43-44-mavzular. Qo‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanish. Noma’lum tarkibiy qismni topish. Axborotni saqlash (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Nostandart va qiziqarli masalani yechish (A1+: 1 soat).
Reja tuzish mashqlari (A1+: 1 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
natijasi 100 ichida bo‘lgan bir va ikki xonali sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikkita ikki xonali sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma‘lum tarkibiy qismini aniqlay oladi (masalan, 17+=29, 17+x=29; 21=15);
100 ichida sonlar ketma-ketligining tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish, sonni bir necha martaga oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
ko‘pburchak perimetrini hisoblay oladi;
vaqt birliklari orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda yecha oladi.
A1+
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;
bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |