Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati Reja: Kirish. Asosiy qism. I- bob. Diqqat muammosini oʻrganishning nazariy asoslari


Download 0.81 Mb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1392139
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati



Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
I- Bob. Diqqat muammosini oʻrganishning nazariy asoslari
1.1. Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar
1.2. Bolalar diqqatini shakllanishi va rivojlanishi
1-bob yuzasidan xulosa
II.Bob. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqatini rivojlantirish
2.1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqatining oʻziga xos xususiyatlari
2.2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻtkazilgan metodlar tahlili
2-bob yuzasidan xulosa
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Ilovalar
Mundarija

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini yil sayin mustahkamlab borar ekan, shu yurtning tayanchi, kelajagi bugungi avlodning bilimli,o’qimishli sog’lom ma’naviyatli barkamol yetuk shaxs bo’lib ulg’ayishiga bog’liqdir. Insonning ruhiyati, hissiyotlarini, ta’lim va tarbiya jarayonida mustaqil ishtiroki, ichki kechinmalarini, faol shaxs sifatidagi o’z-o’zini shakllantirish samaradorligini oshirishda psixologiya fani va uning metodlari muhim rol oynaydi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni bolaga yoshlik chog’idan singdirilib borilar ekan, biz singlimiz, ukamiz, farzandimizni ijtimoiy hayotning har jabhasida o’z o’rnini topa olmog’i uchun o’z xulqi va odobi ila yoinki, bilimi va kasbi ila mahallamiz, shahrimiz va yurtimizga foydasi tegadigan barkamol avlod bolmog’i uchun, boshlang’ich sinf o’qituvchisi ta’lim va tarbiya jarayoning faol ishtirokchisi sifatida astoydil harakat qilmoqlari lozim.
O’qituvchi o’quv faoliyatini amalga oshirishda o’quvchilarning diqqatini qarata olishi dolzarb masalalardan biridir. O’qituvchi o’quvchilarga yaxshi bilim bera olishi, dars jarayonini yaxshi tashkil eta olishi va o’z vazifasini to’laqonli amalga oshira olishi uchun o’z kasbining bilimdoni bo’lishi va dars jarayonini tashkil eta olishi uchun faol ishtirokchi bo’lishi shart. Eng asosiysi esa o’quvchilarning diqqatini torta olishi kerak. O’quvchilarning diqqatini o’ziga qarata olmagan o’qituvchi BKMlarini yaxshi yetkazib bera olmaydi, uning natijasida esa yaxshi kadrlarni tayyorlay olmaydi. Diqqat faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlovchi, yosh kadrlarning savodxonlik darajasini oshirib beruvchi eng muhim psixik jarayondir. Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud.
Ba’zilarning ta’kidlashicha, diqqat- bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o’zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog’laydilar.
Kurs ishining maqsadi: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining diqqatini oʻrganish va rivojlantirish
Kurs ishining obyekti: Rishton tumani 12-maktab 4-B sinf oʻquvchilari
Kurs ishining predmeti: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqatining xususiyatlari, diqqatning kuchi, barqarorligi, diqqatning koʻchishi , boʻlinishi, taqsimlanishi kabi xususiyatlarni oʻrganish va yanada rivojlantirish
Kurs ishining vazifalari:
1. Diqqatning nazariy asoslarini va yoshga bogʻliq xususiyatlarini ochib berish
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining diqqatini oʻrganish va yanada rivojlantirish
3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini diqqatini rivojlantish uchun metodlardan foydalanish
4. Natijalarni tahlil qilish asosida xulosalar va tavsiyalar berish
Kurs ishining metodlari: Diqqat mashqi, Farqini top, kuzatuvchanlik metodi, kuzatish va boshqa metodlardan foydalanildi.
Kurs ishing nazariy va amaliy ahamiyati: Oʻquvchilarni yaxshi taʼlim va tarbiya olib yurtimiz va xalqimizga nafi tegishida asos boʻlib xizmat qiladigan dars sohasining samarali boʻlishiga yani oʻquvchilarning diqqatini jalb qila olgan holda dars tashkil etishga erishishning muhimligini ochib berish. Shu asnosida oʻtkaziladigan metodlarning foydali jihatlarini aniqlagan holda pedagoglarga foydalanish uchun taqdim etish mumkin.
Kurs ishi tadqiqotining tuzilishi: Tadqiqot 2 bob,4 paragraf, xulosa, tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling