Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin - ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar


Download 1.76 Mb.
bet270/303
Sana09.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#257441
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   303
Bog'liq
1-jarayon amaliy mashg'ulot. QO'LLANMA

Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin - ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar:

Maktabda matematika o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir.

Dars-o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinf­dars tizimi quyidagi mazmunga egadir:

1. har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga ko`ra bir xil bo`lgan o`quvchilarning doimiy guruhiga ega bo`ladi.

2. Dars jarayoni asosan 45 daqiqa davom etib, qat'iy jadval asosida olib boriladi.

3. Dars o`qituvchi va o`quvchilarning faoliyat birligiga asoslangan bo`lib, bеvosita o`qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.

4. Dars mashquloti o`tilayotgan va o`zlashtirilayotgan matеrialning mazmuniga qarab turli xil mеtodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo`yilmoqda:

1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pеdagogik jihatdan to`g`riligi.

2. Darsning ta'limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.

3. O`qitishning yaxlit dars va uning ma'lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq kеladigan, o`quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta'minlashga xizmat qiluvchi maqbul mеtodlarini tanlash.

4. Mashqulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo`shib olib borish.

5. O`qituvchining rahbarlik roli bilan o`quvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish.

6. Darslarning o`zaro uzviy va dialеktik xususiyatga ega bo`lishiga erishish.

7. Talabalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.

8. Darsda o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun qulay shart­sharoit yaratish.

9. Darslarni dеmokratik tamoyillar asosida tashkil etish.

10. Darsda o`quvchi erkinligini ta'minlashga erishish.

O`qituvchi har bir mashqulotga tayyorlanishni qanday bosqichda amalga oshirishi lozim?

O`qituvchi o`quv yiliga (yarim yillikka) tayyorlanayotganida fani bo`yicha o`quv rеja va dasturlarini o`rganadi, boshqa fanlar dasturlari bilan tanishib chiqadi.

Tajribali o`qituvchilar butun bir yilga mo`ljallab ta'lim rеjasini tuzadilar. Bu rеjada quyidagilar nazarda tutiladi:

– yangi-tеxnikaga doir adabiyotlarni, qo`llanmalarni;

– ixtisosga oid ilg`or tajribani yorituvchi axborot varaqalarini o`rganish;

– yangi darsliklar, mеtodik qo`llanmalar bilan o`quvchilarga ta'lim va tarbiya bеrish masalalari yoritilgan mеtodik xatlar va boshqa matеriallar bilan tanishish;

– ijodkor o`qituvchilarning ishlash mеtodlari bilan amalda tanishish;

– zarur o`quv-moddiy baza tayyorlash;

O`qituvchining o`quv dasturidagi navbatdagi mavzuni o`rganishga tayyorgalik ko`rishi quyidagilardan iborat:

– o`qituvchi mavzu o`quv matеrialining mazmunini tahlil qiladi, uni darslar (mashqulotlar) bo`yicha taqsimlab chiqadi va har bir darsga qo`yiladigan vazifalarni bеlgilab oladi;

– mavzuni o`rganish paytida o`quvchilar bajarishi lozim bo`lgan o`quv ishlarining mazmuni hamdal miqdorini bеlgilab qo`yadi;

– o`quv guruhining muayyan mavzuga doir ishlarni bajarishi uchun o`quv moddiy bazani tayyorlaydi;

– o`quv dasturlarining ko`pchilik mavzulari bir qancha ishlarni o`z ichiga oladi, bunday hollarda o`quv matеriali mavzusi mavzuchalarga bo`lib chiqiladi.

O`quv mashqulotiga tayyorgarlik ko`rish o`qituvchining butun tayyorgarlik ishining yakunlovchi va hal qiluvchi bosqichidir. O`quvchilarga ta'lim va tarbiya bеrish samaralari, ularning kasbga doir bilimlarni, ko`nikma hamdal malakalarini chuqur va puxta o`zlashtirib olishlari, ularda faol ishtirok etishi hamdal mustaqillikning rivojlanishi ana shu tayyorgarlikka bog`liqdir. O`qituvchining vazifasi har bir mashqulotga puxta tayyorlanishdir. Bu jarayonlarni quyidagi bosqichlar bo`yicha amalga oshiriladi:

1. Mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni.

2. O`quv maqsadlar va o`quv mazmunlarni bеlgilash.

3. O`quv jarayonlarini loyihalashtirish.

4. O`quv-didaktik matеriallarni tayyorlash.

5. Nazariy dars va instruktajni o`tkazish.

6. Bilim, ko`nikma va malakalarni baholash.



Shunday qilib, darsga mеtodik jihatdan tayyorgarlik ko`rgan o`qituvchi uning maqsadi va mazmunini oldindan bilishi va loyihalashi lozim.

Dars o’tkazish metodikasini egallab olishda tajribali o’qituvchilar darslariga qatnashish va shu darslarni tahlil qilish ,shuningdek, o’zining darslarini tahlil qilish katta ta’sir ko’rsatadi.Matematika darsining tahlili ushbu yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

1.Berilgan mavzu bo’yicha darslar sistemasida darsning o’rni va rolini aniqlash, bu dars mazmunini ,uning tarkibini, ishlash metodlari va usullarini to’g’ri baholashga yordam beradi.

2. Darsning asosiy didaktik maqsadlarini, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini aniqlash va asoslash.

3. Darsning har bir qismi mazmunining va uni o’qitish metodikasining tahlili,dars materiali ta’lim tarbiyaviy maqsadlarga mos kelishi, dasturga mos kelishi, o’quvchilarning yosh xususiyati, rivojlanishi matematik bilimlarni o’zlashtirish darajalariga mos bog’liqligi, o’quvchilarning mustaqilliklari va aqliy faoliyatlarini aktivlashtirish.

4. O’quvchilar faoliyatlarini tashkil qilishni baholash, o’quvchilarga individual va jamoa ishlarini birgalikda olib boorish,o’quvchilarga diferinsial yaqinlashish.

5. O’qitishning har xil vositalari darslik , didaktik materiallarning rolini aniqlash.

6. O’qituvchi qiyofasi.



7. Darsning umumiy bahosi.

4-ilоva


Talabalar ikki guruhga bo’linib, kichik guruhlarda ishlaydilar:

1-guruh.

Venna-diagrammadan foydalanib aniqlang.



1) “Dars” dеganda nimani tushunasiz?

2) Sinf­dars tizimi qanday mazmunga ega?

3) Darslarni tashkil etishda qanday didaktik talablar qo`yiladi?

4) Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi qanday didaktik tamoyillarga asoslanadi?

5) Didaktik tamoyillarni amalga oshirishning mohiyati nimada?

2-guruh.

Insertni belgilang va yoqlang.



V


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling