — Kesim deb nimaga aytiladi? V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi. Download 217.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling