Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Download 1.8 Mb.
bet24/165
Sana24.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1114499
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
Bog'liq
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan

Nazorat ishi (1 soat).

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
natijasi 100 ichida bo‘lgan bir va ikki xonali sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikkita ikki xonali sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma‘lum tarkibiy qismini aniqlay oladi (masalan, 17+ =29, 17+x=29; 21 6=15);
100 ichida sonlar ketma-ketligining tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish, sonni bir necha martaga oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
ko‘pburchak perimetrini hisoblay oladi;
vaqt birliklari orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda yecha oladi.
A1+
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;
bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetentsiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
masalalar yechishda mantiqan to‘g‘ri fikr yurita oladi, mantiqiy noto‘g‘ri natijalarni aniqlay oladi, misol va qarshi misol tuza oladi;
olingan bilimlar asosida matematik ma‘lumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling