Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad
-bo‘lim. 11 DAN 100 GACHA BO‘LGAN SONLAR
Download 1.8 Mb.
|
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kognitiv kompetensiya
- O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
2-bo‘lim. 11 DAN 100 GACHA BO‘LGAN SONLAR.
GEOMETRIK SHAKLLAR (35 soat) 46-80- mavzularni o’z ichiga oladi. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi; 0 dan 100 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi; 0 dan 100 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi; 0 dan 100 gacha nomanfiy butun sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi; natijasi 100 ichida bo‘lgan nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi; sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi; burchaklarning asosiy turlarini (masalan, to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas burchaklar) tasavvur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi; ko‘pburchaklarni (masalan, uchburchak, to‘rtburchak) tasavvur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi): o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi; amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi. 3-bo‘lim. GEOMETRIK SHAKLLAR. MATNLI MASALALAR. (25 soat) 81-105 - mavzularni o’z ichiga oladi. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi; 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi; 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi; 0 dan 100 gacha sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi; natijasi 100 ichida bo‘lgan nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi; sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikki xonali nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi; yassi (nuqta, kesma, burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat) figuralarni tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi; real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi; arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi (masalan, 17+ =29; 21 6=15); masaladagi vaziyatga oid ifodani, jumladan, noma’lumlarni o‘z ichiga olgan ifodani aniqlay oladi va tuza oladi; 100 ichida sonlar ketma-ketligining tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish, sonni bir necha martaga oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi; nomli kattaliklar (massa, sig‘im)ni o‘qiy oladi va yoza oladi. miqdorlarga (massa, sig‘im) oid kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda yecha oladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling