Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi


Download 1.8 Mb.
bet16/165
Sana24.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1114499
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165
Bog'liq
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish, qismlarga ajratish;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;
sodda kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtirish;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzatish hamda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim etish;
A1+
masala yechish orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qilish.
A1+
matematik qobiliyatini har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish uchun ishlatish.
Milliy va umuminsoniy kompetensiya:
A1
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tasvirlab berish;
milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llash;
jamoat joylaridagi odob-axloq qoidalari va an’analarni o‘zlashtirish.
A1+
elementar hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalanish va bu usullar samarali ekanligini tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalanish.
A1+
kundalik hayotda sodda iqtisodiy va amaliy masalalarni yechish.
Mazkur dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar uchun mavzularga ajratilgan soatlar alohida ko‘rsatilgan.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling