Predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi: - faqatgina “o‘rgatish?” savoliga javob bermay, balki u muhim qo‘shimchalar qiladi - «samarali natija olish uchun qanday o‘rgatish va qanday optimal o‘quv jarayonini tashkillashtirish?»;
- aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki aniq vazifalarga tayangan xolda aniq pedagogik g‘oya asosida loyihalashtiriladi;
- natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;
- bilim olishda, ta’lim beruvchiga yo‘naltirilgan, darsning metodik ishlanmalaridan farqli o‘larok, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan holda yutuqlarni ta’minlaydi va ta’lim oluvchilarga yo‘naltiradi.
- Pedagog-texnologiyaning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:
- tajriba o‘tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi;
- ma’lum muddatda va talab bo‘yicha quyilgan maqsadni amalga oshirishda shubha tug‘dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta’lim modeliga tayanadi;
- ta’lim maqsadi qo‘yilgandan so‘ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so‘ng, taxmin qilingan o‘quv natijalari shakllangandan so‘ng va ta’lim jarayonining ketishi bo‘yicha qo‘yilgan talablardan so‘nggina harakatni boshlashi mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni mazmuni quyidagi yo‘nalishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan:
Pedagogik texnologiya aspekti
Ilmiy
( ilmiy asoslanadi)
Tavsifiy
( metod, vosita, shakllardan foydalanish jarayoni ishlab chiqiladi)
Amaliy
(amalga oshiriladi)
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin: Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |