Mavzu; Boshlang'ich sinf matematika ta'limida ta'lim tamoyillaridan foydalanish metodikasi Mundarija Kirish Reja; I bob. Boshlang'ich sinf matematika ta'limida
Pedagogik tajriba – sinov maqsadi va vazifalari
Download 50.26 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf matematika ta\'limida ta\'lim tamoyillaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2009-yilda tajriba-sinov jarayonining birinchi bosqichida
2.2.Pedagogik tajriba – sinov maqsadi va vazifalari
Bir necha bosqichda o‘tkazilgan pedagogik tajriba – sinov jarayonida biz quyidagi asosiy vazifalarni belgilab oldik: Interfaol metodlari asosida boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishining sifatini o‘rganish va tahlil qilish. Interfaol metodlarni amalga oshiruvchi usul va vositalar hamda metodlarni aprobatsiya qilish asosida tushunchalarni shakllantirishning integrativ (yaxlit) natijalariga erishish. Interfaol metodlarni amalga oshirishni osonlashtirishga imkoniyat yaratadigan, o‘quvchilarning boshlang‘ich sinfdagi matematika darslarini samarali o‘zlashtirishni shakllantiradigan o‘quv mashg‘ulotlarining tashkiliy shakli tizimini bir yo‘nalishga to‘g‘rilash. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarini mukammal o‘zlashtirishda, bilim va tafakkurlarini shaklantirishda, o‘rganilayotgan o‘quv predmeti sifatini oshirishda, interfaol metodlarini foydalanishini amalga oshirishning ta‘sirini kuchaytirish. 2009-yilda tajriba-sinov jarayonining birinchi bosqichida boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlaridan foydalanishni kuchaytirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi. Olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari, falsafiy, psixologik, pedagogik muammolar yoritilgan ilmiy asarlar o‘rganildi va tahlil etildi. Birinchi bosqich jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlarining mazmuniga mos uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Shu davr ichida tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha Toshkent shahar Hamza tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 270 nafar o‘quvchi, 11 ta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida maxsus anketalar asosida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Unda boshlang‘ich sinf matematika darslarini interfaol metodlar asosida shakllantirish haqidagi ilmiy tushunchalarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi sifat va samaradorligini o‘rganish va tahlil qilish vazifasi qo‘yildi. Mazkur muammoni hal etish o‘rganilayotgan faoliyatni mantiqiy jihatdan tahlil etish nuqtai nazaridan amalga oshirildi. Mazkur bosqichda olib borilgan tadqiqot natijalarining chuqur tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik: Boshlang‘ich sinf amaliyotida o‘qituvchilar o‘quvchilarga dars mavzusi mazmunini rivojlantirishda asosan ta‘limning zamonaviy interfaol metodlaridan foydalanadilar. Dars jarayonida berilayotga bilimlarning asosiy mazmuni, o‘zlashtirilayotgan bilimlarga qo‘yilgan ma‘lum qonuniyatlardan chiqmagan holda o‘quvchilar uchun tayyor qilinib taqdim etiladi. Mazkur bosqichda falsafa, psixologiya va pedagogika, shuningdek boshlang‘ich sinflar amaliyotiga oid ilmiy adabiyotlar o‘rganib chiqildi. O‘quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammolari, mavjud matematik tushunchalarning belgilarini aniqlash, o‘xshash tushunchalarni farqlash, bog‘liqlik va munosabatlarni aniqlash masalalari o‘rganildi va tatqiq qilindi. Matematik tushunchalarni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichida mashqlar tizimini amalga oshirish va ulardan foydalanish samaradorligi isbotlandi. Bu bosqichda boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan qo‘llanilishi tatqiq etildi, darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanib matematik tushunchalarning o‘rni, ahamiyati, o‘zlashtirishga ko‘rsatadigan ta‘siri darajasi o‘rganildi. Download 50.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling