A1+ Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so’zlash, o’qish, yozish):
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn mazmunini tushunib
ifodali o’qiy oladi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
gapdan iborat xabar yoki rasm asosida ijodiy matn tuza oladi.
Lingvistik kompetensiya:
So‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.
NUTQ O‘STIRISH. Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishni to‘g‘ri shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish.
Bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
Bayon va kichik hikoyalarga tasvir va muhokama tufayli hosil
bo‘lgan fikrlardan asta-sekin ikki-uch jumladan qo‘shib borish.
NAZORAT SAVOLLARI
DTS qachon qabul qilingan?
DTS da o‘quvchilar bilimi qaysi parametrlar bilan o‘lchanadi?
O‘quv dasturi nima?
Dasturning asosiy qismi necha bo‘limdan iborat? Har bir bo‘limchi?
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |