Mavzu: boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar va kompanentlar orasidagi bog’lanish mundarij a kirish
Download 150.86 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR VA KOMPANENTLAR ORASIDAGI BOG’LANISH
Bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib shuni aytish zarurki, ta`lim poydevori ilk sinflarda bolalarni o`qish va yozishga o`rgatish, hisoblash ko`nikmlarini hosil qilish o`qituvchilardan omilkorlikni yosh psixalogiyasiga doir chuqur bilimga ega bo`lib o`quvchilar ruhiyatini mahorat bilan boshqarishni taqoza etadi. Hali bilimning foydasini anglamagan bolakaylar bilan mashg`ulotlarni qiziqarli qilib olib borishi lozim. Buning uchun albatta, dastur qiziqarli mashg`ulotlardan bo`lishi undan keyin o`qituvchi mavzuning bolalar e`tiborini jalb etadigan qirralarini topa bilishi darsni o`tishda turli tarqatma, ko`rsatmali materiallardan, ma`rifiy o`yinlardan samarali foydalanish kerak Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish o`quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishi bilan chambarchas bog`liq holda olib borilishi lozim. Matematika mashg`ulotlari o`quvchilarga ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda, bilim qobiloiyatlrini o`stirishga va o`qishga, kollektiv foydali ishlariga jiddiy munosabatni vatanga muhabbatni tarbiylashga bo`lishi kerak. Rejalashtirishda matematik tushunchalarni tayyor hayot materiallari asosida shakllantirish nazarda tutiladi. Bu esa bolalarga darsda o`rganiladigan barcha qoida va tushunchalar hayot talabi bilan vujudga kelgan bo`lib amalda qo`llanishni o`z ko`zlari bilan ko`rishlariga imkoniyat yaratadi. Buning o’zi esa bolalarning fan bilan amaliyot orasidagi bog’liqliklarni to’g’ri tushuntirishga asos yaratadi. Bolalarni turli bog’liqliklarni dastlabgi tanishtirish ko’rib turgan olamdagi bog’liqliklarning sababini ochib berishda katta ahamiyatga ega. Xulosa Mamlakatimizda boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish umuman maktab matematika kursini o`zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi, shu sababli boshlang`ich sinflarda ishlashda o`rta maktabda matematika o`qitishda ko`zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang`ich ta`limning ahamsiyatini to`g`ri baholash kerak O`rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko`pgina masalalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtrilishi kerakki, bunda ular o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolsin, keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malakava ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi. Maktabning boshlang`ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o`quv uquvlar va ko`nikmalarning ma`lum hajmini ongli ravishda va mustahkam egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o`tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak. Boshlang`ich ta`limning muhim masalalaridan biri o`quvchilarda ongli va mustahkam xisoblash malakalarini shakllantirish edi va shunday bo`lib qoladi. Matematika kursi o`quvchilar kuchi yetadigan darajada o`quv materialini umumlashtirishni, o`rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy prinsip va qonuniyatlarni tushunishni, qarab chiqilayotgan hodisalar orasida mavjud bo`lgan bog`lanishlarni tushunishni nazarda tutadi. Bu, asosan amallarning xosssalarini,ular orasidagi mavjud bog`lanishlarni o`rganishaga, bolalarda shakllanayotgan amaliy uquv va kunikmalarning asosi bulgan matematik munosabatlar va bog`lanishlarga taalluqlidir.Nazariya amaliy uquv va ko`nikmalarni egallashga yordam beribgina qolmay, nazariya va amaliyotning qarab chiqilayiotgan masalalari orasida matematik munosabatlarni o`rnatishga, matematika o`qitish samaradorligini oshirishga o`qituvchi yordam beruvchi asosiy vositalardan biridir. Hozirgi paytda yangi axborot va pdagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda boshlang`ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an`anaviy usulda o’qitish emas balki, o’quvchilarning o’qishga, bilim o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga qaratilgan o’qitishning noan`anaviy shakllarini ta`lim jarayoniga tadbiq etishdek muhim vazifalar qo’yilgan. Xulosa qilib aytganda boshlang`ich sinf o`qituvchisi har bir darsni umumlashtirish va xulosalar chiqarishni tashkil etgan holda o`tishi o`quvchilarda tafakkur mazmundorligi kabi ijobiy xususiyatlarning tarkib topishi uchun muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Chunki o`tilayotgan darslar qanchalik samarali bo`lsa, ilg`or pedagogic texnologiyalarni darslarga joriy etishga qanchalik jiddiy e`tibor berilsa bu ko`zlangan maqsadga erishish demakdir. Download 150.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling