Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


-bo‘lim. NARSALARNING TO‘PLAMLARI


Download 1.8 Mb.
bet18/165
Sana24.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1114499
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165
Bog'liq
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan

1-bo‘lim. NARSALARNING TO‘PLAMLARI.

1 DAN 10 GACHA BO‘LGAN SONLAR. 10 ICHIDA QO‘SH ISH VA AYIRISH AMALLARI.

(45 soat)


1-45- mavzularni o’z ichiga oladi.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi;
berilgan obyektlarning berilgan xossaga qarab to‘plamga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlay oladi;
obyektlar to‘plamidan berilgan xossaga ega bo‘lgan bitta yoki bir nechtasini ajrata oladi;
berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi;
narsalar juftliklarini tuzib, to‘plamlarni soni bo‘yicha taqqoslay oladi va natijani “ko‘proq”, “kamroq”, “qancha bo‘lsa shuncha”, “soni bir xil”, “bir nechta ko‘p”, “bir nechta kam” so‘zlari bilan ifodalay oladi.
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni O‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi;
0 dan 10 gacha nomanfiy butun sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
10 ichida qo‘sh ish, ayirish amallarini og‘zaki hamda yozma bajara oladi;
qo‘sh ish va ayirish amallarining tarkibiy qismlarini aniqlay oladi va nomlay oladi.

Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni O‘quv jarayoni hamda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling