Мавзу: Бошланғич синфларда морфологик тушунчаларни шакллантириш


So‘z turkumlarini mustahkamlash mashqlari tajribalari


Download 155.5 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi155.5 Kb.
#1513835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf onatili va o`qish savodxonligi darslaridalarda so‘z turkumlarining leksik va gramatik manolarin ustida ishlash

4. So‘z turkumlarini mustahkamlash mashqlari tajribalari.
Ona tili darsligidagi mustahkamlash ustida ishlashdagi asosiy yakuniy bosqichlar bo‘lib, o‘quvchilarning nutqiy va imloviy malakalarini shakllantirish fikrlash darajasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Mustahkamlash mashqlari og‘zaki va yozma yo‘nalishda bo‘lib darsdagi sharoitni hisobga olgan holda bir-biri bilan almashinib biri ikkinchisini to‘ldirib turadi.
Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturi mazmuni bo‘yicha mustahkamlovchi mashqlar quyidagicha :
1)fonetik grafik tushunchalarni mustahkamlovchi mashqlar
a) so‘zni bo‘g‘in harf va tovush tomonidan tahlil qilish.
b) so‘zdagi unli va undoshlarni belgilash.
v) so‘zdagi jarangli va jarangsiz undoshlarni belgilash.
g) so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish mashqlari.
d) so‘zdagi urg‘uli bo‘g‘inni belgilash mashqlari.

  1. So‘z tarkibi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash mashshqlari.

A) o‘zak haqidaig tushunchalarni mustahkamlash
-so‘zlarning o‘zagini belgilash,
-berilgan gaplardagi o‘zakdosh so‘zlarni belgilash,
-berilgan o‘zakka qo‘shimchalar qo‘shib o‘zakdosh so‘zlar to‘plamini tuzish.
-nuqtalar o‘rniga mos o‘zakdoshlarni qo‘yib matnni ko‘chirish.
B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar haqidagi tushunchalarni mustahkamlovchi mashqlar.
-matndagi so‘z yasovchilarni belgilash,
-nuqtalar o‘rniga mos yasovchilarni belgilash,
bir o‘zakka bir necha so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘yib so‘zlar yasash, yasalgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish.
V) so‘z o‘zgaruvchi qo‘shimchalar haqidagi tushunchalarning mustahkamlovchi mashqlar.
-matndagi so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarning belgilash, ( ustiga belgisini qo‘yish, boshqa rang bilan yozish, kvadrat yoki doira ichiga olish);
-nuqtalar o‘rniga mos so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qo‘yib matnni ko‘chirish.
-so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchali so‘zni tarkibiy qismlarga ajratish;
-so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchali so‘zni o‘zi bog‘lagan so‘z bilan birga ko‘chirish;
3) grammatik tushunchalarni mustahkamlovchi mashqlar so‘z turkumlari har bir so‘z turkumining turli grammatik belgilari, gap, gap bo‘laklari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash mashqlarining mazmuni va tizimi xilma – hildir. Bunday mashqlarni o‘tkazishda o‘qituvchi quyidagi tamoillarga amal qilishi lozim.
A) og‘zaki va yozma mashqlarni navbatma-navbat, bir – birini to‘ldirish yo‘nalishida o‘tkazish;
B) mashqlar shartlardagi topshiriqlarni sodda
shakldan murakkabroq shaklida rivojlanib borishiga e'tibor berish.
V) mashq ustida ishlashda vazifani bajarish shartini namunali ko‘rsatib berish;
G) mashqni bajarishda o‘qituvchilarni mustaqil ishlash faoliyatini ta'minlash;
D) mashqlar turli variantlarida, o‘yin shaklidagi ko‘rinishlaridan unumli foydalanib borish;
ye) mashqlarni bajarish davomida o‘quvchilarning nutqiy va imloviy xotolarni bartaraf etib borish;
J) mashqlar to‘da bajarilishiga erishishi;
Z) mashqlarning diktant, bayon insho shaklidagi turlaridan unumli foydalanish;
M) bajarilgan mashqlar sifatini o‘z vaqtida tekshirish va baholash.
Grammatik tushunchalarni mustahkamlovchi mashqlar tizimi nihoyatda keng. Ana shularning biri – “ot” so‘z turkumi ( 3-sinf) ni mustahkamlovchi mashqlar tartibini ko‘rib chiqamiz;
-matndagi ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni belgilash ( ostiga chizish, boshqa rangda yozish, ustiga so‘rog‘ini qo‘yish kabi):
-shaxs va narsalarni bildirgan otlarni turlar bo‘yicha guruhlarga ko‘chirish yoki mustaqil ravishda topish ( shaharlar, kasb egalari, meva, sabzavot, kiyim, idish, qushlar kabilarning nomlarini aytish;
-nuqta yoki chiziqlar o‘rniga mos otlarni qo‘yib, matnni ko‘chirish;
-aralash berilgan turli narsalarning otlarini guruhlarga ajratib yozish;
-aralash berilgan turli narsalarning otlarini guruhlarga ajratib yozish;
-berilgan so‘roqlar o‘rniga mos otlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chirish;
-berilgan otlar ishtirokida gaplar tuzish;
-saylanma, topshiriqli, ijodiy diktantlar yozish;
-bayon va insholar yozish.
Grammatik mashqlar “ ot yasovchi qo‘shimchalar”, “otlarda birlik va ko‘plik”, otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanish “otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanish” va boshqa so‘z turkumlarini, shuningdek, sintaktik tushunchalarni mustahkamlashda ham yuqoridagi kabi muayyan tizimi “belgilash – o‘rniga qo‘yish – gap tizimi qolishida o‘tkaziladi.
Shunga e'tibor berish lozimki mashqlar avval darslik asosida, so‘ngra turli qo‘shimcha didaktik vositalar yordamida o‘tkaziladi.

  1. orfografik tushunchalarni mustahkamlovchi mashqlar.

Orfografik tushunchalar fonetik va grammatik tushunchalar asosda shakllanadi. Shuning uchun imloviy mashqlar fonetik grammatik tushunchalar asosida shakllanadi. Shuning uchun imloviy mashqlar fonetik grammatik tushunchalarni mustahkamlash izdan olib boriladi. Masalan, 4- sinfda “ O‘tgan zamon fe'li va uning tuslanishi” mavzusi bo‘yicha dastlabki grammatik tushunchalar darslikdagi to‘rtta ( 311-314) mashq, shuningdek, tarqatma varaqlar, ta'limiy diktantlar yordamida mustahkamlagach o‘tgan zamon fe'li qo‘shimchasi –di ning jarangsiz undoshlardan so‘ng-ti tarzda aylanish ammo-di yozilishi – orfografik tushuncha mustahkamlanishi shart. Shuningdek, - gan qo‘shimchasining ayrim hollarda - kan aytib – gan yozish k, q undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda – kan, - qan yozish bo‘yicha ham bir qator mashqlar ustida talab etiladi. 4-sinf “ona tili” darsligi da asosiy orfografik mashqlar 5 ta 315-319–mashqlar berilgan. Bu mashqlarning shartlarida fe'llarning aytilishi va yozilishiga diqqat qilish, fe'llarni topib. Zamonni aytish, berilgan fe'llarga – gan qo‘shimchasini qo‘shib tuslab yozish, nuqtalar o‘rniga qavs ichida berilgan qo‘shimchalardan mosini qo‘shib gaplarning ko‘chish, o‘tgan zamon fe'llarini topib, ularning shaxs-sonini izohli kabi topshiriqlar berilgan. Lekin tariba va o‘quvchilarning yozma ishlaridan ko‘rinib turibdiki, juda ko‘p o‘quvchilar o‘tgan zamon fe'li qo‘shimchasini xato yozmoqdalar. Shuning uchun darslikdagi mashqlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi tizimda imloviy mashqlarni o‘tkazish – di qo‘shimchasini ongli ravishda to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirishga yordam beradi:
1) Har bir jarangsiz undosh bilan tugagan fe'l o‘zaklariga o‘tgan zamon fe'li qo‘shimchasini qo‘shish mashqlari:
p; top, chop, tep, sep – topdi, chopdi. tepdi, sepdi...
t; o‘t, ot, ket, sot, kut,- o‘tdi, otdi, ketdi, sotdi...
s; os, kes, es, to‘s, qus, osdi, kesdi, esdi, tusdi,qusdi...
ch; och, ich, uch, o‘ch, kech-ochdi, ichdi, uchdi, o‘chdi, kechdi...
sh; osh, esh, tesh, quli, tush-oshdi, eshdi, teshdi, qo‘shdi, tushdi...
2) yuqorida berilgan fe'llarni tuslab, ular ishtirokida gap tuzish mashqlari;
3) aytilishi va yozilishida farq qilgan fe'llarni belgilash mashqlari;
4) ko‘ruv ta'kidiy, izohli diktantlar o‘tkazish;
5) o‘tgan zamon fe'li ishtirok etgan bayon va insholar ustida ishlash.
Tinish belgilari haqidagi tushunchalarni mustahkamlovchi, shuningdek, nutqiy malakalarini shakllantiruvchi mashqlar ham muayyan tizimda o‘tkaziladi.
Narsa belgisini bildirgan so‘zlar.

Download 155.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling