Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Download 1.8 Mb.
bet73/165
Sana24.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1114499
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
Bog'liq
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan

Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yecha oladi;
bir-biriga nisbatan hamohang hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir 2-4 amalli masalalar, proporsional bo‘lishga doir masalalar, (munosabat usullari, algebraik usullari, birlikka to‘g‘ri keltirish usuli, birlikka teskari keltirish usuli) orqali to‘rtinchi proporsionalni topishga doir masalalar, ikki ayirma bo‘yicha noma’lum sonni topishga doir masalalar, sonning ulushini va ulushi bo‘yicha sonni topishga, vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l;
narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga oid masalalarni yecha oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalaroni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
masalalar yechishda mantiqan to‘g‘ri fikr yurita oladi, mantiqiy noto‘g‘ri natijalarni aniqlay oladi, misol va qarshi misol tuza oladi;
o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi va uni baholay oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling