Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati Reja: Kirish. Asosiy qism. I- bob. Diqqat muammosini oʻrganishning nazariy asoslari


Download 0.81 Mb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1392139
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari diqqati

1-bob yuzasidan xulosa
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, oʻ’qituvchi o’quv faoliyatini amalga oshirishda o’quvchilarning diqqatini qarata olishi dolzarb masalalardan biridir. O’qituvchi o’quvchilarga yaxshi bilim bera olishi, dars jarayonini yaxshi tashkil eta olishi va o’z vazifasini to’laqonli amalga oshira olishi uchun o’z kasbining bilimdoni bo’lishi va dars jarayonini tashkil eta olishi uchun faol ishtirokchi bo’lishi shart. Eng asosiysi esa o’quvchilarning diqqatini torta olishi kerak. O’quvchilarning diqqatini o’ziga qarata olmagan o’qituvchi BKMlarini yaxshi yetkazib bera olmaydi, uning natijasida esa yaxshi kadrlarni tayyorlay olmaydi. Diqqat faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlovchi, yosh kadrlarning savodxonlik darajasini oshirib beruvchi eng muhim psixik jarayondir. Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud.
II.BOB BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH
2.1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarilarining diqqating oʻziga xos xususiyatlari
Ta’limning poydevori hisoblangan boshlangʻich taʼlimga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki boshlang’ich sinflarda bolaning onggi, dunyoqarashi endi shakllanib kelayotgan paytda, bolaga to’g’ri tarbiya berish, unga turli zamonaviy texnologik vositalar, rasmli va ko’rgazmali qurollardan foydalanib, bola diqqatini jamlash, yuqori malakadagi pedagogik mahoratdan foydalanib, bolani darsga bo’lgan diqqatini oshirish zarur."Boshlangʻicha taʼlim bosqichidagi diqqat turg’unligi, bo’linuvchanligi, taqsimlanishi, ko’chishi kabi xususiyatlar sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib boradi.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda diqqat bilan eshitish analizatori vazifasining buzilganligi sababli me’yorda eshituvchi bolalardan ko’ra tarqoq bo’lishi, haddan tashqari ko’chuvchanligi yoki barqarorligi kuzatiladi. Diqqatni markazlashtirish va dars materialini o’zlashtirishga nafaqat zaif eshituvchi o’quvchilar balki, har bir o’quvchi e’tiborini tortish muhimdir. O’quvchilar diqqatini jamlash va maʼlum bir maromda ushlab turishda o’yinlar samarasi katta bo’lib, ular kuchli ta’sirga, jalb qilish xususiyatiga ega. Hususan, didaktik o’yinlar diqqatni rivojlantirishda muhim vositadir.
Har bir shaxsning o’zining dunyoqarashi, qiziqishi bo’lganidek, o’quvchilarning har biri o’zga bir olam. Darhaqiqat, mahoratli pedagog barcha bolaning qiziqishini e’tiborga olgan holda, interaktiv metodlardan foydalanadi. Ushbu kurs ishimni tayyorlash davomida bir necha ustazoda pedagog o’qituvchilar darslarini kuzatdim va ular foydalanadigan metodlar qay darajada o’quvchilarni jalb etish, darsdan kutilgan maqsadga erishish samaradorligini aniqladim.
B.G.Ananev "O’quvchilarda diqqatni tarbiyalash" nomli asarida diqqatni hamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak deydi. Buning uchun mana bunday vaziyatlarga e'tibor qilishni ko’rsatib o’tadi, darsni to’g’ri tashkil qilish, ta'limning puxtaligi, o’qituvchining pedagogik mahorati, o’quvchilarning darsdagi faoliyatini to’g’ri tashkil qila bilish kabilarni ta'kidlaydi. B.G.Ananev bu bilan diqqatning uzoq vaqt bir ob'ekt ustida to’play bilish kerakligini uqtiradi.
Diqqat muammosini tadqiq qilish I.V.Straxov asarlarida o’z aksini topgan. Uning qarashlariga ko’ra, kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga qarab ijtimoiy tabiatga ega. U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab bo’ladi va mehnat jarayonining asosiy psixologik komponentlaridan biri bo’lib sanaladi. Diqqatning muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining to’planishidir. Qator munosabatlarda to’planish ikki xil xarakterda bo’ladi, u predmet va hodisalarga tanlab yo’naltiriladi, ya'ni diqqat ob'ektini ongli ajratish, bu vaqtda boshqa ko’p ob'ektlardan chalg’ish vositasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi, to’planish mehnat predmetiga yo’naltiriladi, lekin uning jarayoni ham diqqat ob'ekti hisoblanadi. To’planish faoliyat ob'ektiga va u bilan harakatga yo’naltiradi. Diqqat psixikaning alohida tomoni va shakli hisoblanmaydi va qandaydir birorta funksiyani bajarishga o’z-o’zidan ko’chmaydi. Maqsadga yo’nalgan, intensiv-psixik faoliyatning strukturaligi funksional asosini o’zgarishga, mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga yo’naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki har xil faoliyat turlarida turlicha bajariladigan mehnat operasiyalari va vositalari kishi mehnat predmetiga ta'sir qiladi. Bularga bog’liq ravishda diqqatni faoliyat turlarida o’rganish psixologik muammolari vujudga keladi. O’tkazilgan tekshirishlar asosida I.V.Straxov diqqat ko’p funksiyali jarayondir, degan xulosaga keladi. Bu funksiyalarni amaliy bajarish - mehnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birortasining shart-sharoiti mahsuldorligini belgilaydi. Faoliyatning har bir turi diqqatga alohida ma'suliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyatning shu turiga to’g’ri kelishi muhimdir. Diqqatning nazorat qilish-tuzatish funksiyasi ham kam ahamiyatli emas. Uning shakllari mehnat va o’quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo’lmaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida jamoada o’ziga xos funksiyani bajaradi. Kishilarning kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning faol shakllarida aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatida axloqiy-psixologik ahamiyatga ega bo’ladi. Shunga muvofiq ziyraklikning motivasiyasi o’rganilib, uning aks etishining shakllari va ularni tarbiyalash masalasi ko’rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o’rganilishi uning taqlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqatning o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qiladilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi oʻqish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. SHu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o’zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Kichik maktab davrida o’qish faoliyati bilan shug’ullanish, jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o’quvchilarda asosan farq qila olish, ko’rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o’sadi. 7-10 Yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi, 10-12 Yoshgacha bolalarda esa 65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Kichik maktab o’quvchilarini rasm chizishga o’rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula o’rgatish jarayonida kuchli suratda o’sadi. Sezgilarning o’sishida Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o’stiradi. Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko’p darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni maqonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bo’lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. CHunki, bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi. Ta’lim- tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o’sadi. Kuzata bilish muvafaqqiyatli o’qish uchun zarur shartlardan biridir. O’quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o’sib boradi. Bu yoshdagi o’quvchilar o’z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to’g’ri chiziqni ko’z bilan chamalab teng ikki bo’lakka bo’la oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o’rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini ko’z bilan chamalab, shu masofani bosib o’tish uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida diqqatni irodaviy zo’r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko’proq rivojlangan bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o’quvchida beixtiyor his-tuyg’ularni uyg’otadi va kuchli irodaviy zo’riqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o’quvchilari diqqatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o’z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat ob’ektlari ustida uzoq tura olmaydilar.Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo’r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni to’plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi. Ushbu matritsa kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining ko’chishi, taqsimlanishi, mahsuldorligi va barqarorligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Kichik maktab yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan blank taqdim etiladi va unga quyidagi qo’llanma beriladi. “Hozir biz sen bilan “ Diqqatli bo’l va iloji boricha tezroq ishla“ nomli o’yin o’ynaymiz. Sen hozir boshqa o’rtoqlaring bilan musobaqalashasan. Keyin musobaqada kim yutganini ko’ramiz. Seni bajargan ishlaring o’rtoqlaringnikidan yomon bo’lmaydi deb o’ylayman. SHundan so’ng bolaga Landolt xalqachali blank ko’rsatiladi va u nima qilishi kerakligi tushuntiriladi. U xalqachalarni qatorlar bo’yicha diqqat bilan qarashi va ular orasidan joyidan o’zgartirib chizilgan xalqachalarni topishi va ularni belgilab qo’yishi kerak. Ish 5 minut davomida bajariladi. Har bir minutdan so’ng eksperimentator “chiziq” deb aytadi. Bu vaqtda bola to’xtagan joyiga chiziq tortishi kerak bo’ladi. 5 minut o’tganidan so’ng eksperimentator “to’xta” deb aytadi va bola ishni to’xtatishi kerak va o’sha erga ikkita chiziq tortib qo’yishi zarur. Ish tugatilganidan so’ng eksperimentator bola tomonidan har bir minut ichida hamda 5 minut davomida ko’rib chiqilgan xalqachalar sonini aniqlaydi. Shuningdek, ishlash jarayonida har bir minutda va 5 minut davomida yo’l qo’yilgan xatoliklar hisoblaniladi. Kichik maktab yoshidagi bola ma’lum darajada o’z faoliyatini o’zi mustaqil rivojlantira oladi. U o’z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni so’z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so’zsiz bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalar o’z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivatsiyani tashkil etilishini talab etadi. O’quv faoliyati boladan berilgan o’quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi, o’qituvchi o’quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko’rsatmalar beradi. O’quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo’lgan qiziqishi belgilab beradi. O’quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab Yoshidagi o’quvchilarda mantiqiy xotiradan ko’ra ko’rgazmali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko’ra yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar ta’lim olish munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o’sib boradi. Esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang’ich sinf o’quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bo’lgan materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o’rganib oladilar. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘ozievning fikriga ko’ra, buning sabablari quyidagilar:
1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni aynan,o’zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi;
2) o’quvchilar o’qituvchi qo’ygan vazifani anglab etmaydilar,natijada uning “to’g’ri tushuntirib ber” degan talabini so’zma-so’z takrorlash deb biladilar; 3)ularning nutq boyligini etishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to’ldirish, unga qo’shimcha qilish imkoniyati yo’qligi uni so’zma-so’z qaytarishni osonlashtiradi;
4) o’quvchilar matnni to’g’ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu yoshdagi bolalarda albatta bo’lishi kerak emas. Mexanik esda qoldirish ko’pincha o’qituvchilar o’quvchilarida mantiqiy xotirani o’stirishga etarli e’tibor bermagan hollarda bo’lishi mumkin.
Ta’lim jarayonida o’quv materialining ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish orqali o’quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. O’qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o’qish jarayonining normal bo’lishi mumkin emas. O’quvchilardan faqat o’rganib, bilib olishgina emas, balki o’rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O’quv materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo’li bilan bo’lishi mumkin. O’quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay kolganlarida yoki ta’riflash mumkin bo’lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko’rsatib beradilar. Dars jarayonida o’qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so’raydi. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo’lgan taqdirdagina o’quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu Yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, Shuningdek ertak va hikoyalar to’qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi o’quvchilar o’z xayollari va tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni o’zlari mustaqil ravishda to’qiy oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo’ladi. Ayrim o’quvchilar real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. SHu bois kichik maktab Yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko’pincha o’zlariga ma’lum siymolar, syujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Juda ko’p multfilmlar ana shunday bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar zamirida ularning qo’rquvni engishi, do’st topishi, xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur terapevtik natijaga olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ham ko’pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o’zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo’lishini, bu uyga o’g’rilar kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. O’z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o’zining kelgusi xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan bo’lgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o’z-o’zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi-talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi-talaba shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqaradi va rivojlantirishning amaoiy echimlarini aniqlash va amalga
oshirishda kata ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. “Ba’zi talabalar ma’ruzalarda foydalaniladigan an’anaviy ta’lim usullaridan qoniqib o‘qiydi, ba’zilari amaliyotni ma’qul ko‘radi, ba’zilari esa ilmiy-tadqiqod ishlarni, muammoli vaziyatlarni, katta chaqiriqli ta’lim usullarni xush ko‘radi va o‘shanga javob beradi. Talabalar turli xil usullar orqali ta’lim olishi o‘ta muxim. Xisoblash fanida faollik tan olingan va motivatsiya katta kuch deb xisoblanadi, shu tufayli rag‘barlantirish muamollarni ta’minlanadi. O‘zida ishonch xosil qilishda ta’limni kuchaytirish uchun vaqtida konstruktiv bog‘lanish bo‘lishi, baxolash mezonli, tizimli bo‘lishi shart. fani xisobot, dasturiy ta’minot ishlanmalar, analitik fikrlash, rejalashtirish va taqdim etish kabi ko‘p ko‘nikmalarda yuqori standartlarga amal qilishni talab etadi. Axoli talabalarning dasturalariga ixtiyoj sezayotganini, talabalar induksiyasi muhim ahamiyatga ega. Talabalar indeksi oliy ta’lim muassasaga qabul qilinishidan oldin mavjud bo‘lishi lozim. Foydalanuvchining muassasa xaqida tassavurga ega bo‘lishi shart, barcha e’lonlar, o‘quv hisoblash fan kuchli motivatsiya e’tirof va ta’lim muammolarni rag‘batlantirish taqdim etiladi. Masalan, rivojlanish davrida ular o‘z ta’lim uchun katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kerak. YAna, tayyor ish ustida konstruktiv qayta bog‘liklik muntazam ravishda mukammallikga erishish yo‘llari xaqida ma’lumot etkazib beradi.
Tan olish kerak talabalar orasidagi texnologiyalar ular ta’lim olishini ta’minlaydi, kupchiligini qo‘lida mobil telefonlar mavjud bo‘lib tarmoqlarda ishtirok etishadi. Axborotlardan foydalanish manbayilar, zamonaviy texnologiyalarning talabalarning fe’l atvoriga, o‘qishga bo‘lgan yondoshuviga ta’siri bor. Talabalar kutish vaqti shundan iboratki ularda bor uyali telefon, noutbuk yoki iPodlarga biror bir kishi ma’lumotni joylashtirishi. Bu “mobilta’lim” yoki m- ta’lim deb atalmish talabalar o‘rganishiga olib keldi (Vassell va boshq., 2006). Masalan, audiotanishish va SMSlar darslarga qisman yoki sabablarga ko‘ra kela olmagan talabalar uchun ma’lumotlarni olishda alternativ vosita xisoblanadi. Ta’limda ushbu mexanizmlar va o‘quv vositalaridan foydalanish asta-sekin birinchi bosqichda qo‘llab-quvvatlanib kelmoqda va talabalar bilim olishida keng imkoniyatlar yaratadi”14. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchi-talabalarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklariniko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchi-talabalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o‘rgvtish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivoj-lantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi. Didaktik o‘yinlardan alohida foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funkfional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi. Bularning orasida dilaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
O‘yinlar maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanali. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ladi. Natijada, oldingi asrning 60 –yillari boshidan AQSHda, so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshladi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik o‘yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb nomlagan. U muammolarni quyidagicha echishga asoslanadi: - muammoli vaziyat yaratish:
- g‘oyalarni shakllantirish:
- eng yaxshi g‘oyalarni tekshirish, baholash va uni echish bo‘yicha iloji boricha ko‘p, ba’zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg‘uloti samaradorligini belgilaydi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling