Mavzu: boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida so’z turkumlarini o’rgatish metodikasi


Download 112.75 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi112.75 Kb.
#1648245
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z

Kurs ishning obyekti: Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida so’z turkumlarini o’rgatish metodikasi mavzusini yoritish jarayoni.
Kurs ishning predmeti: Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida so’z turkumlarini o’rgatish metodikasi mavzusini yoritishning uslubiy asoslari.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida so’z turkumlarini o’rgatish metodikasi yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z turkumlari bo`limini o`qitishning metodologik asoslari texnologiyalarni shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida sifat so`z turkumini o`qitishda interfaol metodlarning ahamiyati qo`llanilishini aniqlash;
3. Ona tili darslarida sifat so‘z turkumiga oid ilmiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayonini integratsion usul bilan amalga oshirish vazifalarini yoritish;
4. 3-sinf ona tili darsida sifat so‘z turkumi bo`limi yuzasidan nazorat topshiriqlari va ishlanmalar metodikasi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob 4 bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I Bob. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z turkumlari bo`limini o`qitishning metodologik asoslari

Boshlang’ich sinflar dasturi o’quvchilarni so’z turkumlari mustaqil va yordamchi so’z turkumlariga bo’linishi bilan maxsus tanishtirishni ko’zda tutmaydi, ammo o’qituvchi bolalarni so’z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o’quvchilar mustaqil so’z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’lning gap bo’lagi vazifasida kelishini, bog’lovchi gap bo’lagi bo’lmasligini biladilar.
So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o’quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli foydalanish malakasini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p ma’noli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o’quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko’rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog’lash muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko’nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o’stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali o‘qituv-chi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir soha-ning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, o‘quvchi-o’quvchilarga kerakli bilimlarni egallashlariga hamda malakali mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradilar. Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, tex-nika, iqtisodiyot boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, har qanday o‘qituvchi o‘quvchi-o’quvchilarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamon-larning va mamlakatlarning olim hamda yetakchi mutaxassislari bu haqda ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelgani hech kimga sir emas. Bularning ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni insonlarning bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutaxassisi Blum bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Bilim olish – Asosiy dalillarni qidirish va topish, xotirada saqlay olish, tavsiflash, tanish, qayta jonlantirish, nomini aytish, izlanish, tuzi-lishini bilish va ko‘rsatish kabilar orqali amalga oshadi.
Tushunish – qayta so‘zlash, mohiyatini tushunish, tushuntirish, tasvirlash va boshqacha usulda hamda boshqacha so‘zlar bilan ta’riflay olish natijasida erishiladi.
Ishlatish (qo‘llash) – olingan bilimni boshqa sharoitlarda qo‘l-lash (ishlatish, yechish, tajriba o‘tkazish, qo‘llash, kuzatish, oldindan bashorat qilish, biror-bir muammoni hal qilish)ni o‘z ichiga qamrab oladi.
Tahlil (Analiz) – tushunchalar orasidagi asosiy munosabatlarni aniqlash va ularning mohiyatini tushunish – soha materialini (bilimni, hodisani, mashinani, ma’lumotni) tashkil etuvchilarga (tarkibiy qism-larga) bo‘lib chiqish va ularning har birining vazifasini tushunib chi-qish. Oddiydan murakkabga va murakkabdan oddiyga yo‘nalishida tah-lil qila olish (qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlash, bir-biriga ulash, birlashtirish, bo‘lib chiqish, turkumlarga ajratish, guruhlarga ajra-tish, umumiy qonuniyatlarni topish, toifalarga bo‘lib chiqish).
Sintez – yangi narsani (bilimni, predmetni, mashinani) uning bir qancha qismlaridan (bo‘laklaridan) va ularning xossalaridan foyda-langan holda tashkil qilish (tuzish, konstruksiya yig‘ish, kombina-siyalash, yangi fikr yaratish, yangi farazlarni taklif qilish), ularni sinashni amalga oshirish va natija asosida yangilarini mavjudlariga ra-qobatchi sifatida ishlab chiqish.
Baholash – erishilgan natijani aniqlash, qaror qabul qilish yoki yechim topish (baholash jarayonini amalga oshirish, hal qilish, sabab va oqibat zanjiridagi aloqalarini aniqlash, toifalarga bo‘lish va ularni aniqlash).
Ushbu qo‘llanmada ta’lim sohasidagi jahon adabiyotida mavjud bo‘lgan va atroflicha o‘rganilgan hamda ko‘pchilik ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan real hayotga tatbiq qilinib, qoniqarli natijalar olingan xuddi shu yoki shunga o‘xshash usullarga, maslahatlarga va ko‘rsatmalarga tayanildi. Ularni hayotga tatbiq qilish yo‘llari va usullarini olingan ha-yotiy tajribalar asosida baholi qudrat yoritildi. Chunki bizning istak va talabimizga umuman bog‘liq bo‘lmagan holda Blumning bu usuli hozir-cha mag‘ribda ham, mashriqda ham bilim olishning (berishning, o‘zlashtirishning) eng yaxshi usullaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘quvchi (o’quvchi) lar ushbu zamonaviy ta’lim usullarni ishlatishlari, tegishli fanlardan to‘laqonli saboq olishlari va fanni tegishli bosqichda yaxshi (a’lo) o‘zlashtirishlari uchun ular gimnaziya (maktab, litsey, kol-lej) dasturi hajmida hamda o‘rganilayotgan fan haqidagi bir qism tayanch bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni iqtisodiyot asoslari, mate-matika, ona tili va adabiyot, tarix kabi maktab dasturiga oid funda-mental bilimlarni puxta o‘zlashtirib olishlari lozim. Chunki fundamental bilim doirasiga ega insondagina mantiqiy fikrlash qobiliyati bo‘lib, u bilan qandaydir soha haqida fikr almashish va uning dunyoqarashini (bilim doirasini) tegishli yo‘nalishda mantiqan rivojlantirish mumkin. Agar bunga ba’zi bir obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra imkoniyat bo‘lmasa, o‘quvchi (o’quvchilarni) fundamental yo‘nalishlarning tegishli sohalarida boshlang‘ich tayyorlash va ularga lozim bo‘lgan bilimlar majmuasini berish zarur bo‘ladi. Masalan, universitetda iqtisodiyot bo‘-yicha dars o‘tilishi kerak bo‘lsa, ularning maktab dasturi doirasida ni-malarni o‘zlashtirganlari, qaysi yo‘nalishga ko‘proq ahamiyat beril-ganligi, qaysi yo‘nalishlar esa nazardan chetda qolganini aniqlab olish iqtisodiy ta’lim berishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Agar o’quvchilar bu aniqlash (o‘rganish) natijasida mos guruhlarga bo‘linib, maqsadli o‘qi-tilsa, natijalar yana ham samarali bo‘lishi mumkin. Samarali ta’lim mu-hitini yaratish rejalashtirilgan holatda (muhitda) guruhdagi o’quvchilar bilan bevosita munozara va faol fikr almashinishni amalga oshirilganda uni yanada samarali qilish uchun quyidagilarga ahamiyat berilishi maq-sadga muvofiq:
a) Tinglovchilardan qanday javoblar kutayotganingizni o‘z so‘zla-ringiz, jonli misollaringiz va boshqa usullar bilan bildirishingiz talab qilinishi mumkin. Ko‘pincha o’quvchilar Siz bergan savollarga qisqa, lo‘n-da, yaxshi o‘ylanmagan, sayoz va mavhum javoblar bersa, Siz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishingiz hamda mashg‘ulotni kerakli yo‘na-lishga burib yuborish uchun harakat qilishingiz lozim bo‘ladi.
b) Ba’zi paytlarda Sizga munozara yo‘nalishini yana o‘rganila-yotgan matnga (faktga, hodisaga, qoidaga) qaratishingiz ham zarur bo‘-lib qolishi mumkin. Bu hol munozara butunlay boshqa mavzu to-monga burilib va o‘zgarib ketgan holatlarda kerak bo‘ladi.
v) Tinglovchilarga o‘quvchilarda har bir masala bo‘yicha xilma-xil javoblar (fikrlar, munosabatlar) mavjud bo‘lishiga hurmat uyg‘otish ham munozarani jonli ravishda rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu hol o’quvchilarning tajribalari, hayotiy ko‘nikmalari va qizi-qishlari xilma-xil bo‘lgani uchun tabiiy ravishda yuzaga keladi. Bunda ularning kutilmagan «noklassik» savollariga urg‘u berish va ularni ijobiy/ijodiy jihatdan muhokama qilish hamda kerakli yo‘nalishda rivojlantirish yaxshi natijalarga olib keladi.
g) Tinglovchilar/o’quvchilarning javoblarini «to‘g‘rilash» ga urinish ko‘pincha yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bu ularni boshqalar oldida noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki ularning javoblarini amaliy tajribasini hisobga olgan holda nazardan kechirsak, bundan o‘zi-ga xos bir ma’no topishimiz mumkin, albatta. Har qanday javobni ham qo‘llab-quvvatlab, uning yaxshi tomonlarini, ratsional mag‘zini topa olish va buni o‘quvchilarga ko‘rsatish ularda o‘z-o‘ziga ishonch uy-g‘otadi hamda ularning fikrlash jarayonini faollashtiradi. Bunda «Ish-lagan odam yanglishadi» deb ba’zi o‘quvchi/o’quvchilarga tasalli berish ham ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Ulardan interfaol mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok etadigan mashg'ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon.


    1. Download 112.75 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling