Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati Reja: Kirish. Asosiy qism. I- bob. Diqqat muammosini oʻrganishning nazariy asoslari
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻtkazilgan metodlar tahlili
Download 0.81 Mb.
|
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati
2.2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻtkazilgan metodlar tahlili
Oʻuvchilarning har biri o’zga bir olam. Darhaqiqat, mahoratli pedagog barcha bolaning qiziqishini e’tiborga olgan holda, interaktiv metodlardan foydalanadi. Ushbu kurs ishimni tayyorlash davomida bir necha ustazoda pedagog o’qituvchilar darslarini kuzatdim va ular foydalanadigan metodlar qay darajada o’quvchilarni jalb etish, darsdan kutilgan maqsadga erishish samaradorligini aniqladim. Masalan, Fargʻona viloyati, Rishton tumani 12-maktabga tajriba olib borish uchun bordim va Shoxobova Nodiraxon ustoz rahbarligida metodlarni samaradorlik darajasini aniqlashga harakat qildim. Quyida ulardan bir nechtasi keltirilib o’tilgan. 1. “DIQQAT MASHQI” doska bilan ishlashdan avval o’qituvchi o’quvchilarga sinf jihozlarini birma bir aytib chiqadi. Masalan: parta, jovon, gul, rasm,shift va shu kabilar oxirida baland ovozda DOSKA deydi-da o’quvchilar diqqatini doskaga qaratadi. Fikrimcha, mazkur metod juda ham samarali. Taqdiqotim natijasida shunga amin bo’ldimki, boshlang’ich sinf o’quvchilari ovoz balandligi hamda talaffuzning qiziqarliligiga (goh ovozni ingichka,goh yog’onlashtirish) ko’proq e’tibor qaratish kerak. Ushbu metodni qoʻllaganimda, sinfdagi deyarli barcha o’quvchi etiborini doskaga qaratdi hamda o’qituvchidan yangi bir axborot qabul qilishga o’zlarini ongli tayyorlashdi. O’sarov Murodjon, Muhammadjonov Sanjar, Shamanova Zuhra, Yo’ldasheva Oyjamol singari bir nechta o’quvchilar boshqa tengdoshlariga qaraganda ozgina oʻyinqaroqligi va diqqatini jamlashga qiynalganligi sababli ushbu metod orqali ularda ijobiy oʻzgarishlarni kuzatdim. Ashurmatov Azizbek ismli oʻquvchini eʼtiborini tortish, diqqatini dars jarayoniga qaratish uchun ushbu metod unchalik samara bermadi chunki u tengdoshlariga nisbatan kichikroq hamda haddan tashqari o’yinqaroq. Tajribam jarayonida bu o’quvchini diqqat bilan kuzatdim hamda shunday o’quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirish yo’llarini qidirdim va amaliy ish olib bordim va quyidagi hulosaga keldim. Ashurmatov Azizbek rasmlar chizish, ularni bo’yash hamda oynadan tabiat manzarasini kuzatishini bilib oldim va uning diqqatini rasmlar orqali jalb qilishga urindim. Unga 2 ta deyarli bir xil rasmli koʻrgazma olib keldim va barcha oʻquvchilar bilan ushbu FARQINI TOP metodini qoʻllab koʻrdim.10 minut vaqt davomida birinchilardan boʻlib olib keldi va yana shunday o’yinlar o’ynashni xohlashini aytdi. Mazkur metod yordamida boshlangʻich sinf oʻquvchilari ushbu metodni bajarish davomida ham diqqat bilan 2 ta rasmning farqini topishga harakat qilishdi hamda aqliy tomondan ham didaktik o’yin sifatida bolaning aqliy faoliyati zo’riqishiga olib kelmasligi aniqlandi. Har bir pedagog, ayniqsa boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolani dars jarayoniga qiziqtirish hamda diqqatini rivojlantirishi uchun har bir o’quvchini individual qiziqishini o’rganib ular uchun umumiy bo’lgan metoddan foydalansa, o’quvchi diqqat bilan dars jarayoniga etibor beradi, shuningdek darsdan kutilgan natijaga ham erishiladi. 2.KUZATUVCHANLIK” metodi. Ushbu metodda bolalarga uyidan maktabgacha bo’lgan yo’lni eslab, to’liq tasvirlab berish vazifasi beriladi.Bu vazifani kichik maktab yoshidagi bolalar ogʻzaki bajaradi.Sinfdoshlari ishtirokchi bolaning kamchiliklarini to’ldirib turadi. Bu o’yinda bolaning ko’rish xotirasi va diqqat uzviyligi aniqlanadi. Yuqoridagi metod orqali ba’zi bir bolalarning diqqati hamda xotirasini rivojlantirish mumkin albatta lekin kuzatishlarim natijasida ushbu metod bir oz bahstalab ekanligini bildim chunki, maktabga asosan yon atrofda istiqomat qiluvchi bolalar kelishini hisobga oladiga bo’lsak, ko’pchilik bolalarda bir xil manzaralarni tasvirlash kuzatildi, lekin bu bilan metod butunlay natijasiz deb bo’lmaydi. Mazkur metod maxsus ta’lim tizimidagi o’quv jarayoni darslarida shu tipda tashkil qilinmoqda yani eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar diqqatini shakllantirishga qulaylik yaratmoqda. Shuningdek, bu o’yin samarali metod ekanligi bir necha bor oʻz isbotini topgan. Shunday qilib, har bir metod, har bir didaktik o’yinlarning o’z o’rni va samarasi bor albatta. Farqatgina mahoratli pedagog o’z ishining ustasi bu metodlarni qachon va qaysi o’quvchilarga qo’llashini bilishi zarur. Har bir ustoz borki, o’quvchisi katta yutuqlarga erishishini, kelajakda yurtning, elning koriga yaraydigan komil inson bo’lishini xohlaydi. Zero, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov aytganidek:” Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli,dono va albatta, baxtli boʻlishlari shart'. Buning uchun avvalo pedagog o’z ishining ustasi, o’z mutaxasisligi bo’yicha chuqur malakaga ega bo’lishi, innovatsion texnologiyalardan dars davomi qo’llay olishi va eng asosiysi, o’zi bilgan bilimlarni o’quvchilarga yetkaza olishi kerak. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling