Mavzu: boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar va kompanentlar orasidagi bog’lanish mundarij a kirish


Download 150.86 Kb.
bet6/12
Sana16.09.2023
Hajmi150.86 Kb.
#1679693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR VA KOMPANENTLAR ORASIDAGI BOG’LANISH

Bob bo’yicha umumiy xulosa
Bob bo’yicha xulosa
Mamlakat hayotidagi ijgimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy rivojlanish, ma’naviy ehtiyojlarning kuchayishi, o’zlikni anglash jarayonining tezlashuvi ta’lim vositalarining mazmunini, tarkibini tubdan o’zgartirish ehtiyojini kuchaytiradi. Bunda boshlag`ich ta’limning yangi maqsadi, vazifalari asos qilib olinadi. Boshlang`ich ta’limning maqsadini amalga oshirishga hamda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan ta’lim vositalari, birinchi navbatda, kichik maktab yoshidagi bolalarda o’quv biluv faoliyatini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Bugungi kunga qadar darslik birinchi sinfdan boshlab o’zining standartlashib qolgan formatlari bilan ta’limning asosiy vositasi bo’lib kelmokda. Bunday darsliklarning shakl va tarkibini tanlashda o’quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari to’jq hisobga olin-magan. 1-2-sinflar uchun tanlangan o’quv materiallari kitob shaklida emas, balki o’quv daftari shaklida berilishi maqsadga muvofiqsir. Bu ham iqshsodiy, ham texnologik jihatdan qulay.
Shu bilan bir qatorda, topshiriklarni kartochkalar vositasida berish bir qadar qulayliklar tug`diradi. Bu bolaning mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi, o’quvchini o’qituvchi bilan va sinfdoshlari bilan muloqot qilishga, mustaqil faoliyat ko’rsatishga undaydi. Bu tap-dagi ta’lim vositalarini tanlash uchun, birinchi navbatda, darsliklar-ning formatini o’zgartirish lozim. Bu hodda ta’lim vositasi alohida didaktik funksiyani bajaradi. Bu tipdagi ta’lim vositalari o’quv kom-plekti uchun asos bo’ladi. Ayni zamonda o’quv komplektiga barcha didaktik vositalar bilan bir qatorda o’quvchilar uchun tayyorlanadigan qullanma va ilmiy-metolik tavsiyalar xam kiritiladi.
Kichik maktab yoshdagi o’qituvchilar uchun darslik shunday tuzilishi kerakki, uning mazmuni va tarkibi o’quvchini o’quv materiallari bilan mustaqil muloqotga unday olsin. O’quvchi ta’lim jarayonida amalda bo’lganidek, reproduktiv mashklarni emas, balki, mahsuldor mashqlarni bajarish imkoniga ega bo’lishi kerak. Bu o’z navbatida barcha darsliklar uchun xos bo’lishi lozim.
Darsning samaradorligi, uning maqsadga muvofiq tarzda qurilishi ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shaklidir. Bu esa o’z navbatida, ta’limning maqsadi, o’quv materialining mazmuni hamda ta’lim metodlarining uyg`unligiga bog`liq. Bu uyg`unlik dars jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar orasida muloqot qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak.
Ma’lumki, dars 40-45 minut davom etadi. Boshlang`ich ta’lim oldiga yangi maqsadning qo’yilishi darsning yangi strukturasini ishlab chiqish sohasida izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Shu bilan bir qatorda, o’qitish metodlari, ayniqsa, 1-2-sinf o’quvchilarini o’qitish metodlari tubdan yangilanishi lozim. Darsning tarkibi ta’lim maqsadi va mazmuni bilan uzviy tarzda bog`liq bo’lishi kerak.



Download 150.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling