Мавзу: Бошланғич синфларда морфологик тушунчаларни шакллантириш


Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlari ustida ishlash


Download 155.5 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi155.5 Kb.
#1513835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf onatili va o`qish savodxonligi darslaridalarda so‘z turkumlarining leksik va gramatik manolarin ustida ishlash

3.Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlari ustida ishlash.
So‘z turkumlari ustida idshlash jarayoni uzoq davom etadigan davrni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarda, avvalo narsa va shaxsni bildiradigan aniq otlar, fe'llar, sifatlar, shu jumladan mavhum so‘z turkumlari yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirish lozim so‘ngra so‘z turkumlariga xos turli grammatik kategoriyalar ustida ishla o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish olib boriladi. Biz bu bobni ana shu ikki yo‘nalishda olib boriladigan jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarga boshladik.
So‘z turkumlari ustida ishlash tajribalari.
Dars mavzusi: Ot so‘z turkumi.
Darsning maqsadi: a) O‘quvchilarga ot so‘z turkumi haqida tushuncha berish, to‘g‘ri va chiroyli yozuvga o‘rgatish; b) O‘quvchilarning ahloqiy sifatlarini oshirish; v) Ularning bilimini o‘stirish, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish, ko‘rsatmalik.
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning jihozi: darslik, ko‘rsatmali qurol, tarqatma varaqalar.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, ularni dasrga tayyorgarligini tekshirib, kirish suhbati o‘tkazaman. So‘ng darslik va daftarlarini, sinf jihozlarini tekshiraman.
O‘tilgan mavzuni so‘rash va baholash. O‘quvchilardan o‘tilgan mavzuni “so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar” haqida so‘rayman. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar qaysilar? Ularning vazifalari nima? so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar yangi so‘z yasaydimi?
Uy vazifalarini so‘rab, tarqatma varaqalar berib savollarga javob bering. Daftarlarini yig‘ishtirib olaman va tekshiraman.
Yangi mavzuni bayon qilish. O‘quvchilar e'tiborini dasrga jalb qilib, ot so‘z turkumi haqida tushuncha berish. Narsa va shaxsni bildirib kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar ot deyiladi. Stol, chaqmoq kabi so‘zlar otlardir.
Shaxslarni, ularning kasbini bildirgan otalr kim? So‘rog‘ida jaovb bo‘ladi. Shaxslardan boshqa narsalarni ( narsalarni, hayvonlarni, turli hodisalarni) bildirgan otlar nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Shaxslar: kim? Cho‘pon, bo‘yoqchi, duradgor.
O‘simlik: nima? paxta, bug‘doy, makkajo‘xori.
Hayvonlar: nima? sigir, qo‘y, ot, echki.
Qushlar: nima? chumchuq, sa'va, bulbul..
Ish qurollari nima? chanda, tesha, arra.
Nima? Kim?
Quyosh chiqdi. Ishchi zavodga ketdi.
So‘ngra kichik diktant o‘tkazish. Traktor haydashga qattiq qiziqib qoldi. Maktabdan chiqaman –u dalaga chopaman. Oxiri traktorchilar tayyorlaydigan o‘qishga kirdim. Oyim bilan dadamni bir amallab ko‘ndirdim.
Darslikdagi 176-178 mashqlarni bajaramiz. Doskaga o‘quvchilarni chiqarib gap yozib otni aniqlaymiz.
Nima? Nima?
Quyosh chiqdi. Tovuq qo‘noqdan tushdi.
Kim? Kim?
Dehqon dalada ishlayapti. Bobom ko‘chat ekdi.
Kim? Nima?
Sharif maktabda boradi. Qo‘y qo‘zi yayloda o‘tlaydi.
Ta'limiy o‘qish o‘tkazish: ikki guruhda bo‘lingan o‘quvchilar nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlar bir ustunda kim? So‘rog‘iga javob bo‘lgan ( so‘zlardan) otlardan iborat.
Kim? Nima?
Cho‘pon, Chanda
Bo‘yoqchi sa'va
O‘qituvchi paxta
Ishchi bug‘doy

Maqolni davom ettirib yozing.


Nodondan aql... (kutma)
Kiradigan eshigingni qattiq...(yopma)
Kaldan taroq...(so‘rama)
Daryo bo‘yida quduq...(qazima)
Mustahkamlash.
Darsda savollarga javob berib faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman. O‘quvchilarni daftarlarini tekshirib tozaligi va yozuvini nazorat qilib tekshiraman.
Uyga vazifa. Ot so‘z turkumini o‘rganish 180-mashqni bajarish.

Download 155.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling