Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi.
O‘tilganlarni bir tizimga solish va umumlashtirish (7 soat)
Mavzularni O‘rganish uchun - 158 soat
Takrorlash uchun - 7 soat
Jami - 165 soat
2-SINF
(170 soat, A1+: 204 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;
matematik qoidalarni ifodali ayta olish.
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish va tegishli munosabat bildira olish.
A1+
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish va mazmunini tushuntira olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |