Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Download 0.9 Mb.
bet27/81
Sana12.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1192277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish ona tili MAJMUA 2022 (3)

Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz-tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tadbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi. Analiz-sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog‘liq bo’ladi.
Indukstiya metodida o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Dedukstiya metodida o’quvchi tayyor qoida – ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog‘liq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o’qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yo’l-yo’lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
So’ngi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, o’qitish texnologiyasi kabi tushunchalar kirib keldi. Bular mazmunan bir ma’noni anglatishini pedagoglar o’z tadqiqot ishlarida qayd etmoqdalar.
Test:

  1. Ona tili darsiga qo‘yilgan talablar qaysi javobda?

  1. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsning aniqlik va ichki logikasi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi. Ona tili darsi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiruvchi dars ekanligi. Darsning aniqlik va ichki logikasi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi.

  2. Ona tili darsi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiruvchi dars ekanligi

  3. Kitobni tashviqot qilish

  4. Individual yordam va kundalik nazorat. Sinfdan tashqari ommaviy ishlar

  1. Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yetakchi prinsipini toping.

  1. Tilning barcha tomonlarini o`zaro bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.

  2. Fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yetakchi prinstip.

  3. Grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinstip.

  4. Morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinstip.




  1. Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosini nima tashkil etadi?

  1. Borliqni bilish nazariyasi

  2. Lug‘at boyligi

  3. Tilning mavjudligi

  4. Metodlar majmuasi




  1. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan asosiy metodlarni belgilang?

  1. Bayon qilish va mustaqil ish metodi, suhbat metodi, yarim izlanishli metod, Induktsiya va deduktsiya metodi

  2. Suhbat metodi, yarim izlanishli metod

  3. Induktsiya va deduktsiya metodi

  4. Suhbat metodi




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling