Mavzu: boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar va kompanentlar orasidagi bog’lanish mundarij a kirish


Boshlang`ich sinflarda ifodalarni taqqoslash ustidagi ishning ketma-ketligi


Download 150.86 Kb.
bet9/12
Sana16.09.2023
Hajmi150.86 Kb.
#1679693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR VA KOMPANENTLAR ORASIDAGI BOG’LANISH

2.2. Boshlang`ich sinflarda ifodalarni taqqoslash ustidagi ishning ketma-ketligi.
Boshlang`ich sinflarda ifodalarni taqqoslash ustidagi ishning ketma-ketligini quyidagicha amalga oshirish mumkin.
O'quvchilarni tenglik tushunchasiga olib keladigan top­shiriqlarning turlarini sanashga oid topshiriq beriladi. Bu topshiriqlar qanday va nima asosida bajariladi?
Birinchi o'nlik sonlari to'plamida „katta" yoki „kichik" munosabatlari vujudga keltiradigan tartib strukturasini strelkalar yordamida tasvirlashga oid mashqlar tuzing. Bu rasmdagi strelka nimani bildirishini siz bolalarga qanday tushuntirasiz? Javobini izohlang.
„Tenglik" va „tengsizlik" atamalari (ta'rifsiz) kiritiladi. Bunda og'zaki hisoblashda, 100+110 ... 220, 400 - 300 ...150, 80 + 80 ... 50 + 110, 40 + 40 + 40 ... 120 va h. k. ko'rinishdagi bir nechta ifodani taqqoslashni kiritish mumkin. Tegishli belgilar qo'yilgandan keyin o'qituvchi bolalar diqqatini „>" va „<" belgili yozuvlarga qaratib, bu yozuv „tengsizlik", „=" belgili yozuvni ko'rsatib, uni „tenglik" deb aytadi. O'qituvchi kelgusida bu atamalarni o'quvchilarning aktiv lug'atiga kiritish maqsadida quyidagi ko'rinishdagi topshiriq beradi: ifodalar­ni taqqoslang va tengliklarni bir ustunga, tengsizliklarni ikkinchi ustunga yozing, tushirib qoldirilgan sonlarni (yoki amallar belgi-larini) qo'ying va awal tengliklarni, keyin tengsizliklarni yozing; tengsizliklarning (tengliklarning) chap va o'ng qismlari o'rnini al-mashtiring va bunda nimani sezganingizni ayting va h. k.
Keyingi darslarda o'qituvchi o'quvchilarning to'g'ri va noto'g'ri tenglik (tengsizlik)larni bir-biridan farqlantirishga o'rgatadi.
Masalan, 50 + 30 = 80- to'g'ri tenglik, 50-40 = 20- noto'g'ri tenglik; 160 - 100 > 40 - to'g'ri tengsizlik; 130 + 50 < 170 - noto'g'ri tengsizlik. O'quvchilarga noto'g'ri tenglik (tengsizlik)larni to'g'ri tenglik (tengsizlik)larga aylantirishni taklif etish foydali (amal belgi-larini yoki komponentlardan birini o'zgartirish bilan).
Ismli sonlarni taqqoslash davom ettiriladi, masalan, 7 m 6 dm va 75 dm, 400 tiyin va 4 so'm, 2 m 30 sm va 3 m 20 sm. Quyidagi yozuvdan foydalanish qulay:
7 m 6 dm > 75 dm, chunki 76 dm > 75 dm yoki
7 m 6 dm > 75 dm, chunki 7 m 6 dm > 7 m 5 dm.
Hisoblash malakalarini mustahkamlash va nazariy bilimlarni o'zlashtirish uchun ifodalarni taqqoslashga doir boshqa mashqlar beriladi:
37 + 0... 37, 62-0...62, 7-1...7, 9-0...9
19 + 8... 19, 85-2... 85, 3 + 7 ... 3, 25 : 5 ... 25
Tenglik va tengsizliklar qatnashgan mashqlar o'rganilganda, bu mashqlar o'quvchilarga ko'paytirishni bir xil qo'shiluvchilar yig'indisi sifatida tushunishga yordam beradi.
Masalan: 1) ifodalarni taqqoslang, tushirib qoldirilgan >, <, = belgilaridan birini qo'ying:
40 + 40 + 40 + 40...40x3; 50x6... 50 + 50 + 50 + 50 + 50 + 50
O'quvchi mulohazasi: chap tomonda qo'shiluvchi (4) to'rt marta olingan, o'ng tomonda faqat 3 marta olingan; demak, chap tomon katta, „katta" belgisini qo'yamiz, hisoblab tekshiramiz;

Shunday son tanlangki, tenglik va tengsizliklar to'g'ri bo'lsin: 6-7 + 6<6- □ , 2-□>2-8 + 2, 7 x 9-7 = 7 : □


Birinchi misolda o'quvchi quyidagicha mulohaza yuritadi: chap tomonda 6 soni 7 marta qo'shiluvchi qilib olingan, keyin yana 6 qo'shilgan, demak, bu yerda 8 ta 6 soni bor, bu o'ng tomondan kichik bo'Ushi kerak, demak, o'ng tomonda 6 talab, 8 marta emas, balki undan katta, masalan, 9 marta yoki undan ko'p marta olish kerak. Masalan, 9 ni qo'yaylik: 6 • 9 = 54, 42 + 6 = 48, 54 > 48
O'quvchi yig'indi, ayirma, ko'paytma va bo'linma ko'rinishida berilgan ifodalarni taqqoslaganda, avval amallarni bajaradi, keyin tegishli belgini qo'yadi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida taqqoslashga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirishda test materiallaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga erishishninh muhim omillaridan biridir. Quyidagi test materiallari 2-sinf o`quvchilarida taqqoslashga oid bilimlarni rivojlantirishda o`quvchilarga yordam beradi:


Download 150.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling